Laboratriya №5 “ms 12-250” rusumli koʻp operatsiyali stanogi va uning boshqarish qurilmasi bilan tanishish. Ishdan maqsad


“HAAS” MODELLI KOʻP OPERATSIYALI DASTGOH


Download 57.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi57.42 Kb.
#1830111
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Laboratoriya mashg\'uloti

“HAAS” MODELLI KOʻP OPERATSIYALI DASTGOH. Evro-Aziya 
TAPO Disk qoʻshma korxonasida shtamplarga ishlov beruvchi “HAAS” modelli 
koʻp operatsiyali dastgoh qoʻshma korxonadagi koʻplab doimiy zarur boʻlgan 
murakkab shtamplarni tayyorlash uchun ishlatilmoqda. 
Dastgox vertikal ishlov beruvchi markaz koʻrinishida boʻlib vertikal koʻrinishga 
ega. Shu bilan birga dastgox kesish asboblari magazini bilan ta’minlangan.
1.5-rasm. “HAAS” modelli koʻp operatsiyali dastgohining umumiy koʻrinishi. 
SDB dastgoxlarida zagatovkalariga ishlov berishda ishlab chiqarishni 
texnologik tayyorgarligi. SDB dastgoxlarida zagatovkalarga ishlov berishning 
texnologik tayyorgarligi qoʻl bilan boshqariladigan dastgoxlar uchun texnologik 
tayyorgarlikdan tubdan farq qiladi. Bu birinchi navbatda qimmatbaxo jixozdan 


eng samarali foydalanish uchun boshqarish dasturini tuzishda xal qilinish kerak 
boʻlgan texnologik vazifaning murakkabligini ortishi natijasidan tushinilishi 
mumkin. 
SDB dastgoxlarida zagatovkaga nomenklaturasini texnik jixatdan 
asoslangan tanlov amalga oshiriladi. Avval tayyorlanishi uchun qimmatbaxo 
dastgox texnologik ostnastka va kesuvchi asbob zarur boʻlgan xamda yordamchi 
vaqt koʻp sarf qilinadigan murakkab konfiguratsiyali zagatovkalar tanlab olinadi. 
Ayniqsa SDB dastgoxida bajariladigan bir necha operatsiyani bitta operpatsiyaga 
konsentrallash mumkin boʻlgan zagatovkalarni ajratib olish maqsadga muvofiq 
boʻlardi. Bunda qoʻlda belgilab olinadigan va chilangarlik ishlaridan xolis qilish 
imkonyati boʻlishi muxim axamiyatga ega.
Dastlabki 
ajratib 
olingan 
zagatovkalar 
konstruksiyasining 
texnologiyaviylikka obdon taxlil qilinadi. Taxlil natijalar boʻyicha zagatovka 
chizmasi korrensiyalanadi bu ishlov berish talabi xam dasturlash talabini xam 
qoniqtirishi zarur. 
SDB dastgoxlarida ishlov berish samarasini oshirish uchun texnologik 
jarayonlani tiplashtirib chiqish va guruxli ishlov berish usulini qoʻllash zarur. 
Yagona texnologik masalalarni ishlab chiqish uchun zagatovkalarni tipi yoki 
guruxi boʻyicha birlashtirish maqsadga muvofiq va yagona strukturali boshqaruv 
dasturli tipli va guruxli texnologik jarayonlarni ishlab chiqish zarur.
Mayda seriyali ishlab chiqarishda SDB dastgoxlaridan samarali foydalanish 
uchun zagatovka tayyorlash seriyalari oshirish va texnologik osnastka va 
kesuvchi asbob sarfini kamaytirish katta axmiyatga ega. Bunday vazifalarni 
guruxli ishlov berish usuli yordamida muvaffaqqiyatli xal etish mumkin. 
SDB dastgoxlarida samarali foydalanishni oshirishni tashkiliy tadbirlar 
mustaxkamlaydi. SDB dastgoxlari uzluksiz dastgoxlarga koʻp dastgoxli xizmat 
qilishni toʻg`ri taminlash muxim, dastgoxni sozlash jarayoni va unda bevosita 
ishlov berishni chegaralab qoʻyish, asbobni markazlashtirilgan xolda charxlashni 
va uni dastgoxdan tashqarida sozlashni tashkil etish zarur.
SDB dastgoxlarining toʻxtovsiz ishlashini malakali taminlash xizmatchi 
tomonidan taminlanib turishi zarur. 
Texnologik tayyorgarlik bosqichlari. SDB dastgoxlarida zagatovkaga mexanik 
ishlov berish barcha tehnologik tayyorgarligini bir necha bosqichga boʻlish 
mumkin: 


1. zagatovkaning sinflanishi va SDB dastgoxida ularga ishlov berishning texnik-
iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash
2. texnik xujjatlarini ishlab chiqish va boshqaruv dasturini yaratish; 
3. maxsus texnologik osnastkani va kesuvchi asbobni tayyorlash; 
4. boshqaruv dasturini tekshirish va korrektirovkalash. 
 

Download 57.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling