2.“Mexatronika” fanining asosiy maqsad va vazifalari
Ilmiy-texnik fan sifatida mexatronikaning asosiy maqsadi –harakatchan mashina va tizimlarnining asosi bo`lib xizmat qiladigan harakat funktsiyalarni amalga oshiruvchi yangi turdagi blok, modul va qismlarni ishlab chiqishdir.
Bundan kelib chiqib, mexatronikaning predmeti – kerakli harakat funktsionalini amalga oshirishni ta`minlovchi mashina va tizimlarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonidir.
Mexatronikaning asosiy vazifasi (fan sifatida)– murakkab dinamik ob`ektlarni o`ta aniq, o`ta ishonchli va ko`p funktsiyali boshqarish sistemalarini ishlab chiqish va yaratishdir.
MTning asosiy vazifasi (texnika sohasi sifatida)– bu boshqaruv tizimining yuqori bosqichidan keladigan boshqarish maqsadi haqidagi axborotni tesqari aloqa boshqaruvi printsipi asosida tizimning maqsadga yo’naltirilgan funktsional harakatiga aylantirishdir.
1.3-rasmda “Ishlab chiqarish, avtomatlashtirish va innovatsiya-2000” butunjahon ko`rgazmasi atab chiqarilgan jurnalning ma`lumotiga asosan grafik ko’rsatilgan. Unda 1970-yillardan boshlab 30 - yil davomida mashinalar ishlab chiqarish jarayonida mexanik, elektronik va axborot texnologiyalarni qo’llash dinamikasi namoyish etilgan. Analiz shuni ko’rsatadiki birinchi 20 yilda hali ko`pchilik mashinalar ishlab chiqarish funktsional (70% dan ortiq) mexanik yo’l bilan amalga oshirilgan. Kelgusi 10 yillikda bosqichma – bosqich mexanika vositalari elektron, so’ng kompyuter bloklar bilan almashdi. 2000 yilga kelib MTlar hajmi har uchala mexanik, elektron va kompyuter komponentlari orasida baravar taqsimlangan.
1990-2000 yillar davomida kompyuterli ta`minotning roli 2 barovarga oshdi va bu kelajak texnikasida saqlanib kelmoqda.
Tarkibiy ahamiyati, %
1.3-rasm. Mexanik elementlarni elektron va kompyuter bloklarga o`zgartirish dinamikasi
Bu yerda shuni e’tirof etish kerakki, loyihalashda mexatronik yondashuv sistemaning mexanik elementlari odatda bajaradigan funktsiyalarni elektron va kompyuter bloklari bilan kengaytirish emas, balki almashtirishni ko`zga tutadi.
Renssleyer politexnika instituti (Rensselaer Polytechnic Institute, USA) vebsaytidagi diagramma (1.4-rasm) mexatronikaning keng tarqalgan grafik simvoli (belgisi) bo`ldi.
Mexatronikaning shiori:
“Intellektuallashtirishni miniatyurazatsiyalash”.
Do'stlaringiz bilan baham: |