Laboratriya №5 “ms 12-250” rusumli koʻp operatsiyali stanogi va uning boshqarish qurilmasi bilan tanishish. Ishdan maqsad
Download 57.42 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Laboratoriya mashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY MA’LUMOTLAR
- Dastgohning RDB sistemasi
LABORATRIYA № 5 “MS 12-250” RUSUMLI KOʻP OPERATSIYALI STANOGI VA UNING BOSHQARISH QURILMASI BILAN TANISHISH. Ishdan maqsad: “MS 12-250” rusumli koʻp operatsiyali stanogi va uning boshqarish qurilmasi bilan tanishish. NAZARIY MA’LUMOTLAR Koʻp ishlarni bajara oladigan RDB avtomatlashtirilgan dastgoh, ya’ni detallarni qayta oʻrnatmasdan va kesish asbobini avtomatlashtirib koʻp texnologik operatsiyalarni bajarishgi imkon beradigan dastgoh koʻp operatsiyali dastgohlar deb ataladi. Bunday dastgohda parmalash, zenkerlash, kengaytirish (razvyortkalash) teshik yoʻnib kengaytirish, rezba qirqish, tekis va murakkab sirtlarni frezalash mumkin. Koʻp operatsiyali dastgoh asboblar magazini va asboblarni avtomatik almashtiradigan manipulyator bilan jixozlangan. Dastgohning RDB sistemasi: Zagotovka va asbob mos kordinata oʻqlari boʻylab avtomatik siljishning ta’minlaydi; shpindelning aylanish chastotasini va ish bajaruvchi organlarini surish qiymatlarini oʻzgartiradi, shuningdek salt surishlar tezligini ulaydi va uzatadi. Asboblarni avtomatik tarzda almashtiradi va dastgohdagi boshqa qurilmalarni boshqaradi. Koʻp operatsiyali dastgohlar yordamida va tayyorlash-yakunlanish vaqtini qisqarishi, shuningdek kesish rejimlarini jadallashtirish xisobiga universal dastgohlarga nisbatan ancha unumli ishlaydi. Yordamchi vaqt kamayadi, asosiy (mashina) vaqtining ulushi esa oshadi. Jumladan, ma’lumotlarga koʻra universal dastgohlarda aosiy vaqt ulushi 18-20% dan oshmaydi. RDB dastgohlarda 50-60% gacha oshadi, koʻp operatsiyali dastgohlarda esa bu ulush 80-90% ga yetadi. Koʻp operatsiyali dastgohlar nazorat ishlari vaqtini detallarga aniq ishlov berilishi xisobiga 50-70% ga qisqartirishga imkon beradi. Pirovard natijada detallarni koʻp operatsiyali dastgohlarda tayyorlashda ish unumdorligi universal dastgohlardagiga nisbatan bir necha marta yuqori boʻladi. Bundan tashqari, koʻp operatsiyali dastgohlar koʻp dastgohlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etishga yaxshi sharoit yaratadi, hatto uchinchi smenada “odamsiz” texnologiyada ishlash imkoniyatini beradi. Koʻp operatsiyali dastgohlarning kulachokli boshqarish sistemalari bilan jixozlangan dastgoh-avtomatlarga nisbatan eng muxim afzalligi shundaki, ularni turli detallarni tayyorlashda oddiy va tez qayta sozlash mumkin, bu esa tayyorlanish-yakunlanish vaqtini jiddiy qisqartirishga imkon beradi. Bunday dastgoh bilan jixozlangan ishlab chiqarish korxonasi juda moslanuvchan va boshqa detalga ishlov berish uchun tez oʻtuvchi boʻladi. Koʻp operatsiyali dastgohlardan foydalanganda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mexnati ham boshqacha boʻladi. Bu dastgohlar yuqori malakali operatorlarga boʻlgan talab qisqaradi. Ishchi-operator vazifasi bir yoki bir nechta dastgohlarning yaxshi ishlayotganini kuzatishdan iborat boʻladi. Shunda operatorning mexnat ulushi kamayib, muxandis va texniklarning dasturlar tuzish, texnologik jarayonlarni kodlash va loyixalash, dastgohlarni sozlash va ta’mirlash boʻyicha mexnatning axamiyati oshadi. Koʻp operatsiyali dastgohlar moslanuvchan ishlab chiqarish modullari (MIM) ni, moslanuvchan avtomatik liniyalar (MAL)ni va moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari (MIS)ni yaratishga zamin boʻladi. Bu dastgohlar bilan MAL va MIS ni yaratish uchun transport sistemasiga va boshqaruvchi EXM ga bogʻlanadi. Bunday dastgohlar va ularniing sistemalari donalab, mayda seriyalab va seriyalab ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Koʻp operatsiyali dastgohlarni yaratishda agregat tuzilish va birxillashtirish usulidan keng foydalaniladi. Bunday usullar yuqori unumli va aniq ishlov beradigan dastgohlarni ishlab chiqarish narxini pasaytirishga imkon beradi. Avtomatlashtirilgan moslanuvchan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xozirda koʻp vazifali (koʻp operatsiyali) RDB dastgohlar keng qoʻllanilmoqda. IR500MF4 modelli koʻp operatsiyali dastgoh ana shunday dastgoxlarni tipik vakilidir. Bu dastgoh frezalash-parmalash-teshik yoʻnish dastgohlari guruhiga kiradi va gorizontal-teshik yoʻnish dastgohi kabi konstruksiyaga ega. Quyida ushbu dastgox xaqida batafsil ma’lumotlar keltiramiz. IR500MF4 modelli koʻp operatsiyali dastgoh Portal (P-simon) stoyka 7(Z- koordinata) (1.1-rasm). Stanina 10 ning yoʻnaltirgichlarida boʻylama yoʻnalishda, stol 11 (X koordinata) esa koʻndalang yoʻnalishda siljiydi. Stol 11 ga yoʻldosh 2 bilan burish stoli 1 oʻrnatilgan. Mazkur dastgoxda kuchli shpindel 3 va shpindelli babka 4 stoykaning yonida emas, balki uning chuqurchasida joylashgan. Ish organlarining bunday joylashishi vazmin hamda bikr P-simon stoyka birgalikda shpindellarning juda mustahkam boʻlishini va shpindelli babka (Y koordinata) ning aniq chiziqli siljishini ta’minlaydi. Stoykaning yon tomonida 30 asbobli magazin 6, uning chuqurchasida esa, ikki qamragichli manipulyator 5 oʻrnatilgan. Bu manipulyator asboblarni almashtiradi. Ikki pozitsiyali burish stoli 9 yoʻldosh 8 bilan birga alohida poydevorga oʻrnatilgan.Bu stol zagotovkani oʻrnatish vaqtini va detalni yechib olish vaqtini asosiy vaqtga qoʻshishga imkon beradi. Download 57.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling