Ma`ruza №. Mexatronikaga ta`rif. Reja


Download 0.55 Mb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1013952
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза1(1)


Ma`ruza №. 1. Mexatronikaga ta`rif.


Reja:
1.“Mexatronika” nima? Mexatronikaning rivojlanish tarixi.
2.“Mexatronika” fanining asosiy maqsadi va vazifalari.
3.Mexatronika ob’ektlariga ta’rif.


Asosiy kalit so’z va iboralar:
Mexatronika; aniq mexanika va elektrotexnika; kompyuterli boshqarish; sinergiya; mexatronika tizimlari; mexatronika moduli; funktsional harakat


1.“Mexatronika” nima? Mexatronikaning rivojlanish tarixi.

Mashinalar, umumiy qilib aytganda, mexanik ishlarni bajaruvchi qurilmalardir. Yoki mashinaga boshqacha ta’rif berish mumkin: mashina energiya yoki materialni o`zgartirish uchun mexanik harakatni bajaruvchi qurilmadir.


Har qanday mashina mexanik qismidan, yuritma qismidan (asosan, elektrmexanik yuritmadan), hamda boshqarish sistemasidan iborat. Mexanik qismining asosiy elementlari:

  • foydali mexanik ishni bajaruchi ishchi organ (masalan, yukni ko`taruvchi kran lebyodkasi, suyuqlikni haydovchi nasosning ishchi g`altagi, detalga mexanik ishlov beruvchi metall kesish stanogining frezasi va h.k.).

  • harakat tezligini yoki xarakterini (masalan, aylanma harakatni ilgarilanma harakatga) o`zgartiruvchi mexanik uzatma.

Mashina yuritma qismining vazifasi elektr energiyasini yoki boshqa energiyani (gidravlik yoki pnevmatik energiyani) mexanik energiyaga aylantirish va mashinaning ishchi organlarini harakatga keltirishdir. Elektrmexanik yuritma elektrdvigateldan va elektr kuchli o`zgartirgichdan iborat. U manbadan (elektr ta’minlash sistemasidan) olinadigan elektrenergiyasini dvigatel o`ramasini ta’minlovchi ko`rinishga keltiradi. Ana shu o`zgartirgich dvigatel vali holati, kuchi va tezligini boshqaradi.
Elektr kuchli o`gartirgichlar bu kuchli tranzistorlar, bipolyar tranzistorlar, teristorlar va intellektual kuchli modullardir.
Kuchli o`zgartirgichlardan harakatni boshqarish tizimida, qurilmalarni himoyalashda, avariyali rejimlarda va nosozliklar diagnostikasida foydaniladi. Yangi kuchli o`zgartirgichlar yarim o`tkazgichli asboblar asosida yaratiladi. Bu o`zgartirgichlar ijrochi dvigatellar va boshqaruvchi kompyuterlar orasidagi oraliq zveno bo`lib xizmat qiladi.
Oxirgi vaqtda yangi avlod mashinalarini yaratayotganda mexanik qismlarning funktsiyalarini mashina boshqarish sistemasi tarkib topgan intellektual (elektron, kompyuterli va axborot) qismlarga o`tkazish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Intellektual qismlar yangi topshiriqqa mos ravishda oson qayta dasturlanadi. Bu esa mashinaning imkoniyatlarini oshiradi. Shu bilan birga, texnika rivojlanishi bilan mashinaning har xil fizik shaklga ega bo`lgan (mexanik, elektromexanik, elektron va axborot) qismlari konstruktiv yaxlit bir butunlikka birlashtirilmoqda. Ana shunday “aqlli” mashinalar mexatronika deb ataladi.
Sobiq Sovet Ittifoqida, Germaniyada va boshqa davlatlarda elektr energiyani ishchi organlarni (ijrochi mexanizmlarni) harakatga keltiradigan mexanik energiyaga aylantiradigan qurilmalar o`tgan asrning 30-yillaridan boshlab “elektr yuritma” deb atala boshladi. Lekin bu atama Yaponiya va AQSh davlatlarida qo`llanilmadi, shuning uchun uning o`rniga “mexatronika” atamasi ishlatildi va asta-sekin Evropa davlatlari va Rossiyada joriy etildi.
“Mexatronika” atamasi 1969 yilda Yaponiyada paydo bo`ldi. Atama muallifi - Tetsuro Mori “Yaskawa Electric” kompaniyasining katta muhandisi. Yaponiyada bu vaqtda dasturli boshqariladigan stanoklar va markazlar uchun pretsizion (ingl. precision - aniqlik ) elektrdvigatellar tayyorlanayotgan edi. Bu atama mashina va agregatlar ishchi organlarini elektron yarim o`tkazgichli o`zgartgichlar bilan boshqariladigan elektromexanik uskunalar elektrodvigatelarini belgilash uchun ishlatilgan edi. Atama 1972 yilda “Yaskawa Electric” kompaniyasining savdo belgisi qilib ro`yxatdan o`tkazilgan.
Mexatronika atamasi “Mexanika” va “elektronika” so`zlari birlashuvidan paydo bo`lgan «MEXAnika» va «elekTRONIKA» (1.1-rasm). Bunday birlashuv texnikaning yangi avlodlarini yaratilishi va uskunalarining yangi ko`rinishlarini ishlab chiqish, ilm-fan va texnika jabhalardagi bilimlarni integratsiyasini anglatadi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling