Ma’ruza №1 1-Mavzu: “Informatikaning nazariy asoslari” faniga kirish. Mavzu rejasi
Download 286.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-Mavzu
Ma’ruza №1 1-Mavzu: “Informatikaning nazariy asoslari” faniga kirish. Mavzu rejasi: 1. Informatika fanining maqsadi , obyekti va predmeti. 2. Informatikaning fan sifatida shakllanish tarixi. 3. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo’nalishlari. 4. Zamonaviy informatika tuzilmasi. Informatika ( nemicha : Informatik, fransuzcha : Informatique, inglizcha : comput er science - komputer fani (AQShda), computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada)), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy xossalari shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan maʼlumotlar, yaʼni ilmiy informatsiya. „Informatika“ atamasi 1960 -yillarda Fransiyada yuzaga kelgan boʻlib, information va automatique degan farang soʻzlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi sohani nomlash uchun oʻylab topilgan. Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga kura, u turli xillarga boʻlinadi. Mas, sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga koʻra — ommaviy, maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish Informatika vazifasiga kirmaydi. Informatika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish, ishlab chiqish (oʻrganish), saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Informatika termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi. Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan shugʻullanishgan. Mac, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin Muhammad Boburnkit "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi umuman Informatika , xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona- bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy- informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika asosiy yoʻnalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt, informatsiya texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Informatika termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini ishlatiladi. Oʻzbekistonda ham Informatika masalalariga katta eʼtibor berildi. Mac, 1993 yilda informatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, 1994 yil Oʻzbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002 yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil 06.06) qabul qilindi. Informatika masalalari bilan maxsus tashkilotlar, xususan, yirik kutubxonalarning informatsiya xizmati shugʻullanadi. Oʻzbekistonda bu ish bilan Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Aloqa va informatika un-ti, OʻzR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat statistika departamenti, hisoblash markazlari, OʻzR Matbuot va axborot agentligi, radio va televideniye tizimi, Oʻzdavstandart shugʻullanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tuzgan (2000) Koʻp funksiyali informatsiya markazi 14 hududiy hamda koʻplab shahar va tuman tovar ishlab chikaruvchilar va tadbirkorlar palatalarini yagona informatsiya tar-mogʻiga birlashtiradi Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash texnikasidan ishlab-chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etish va har xil murakkab masalalarni echishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko’p faktorlarni hisobga olish, ulkan hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati- elektron mashinalarsiz hal etishga imkon bermaydi. Hisoblash texnikasi yordamida mashinasozlik, transport ishlab-chiqarishini rejalashtirish, loyihalash, hisoblash hamda tahlil ishlari keng hal qilinmoqda. SHuning uchun ham hisoblash texnikasi keng joriy etilishi munosobati bilan bu texnikalardan mustaqil foydalana oladigan mutaxassislarga talab oshib bormoqda. Fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir. Bu fanni o’rganish mobaynida talabalar kompyuterlarning ichki va tashqi qurilmalari va ularning ishlash prinpiplari bilan tanishish bilan bir qatorda aniq yo’nalishdagi masalalarni echishga qaratilgan dastur mahsulotlari bilan ishlash qoidalarini ham o’rganib boradilar. Umuman bu fan orqali talaba kompyuterda mustaqil ishlay oladigan foydalanuvchiga aylanadi. Ma’lumki moddiy-texnika vositalaridan va mavjud rezervlardan o’z vaqtida foydalanishni optimal tashkil etish uchun hisob ishlarini to’g’ri olib borish zarurdir. Bu har qanday korxona faoliyati ravnaqi uchun hal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari hisob ishlarini to’g’ri olib borish ishlab-chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishda katta yordam beradi. Biroq ishlab- chiqarish rivojlanishi bilan hisob ishlarining hajmi ham ortib bormoqda. Natijada korxonani boshqarish uchun zarur bo’lgan texnik-iqtisodiy axborotlarni o’z vaqtida tayyorlash murakkab ishlardan biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun ham bunday ishlarni avtomatlashtirish zaruriyatlari paydo bo’lmoqda. Vaholanki bir necha asrlardan buyon insoniyat hisob ishlarini mashinalar yordamida bajarishga o’rinib kelgan. Pirovard natijada 1642 yili buyuk frantsuz fizigi Paskal matematikaning ikki amalini (qo’shish va ayirish) bajaradigan dastlabki mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Birinchi elektromexanik hisoblash mashinasi amerika olimlari tomonidan 1937 ishlab chiqildi. Ushbu hisoblash mashinasi elektromexanik relelardan tashkil topgan bo’lib, 5 ot kuchiga ega bo’lgan elektrodvigatel orqali ishga tushirilar edi. Hisoblash texnikasining elektron davri 1945 yildan boshlanadi. CHunki shu yili dunyoda birinchi bo’lib, Amerika Qo’shma SHtatlarida ENIAC nomli elektron hisoblash mashinasi yaratilgandir. Uning xotira qurilmasi elektron lampalarga asoslangan bo’lib, boshlang’ich, oraliq hamda dasturlarni saqlash uchun xizmat qilgan. Dastur va ma’lumotlarni kiritish uchun perfokartalar, natijalarni olish uchun esa alifbo-sonli bosma qurilmasi ishlatilgan. SHundan so’ng izlanishlar natijasida 1971 yili INTEL firmasi tomonidan birinchi 4004 integral mikrosxema ya’ni mikroprotsessor yaratilgan. Bu mikroprotsessor mikrokalkulyatorlarda ishlatishga muljallangan edi. INTEL firmasining 8080 mikroprotsessoriga asoslangan birinchi kompyuter ALTAIR-8800 nomi bilan MITS firmasi tomonidan ishlab chiqarildi. Bu kompyuterlarning xotira hajmi va ish bajarish koeffitsienti chegaralangan edi. SHunga qaramasdan bu kompyuter boshqa keng imkoniyatli kompyuterlarning yaratilishiga asos bo’lib qoldi. 1981 yili IBM firmasi tomonidan katta EHMlardan qolishmaydigan darajadagi 16 razryadli mukammal kompyuter yaratildi. IBM PC apparaturasi va dastur mahsulotlari loyihalari e’lon qilingandan so’ng kompyuterlarni takomillashtirish ustida izlanishlar kengaydi. Bu esa o’z navbatida IBM firmasining mashhurligini oshirib yubordi. 1984 yili IBM firmasi INTEL firmasining 80286 mikroprotsessori bazasida yangi kompyuter yaratdi. Dastur mahsulotining asosiy qismini MICROSOFT firmasi ishlab chiqarmoqda. Keyingi yillarda IBM tipidagi kompyuterlarning ko’pchiligi Tayvan, Singapur va Janubiy Koreya mamlakatlarida ishlab chiqarilmoqda. Eng qimmatbaho va sifatli kompyuterlar AQSH va Evropa mamlakatlarida yig’ilmoqda, lekin ularning ham ehtiyot qismlari Osiyo mamlakatlarida tayyorlanmoqda. Hozirgi kungacha IBM tipidagi 80086, 80286, 80386, 80486 hamda 80586 yoki Pentium I, Pentium II, Pentium III, Pentium IV deb ataluvchi mikroprotsessorli kompyuterlar ishlab chiqarilgan. EHMlar bir-biridan texnik xarakteristikalari, mantiqiy tashkil etilishi, elementlar bazasi hamda programma ta’minoti bilan farqlanadi. EXMlarning rivojlanish jarayonida asosiy omillardan biri, mashinalarning foydali ish koeffitsentini oshirishga harakat bo’lgan. YUqorida qayd etilgan va boshqa xarakteristikalarga asoslangan holda EHMlarni shartli ravishda avlodlarga bo’lish qabul qilingan. EHMlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarining o’zgarib turishi ularning qurilmalarida ishlatiladigan elektron sxemalarga va ishlash tezligiga bog’liq bo’lib, EXMlarning elementlar bazasi, avlodlarning kriteriyasi bo’lib xizmat qiladi. Download 286.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling