Ma’ruza № Mavzu: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Murakkab oltin tarkibli rudalarning tavsifi Reja


Download 321.48 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi321.48 Kb.
#1410399
  1   2
Bog'liq
1 m


Ma’ruza № 1.
Mavzu: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Murakkab oltin tarkibli rudalarning tavsifi
Reja:
1. Ruda komponentlari bilan oltinning bog’lanish xarakteri.
2. Oltin yuzasidagi yupqa pardalar va ularning sianlash ko’rsatkichlariga ta’siri.
3. Sianidli eritmalarda ruda komponentlari tasirida oltining sorbsiyalanishi.
4. Sianlashda oltining kimyoviy depressiyasi.
5. Murakkab oltin tarkibli rudalarning texnologik turlari.


Darsning maqsadi:
Talabalarga fanning maqsadi va vazifalarini tushuntirish. Sianlash, sorbsiyalash haqida ma’lumotlar berish.


Tayanch atamalar:
Eritma, qoldiq, komponent, depressiya, parda, sianlash, sorbsiya, ruda, metall.

O’zbekiston Respublikasida qimmatli metallarni ishlab chiqarish sanoatini salmoqli darajada kengaytirish ko’zda tutilgan. Hozirda qimmatbaho mettallarga bu darajadagi e’tiborning qaratilishi ularning davlat iqtisodiyotidagi o’ta muhim roli bilan uzviy bog’liq.


Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish sur’ati darajasi ko’p jihatdan murakkab oltin tarkibli rudalarni o’zlashtirishni ko’paytirish bilan oshirilishi mumkin.
Oxirgi yillardagi oltin rudalari xomashyolari tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, texnologik jihatidan “sodda” oltin rudalarning, ya’ni standart sxemada an’anaviy usullar bilan samarali qayta ishlanuvchi rudalarning nisbiy miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda.
Murakkab oltin tarkibli rudalarga ishlov berish ancha takomillashtirilgan sxemalarni qo’llashni, boyitishning mexanik, gidrometallurgik, flotatsiya, kuydirish, pirometallurgiya, ionalmashunuv, tanlab eritish va boshqa usullarini uyg’unlashtirishni talab qilish bilan birga yuqori samarali va unumli jihozlarni qo’llashni talab etadi.
Murakkab oltin tarkibli rudalarning moddiy tarkibi favqulotda xilma-xilligi, ularning tabiatda keng tarqalganligi, shuningdek mineral resurslardan oqilona foydalanish talablari bu rudalarni alohida toifaga (kategoriyaga)-murakkab oltin tarkibli xom- ashyolarga ajratishni taqozo etadi.
Oltin tarkibli rudalarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ulardagi asosiy qimmatli komponent - oltinning miqdori nihoyatda kamdir.
Sanoat miqyosida oltin ishlab chiqarish sferasiga hozirda 1,5-10 g/t oltin biriktiruchi rudalar kiritiladi.
Ayrim hollarda, tog’-geologik qulay sharoitda, shunindek “yaxshi” boyuvchan rudalarda oltinning sanoat darajadagi minimal miqdori 0,25-3 g/t gacha pasaytirilishi mumkin. Oltin ishlab chiqarish sanoatining oxirgi mahsuloti - 99,9% dan ortiq oltin biriktiruvchi metall oltin ishlab chiqarishdir.
Shunday qilib xom-ashyoning umumiy boyish darajasi K oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda nihoyatda yuqori bo’lib (100-200 ming chegarasida) bo’ladi.
Oltinni uning rudasidan ajratishning o’ziga xos (tipik) jarayonlarini uchta ketma-ket keluvchi texnologik operatsiyalarga ajratish mumkin.
1. Rudani mexanik boyitib (asosan gravitatsiya, flotatsiya usullari bilan) oltin boyitmasi mahsulotiga va chiqitlarga ajratish.
2. Boyitmani dastlabki metallurgik qayta ishlash (amalgamatsiya, sianlash, suyuqlantirish).
3. Ikkilamchi metallurgik qayta ishlash (affinaj).
Qayta ishlanayotgan rudaning xususiyatlaridan kelib chiqib (rudaning umumiy mineralagik tarkibi, oltinning shakli, ruda komponentlari bilan singish darajasi v.b.) oltin tarkibli rudalarni boyitishda boyitmaning optimal chiqishi 2-5 dan 10-25% gacha va undan yuqori bo’lishi mumkin.
Mexanik boyitish siklidagi materialning ehtimoliy qisqarish darajasi K1 10-20 tashkil qiladi.
Affinaj mahsulotlari ishlab chiqarishning dastlabki materiallari (rux cho’kmalari, qora oltin mahsulotlari v.h.) tarkibida nisbatan ancha yuqori miqdorda metall biriktirishi bilan xarakterlanadi.
Ko’p hollarda mexanik boyitish jarayonlari chiqitidagi qoldiq oltin miqdori talablariga javob bermaydi va yordamchi operatsiya sifatida rudani gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlashga xizmat qiladi va ba’zan umuman qo’llanmaydi.
Shunday qilib, murakkab oltin tarkibli rudalrning maksimal boyish darajasi (103) dastlabki metallurgik ishlov berishga to’g’ri kelib, u oltinni rudadan ajratish jarayonining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini belgilaydi va ishlov berilayotgan hom ashyoning butkul «murakkabligi» andozasi sanaladi.
1. Ruda komponentlari bilan oltinning bog’lanish xarakteri oltinni ishqorli sianidlar bilan uning rudalaridan gidrometallurgik ajratishning zamonaviy texnologiyasi - o’ziga xos xarakterli an-anaviy sianlanlash jarayoni deyiladi. Bu sxema 1-rasmda aks ettirilgan.



Yanchilgan ruda

sianid

Sian eritmalari bilan aralashtirish


Bo’tanaani filtirlash


Kek Oltin saqlovchi filtrat




Kuchciz sian eritmalari yoki suv bilan yuvish

Oltinsizlantirilgan qoldiq yuvish



eritmalari

Rux kukuni

Chiqitga


Oltinni cho’ktirish

Oltinsizlantirilgan Oltin saqlovchi cho’kma


Sianli eritma shlam


Maxsus ishlov berish
Qayta ishlatishga
Metall holidagi Au

Affinajga
1-rasm. Sianlanlash jarayonining namunaviy sxemasi.

Sianli eritmalar bilan oltinni tanlab eritish ko’plab faktorlarga bog’liq.


Ulardan eng asosiylari singigan oltinning ruda tog’ jinslari komponentlaridan ochilish darajasidir.
Sianlanuvchi oltin tarkibli rudalar asosan uch shakldagi oltinni biriktiradi (1.2 rasm):
a) erkin oltinli;
b) ruda minerallari bilan “sirtdan” singigan (srostki);
v) asosan kvars va sulfidli minerallari bilan birga uchraydigan mayda o’lchamli oltin (tonkovkraplennoye)
Yana bir alohida toifani - yuzasi yupqa pardalar (pleyonka) qoplangan («kuylakli oltin») oltin zarralari tashkil qiladi.


Download 321.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling