+ va Mg+2 kationlarini topishga halal bergani uchun sistematik analizda bu kationlar eritmadan boshqa hamma kationlar to‘liq yo‘qotilgandan keyingina topiladi.
I guruh kationlarining hamma suvdagi eritmalarda rangsiz bo‘ladi. Ionlarning xossasini va xarakterli reaksiyalarini o‘rganishda shart-sharoitga e’tibor berish kerak. CHo‘kmalarning kislota va ishqorlarda erish sabablari haqida eruvchanlik aytmasi qoidasi o‘rganilgandan so‘ng ancha mukammal aytish mumkin. Lekin I analitik guruh kationlarining xossalarini o‘rganishda reaksiyalarning o‘tkazishni qulay sharoitlarini tanlash uchun cho‘kmalarning kislota va ishqorlarda erish xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi.
Kationlarning II analitik guruhsiga Ca+2, Ba+2 ,Sr+2 ionlari kiradi. Bu ionlar turli anionlar bilan birikib qiyin eriydigan tuzlar hosil qiladi. SHu jihatdan I guruh kationlarining chiligidan farq qiladi. Masalan: II guruh kationlarining sulfatlari, fosfatlari, oksalatlari va karbonatlar suvda qiyin eriydi.
II analitik guruh kationlarining analiz qilishda ularning muhim xossalaridan biri bu kationlar karbonatlari CaCO3, BaCO3 va SrCO 3 ning suvda erimasligi bo‘lib, ularni I guruh kationlardan ajratishda ularning shu xossasidan foydalaniladi.
Aksincha II guruh kationlarining sulfidlari ham I guruh kationlarining sulfidlari kabi suvda eriydi. II guruh kationlari shu jihatdan III ,IV va V guruhlar kationlaridan farq qiladi.
II guruhning umumiy reagenti sifatida faqat ammoniy karbonat (NH4)2CO3 ishlatilishi mumkin, chunki bu maqsad uchun Na2
Do'stlaringiz bilan baham: |