Mavzu: Raqamli dasturda boshqariladigan qurilmalari va tizimlarini elementlari


Download 445.27 Kb.
bet1/6
Sana18.02.2023
Hajmi445.27 Kb.
#1212389
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raqamli dasturda boshqariladigan qurilmalari va tizimlarini

Mavzu: Raqamli dasturda boshqariladigan qurilmalari va tizimlarini elementlari

REJA:




1. Sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda zagatovkalarga ishlov berishda ishlab chiqarishni texnologik tayyorgarligi.

2. Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar.

3.. Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi.


Sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda zagatovkalarga ishlov berishda ishlab chiqarishni texnologik tayyorgarligi. Sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda zagatovkalarga ishlov berishning texnologik tayyorgarligi qo`l bilan boshqariladigan dastgohlar uchun texnologik tayyorgarlikdan tubdan farq qiladi. Bu birinchi navbatda qimmatbaho jihozdan eng samarali foydalanish uchun boshqarish dasturini tuzishda xal qilinish kerak bo`lgan texnologik vazifaning murakkabligini ortishi natijasidan tushinilishi mumkin.
Avval tayyorlanishi uchun qimmatbaho dastgoh texnologik ostnastka va kesuvchi asbob zarur bo`lgan xamda yordamchi vaqt ko`p sarf qilinadigan murakkab konfiguratsiyali zagatovkalar tanlab olinadi. Ayniqsa sanoqli dastur bilan boshqariladigan dastgohida bajariladigan bir necha operatsiyani bitta operpatsiyaga konsentrallash mumkin bo`lgan zagatovkalarni ajratib olish maqsadga muvofiq bo`lardi. Bunda qo`lda belgilab olinadigan va chilangarlik ishlaridan xolis qilish imkonyati bo`lishi muxim axamiyatga ega.

Yagona texnologik masalalarni ishlab chiqish uchun zagatovkalarni tipi yoki guruxi bo`yicha birlashtirish maqsadga muvofiq va yagona strukturali boshqaruv dasturli tipli va guruxli texnologik jarayonlarni ishlab chiqish zarur.


Sanoatda programma (dastur) yordamida boshqariladigan dastgohlar tobora keng ishlatilmoqda. Alfavit raqamli kodda berilgan va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan ishni bajarishni ta’minlovchi komandalar izchilligi ko‘rinishida
berilgan programma bo‘yicha boshqarish, metal kesish, jihozini programma yordamida boshqarish deyiladi.
Programma chizma haqida analog raqam ko‘rinishida, ya’ni sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so‘z va ko‘rsatmalar, shartli belgilar va boshqa simvollar ko‘rinishida yozilgan ma’lumotlardan iborat. Sonli programma yordamida boshqarish qurilmasi va ma’lumotlarni dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga o‘zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi.
Umumiy holda boshqarish komandasini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo‘lgan komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi.
Sonli programma yordamida boshqarish sistemasi bu komandalarni avtomatik tarzda o‘qiydi va bajaradi. Programmalarni yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2 lik va 10 lik sanoq sistemalaridan iborat.
Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o‘tishi uchun perfolenta, perfokarta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi.
Raqamli yoki sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat:

  • odam dastgohda ishlashdan ozod bo‘ladi;

  • mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko‘proq ta’minlanadi;

  • jihozlarning samaradorligi yuqori, programma yordamida boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o‘rnini bosadi;

  • sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat liniyalar tuzish oson.

Programma yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning malakali programmachi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat ortadi, brak miqdori kamayadi.
Programma yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan avtomatik liniyalarni EXM.ga ulash oson. EXM oldidan tuzilgan programma bo‘yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozining ishini o‘zgartiradi. Programma yordamida boshqarish sistemasi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.
Ayni vaqtda sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarni joriy etishda programmachilar tayyorlash zarurligi, jihozlar remontining murakkablashuvi va buyumlarni tipiklashtrish lozimligini e’tiborga olish zarur.

Download 445.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling