Ma’ruza №1 1-Mavzu: “Informatikaning nazariy asoslari” faniga kirish. Mavzu rejasi


Download 286.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana20.01.2023
Hajmi286.36 Kb.
#1104583
1   2
Bog'liq
1-Mavzu

Birinchi avlod – EHMlarning elementlar bazasi asosan elektron lampalardan 
tashkil etilgan. Bunday mashinalarning paydo bo’lishi 50-yillarga to’g’ri keladi. 
Bu avlod mashinalariga misol qilib, BESM-1, Minsk-1, Ural-1, Ural-2, M-1, M-2, 


Strela mashinalarini keltirish mumkin. Ularning operatsiya bajarish tezligi 
sekundiga 2-3 ming operatsiyani tashkil qilib, operativ xotira hajmi 4 Kbayt 
bo’lgan. 
Ikkinchi avlod mashinalarining elementlar bazasi sifatida tranzistorlar xizmat 
qilgan. YArim o’tkazgichlarning ishlatilishi EHMlarning operativ xotira hajmi va 
ish bajarish tezligini sezilarli darajada oshirdi. EHMlarning og’irligi, ulchami va 
elektr manbaiga extiyoji kamaydi. EHMning nporramma ta’minoti rivojlanishi 
hisobidan ularning qo’llanilish doirasi kengaydi. Ikkinchi avlod mashinalariga 
quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: Ural-14, Ural-16, Minsk-22, BESM-b, 
BESM-3, BESM-4, M-222, MIR-2, Nairi va boshqalar. Ularning ish bajarish 
tezligi sekundiga 30 ming operatsiya, operativ xotira hajmi 8 Kb, l6 Kb va 32 Kb 
ni tashkil etardi. 
Uchinchi avlod EHMlari elementlar bazasi mikro elektronikaga asoslangan 
bo’lib, ular integral sxemalarning qo’llanilishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi avlod 
mashinalariga ES tipidagn ES-1010, ES-1020, ES-1030, ES-1040, ES-1050, ES-
1066, Elektronika 60, SM-3, SM-4 va boshqa tipdagi mashinalarni misol qilib 
olish mumkin. Ularning operatsiya bajarish tezligi 500 mingdan 1 mln. 
operatsiyagacha bordi. Operativ xotira hajmi esa 64 Kb dan 1204 Kb etdi. 
To’rtinchi avdod mashinalarining elementlar bazasi katta integral sxemalarga 
asoslangan bo’lib, qurilma sifatida kremniy plastiklaridan foydalanildi. Bu avlod 
mashinalariga Elbrus tipidagi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. Uning 
operatsiya bajarish tezligi sekundiga 5 millionni tashkil etib, 64 Mbaytgacha 
operativ xotira hajmiga ega bo’ldi. 
Mikroprotsessorlarning paydo bo’lishi hisoblash texnikasi rivojlanish tarixida 
revolyutsion bosqich bo’ldi. Mikroprotsessor-lar asosida kompyuter davri 
boshlandi. 
Beshinchi avlod mashinalari elementlar bazasi ulkan katta integral sxemaga 
asoslangan bo’lib, sun’iy intelekt asosida ishlaydi. Ma’lumotlarni kiritish va 
chiqarish tovush va tasvirlar orqali amalga oshiriladi. 
Insoniyat o’z tarixi davomida 5 ta axborot revolyutsiyasini boshidan kechirgan: 


1. Nutq paydo bo’lganda;
2. Yozuv kashf etilganda;
3. Kitob nashr qilish boshlanganda;
4. Telegraf va telefon kashf etilganda;
5. Kompyuterlar ixtiro qilinganda.
Har bir revolyutsiya jarayonida yangi axborot texnologiyalari paydo bo’lib, ular 
saqlanuvchi va uzatiluvchi axborot hajmini ortishiga xizmat ko’rsatgan. 
XXI asrga kelib axborotning tarqalish tezligi va xajmi chegaralab bo’lmas 
darajada oshib ketdi. Shuningdek inson mehnatining ko’proq qismi moddiy 
ne’matlar 
ishlab chiqishga emas
, balki axborotni qayta ishlashga qaratildi. Axborot 
qiymati foydali qazilmalar va boshqa moddiy ne’matlar qiymatidan oshib, jamiyat 
industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’ta boshladi. Hozirda jamiyatning 
barcha sohalarida axborot - zaruriy va qimmat baho hom-ashyo sifatida 
ishlatilmoqda. Axborotlarni qayta ishlash texnika va texnologiyalarini yaratuvchi 
fan – “Informatika” fani vujudga keldi. 
“Informatika” so`zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta 
ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. 
"Informatika" ("Informatique") atamasi frantsuzcha "Information" (informatsiya) 
va "Automatique" (avtomatika) so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, fanga 20 asrning 
60 yillarida Frantsiyada kiritilgan. Osha inglizcha so’zlashuvchi davlatlarda 
“Computer Science” atamasi ishlatilgan edi. Hozirda bu ikki atama bir biriga 
sinonim tarzda ishlatiladi. 
Informatika - bu ma`lumotlarning umumiy hossalarini, strukturasini, 
ma`lumotlarni 
hosil qilish
, saqlash, 
qidirish
, qayta ifodalash, uzatish va inson 
faoliyatining har xil sohalarida qo`llashning usullarini, qonuniyatlarini va 
vositalarini o`rganuvchi texnik fan hisolanadi. 
1978 yili Halqaro ilmiy kongress tomonidan "Informatika" tushinchasi ostida 
ma`lumotlarni qayta ishlash tizimlari (komp'yuterlar va ularning texnik-dasturiy 
ta`minoti) ni ishlab chiqish, yaratish, foydalanish va moddiy-texnik xizmat 


ko`rsatish, 
shu 
bilan 
birga 
inson 
faoliyatining 
barcha 
sohalarini 
komp'yuterlashtirishning tashkiliy, tijoriy, adminstrativ va sotsial-siyosiy aspektlari 
kabilarni tushinish kerakligi rasman e`lon qilindi. 
Umumiy qilib aytganda “Informatika” fani - bu: 

ma`lumotlarni qayta ishlashning texnik qurilmalarini;

ma`lumotlarni hosil qilish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, uzatish va undan 
foydalanishning usul va uslublarini;

ma`lumotlarni bir formadan boshqa formaga o`tkazish usul va uslublarini;

ma`lumotlarni strukturasini va hossalarini o`rganuvchi va ularni tizimlashtiruvchi 
komplekslashgan ilmiy-texnik fan hisoblanadi.
Shunday qilib, “Informatika” – bu fan sifatida o`zining rivojlanish yo`lida 
komp'yuter texnikasiga tayanuvchi, qo`llanish sohasi juda keng bo`lgan ilmiy-
texnik fan qisoblanadi. 
Informatika fanining predmeti bo`lib quyidagilar xizmat qiladi: 

hisoblash texnikasi vositalarining apparat ta`minoti;

hisoblash tehnikasi vositalarining dasturiy ta`minoti;

apparat va dasturiy ta`minotni o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasi;

insonni bilan apparat va dasturiy ta`minotni o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasi.
Informatika fanida o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasini “interfeys” deb atalish qabul 
qilingan. SHunga ko`ra komp'yuterning turli texnik qismlari orasidagi o`zaro 
ta`sirlashuvni amalga oshiruvchi 
vosita - apparat interfeysi
, dasturlar orasidagi 
ta`sirlashuvni amalga oshiruvchi vosita esa - dasturiy interfeys, foydalanuvchi 
bilan apparat va dasturiy ta’minot orasidagi ta`sirlashish vositasi - foydalanuvchi 
interfeysi deyiladi. 
Informatika fanining asosiy masalasi - bu hisoblash texnikasining apparat va 
dasturiy ta`minoti bilan ishlashni usul va uslublarini tizimlashtirishdan iborat. 
Tizimlashtirishdan asosiy maqsad shundaki, berilganlar bilan ishlashning eng 


samarali texnologiyalarini ajratish, qo`llash va ularni rivojlantirish, hamda yangi 
ilmiy texnologik izlanishlar olib borishning usullarini yaratishdir [1, 9 p]. 
Informatika – ilmiy-texnik fan bo’lishi bilan birga, amaliy fan hamdir. Shuning 
uchun uning yutuqlari avval amalda tekshirib ko’riladi. Agar tekshiruvda 
samaradorlikni oshirish kriteriysiga javob bersa amaliyotga tadbiq etiladi. Hozirgi 
davrda informatikaning asosiy masalasi tarkibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. Hisoblash tizimlarining arxitekturasi - bunda berilganlarni avtomatik tarzda qayta 
ishlovchi tizimlar yaratishning usul va uslublari.
2. Hisoblash tizimlarining interfeysi - bunda apparat va dasturiy ta`minotni 
boshqarishning usul va uslublarini yaratish masalalari qaraladi;
3. Dasturlash - bunda har xil masalalarni echishga qaratilagn amaliy dasturlar 
ishlab 
chiqarish masalalari qaraladi
;
4. Berilganlarni qayta ifodalash - bunda berilganlarni strukturasini o`zgartirish va 
moslashtirish masalalari qaraladi;
5. Ma`lumotlarni qimoyalash - bunda berilganlarni har xil ichki va tashqi ta`sirlardan 
himoyalashning usul va uslublari ishlab chiqish va ularni umumlashtirish 
masalalari qaraladi.
6. Avtomatlashtirish - bunda dasturiy va apparat qismlarni o`zaro ta`sirlashuvini 
inson ishtirokisiz amalga oshirish masalalari qaraladi.
7. Standartlashtirish - bunda berilganlarni qar xil hisoblash texnikalarining dasturiy 
va apparat ta`minotiga mosliklarini yaratish masalalari qaraladi.
8.
Informatika 
fanining 
asosiy 
yo`nalishlari 
esa 
quyidagilardan 
iborat:
1. Hisoblash mashinalari va ularning dasturiy ta`minotini yaratish;
2. Ma`lumotlar nazariyasi. Bu yo`nalishda asosan ma`lumotlarni saqlash, qayta 
ifodalash, uzatish va qabul qilishning usul va vositalari o`rganiladi;
3. Sun`iy intellekt (aql). Bu yo`nalishda ma`lum bir aql zakovat bilan echiladigan 
masalalarni (masalan bemorni kasalini aniqlash va uni davolash masalasi, mantiqiy 


xulosa, o`qitish, nutqni tushinish va unga ko`ra ish bajarish, komp'yuter o`yinlar va 
hakazo) komp'yuterda 
echish masalalari
, ularning texnik va dasturiy ta`minotlari 
o`rganiladi;
4. Tizimli tahlil. Bu yo`nalishda loyixalashtirilayotgan tizim tahlil qilinadi va uni 
qayerlarda ishlatish, qanday talablarga javob berishi aniqlanadi;
5. Komp'yuter grafikasi, animatsiya, multimedia vositalari;
6. Kommunikatsiya vositalari, shu bilan birga butun dunyodagi insonyatni yagona 
axborot jamiyatiga birlashtiruvchi - global komp'yuter 
tarmoqi 
;
7. Xar hil sohalarga, masalan fan, ta`lim, meditsina, savdo, qishloq xo`jaligi va 
boshqa turdagi xo`jalik va jamiyat ish yuritish faoliyatiga tegishli ishlarni 
bajaruvchi amaliy va tizimli dasturlar yaratish.
Odatda informatikani ikkita katta tarmoqdan tashkil topgan deyiladi:
1. Texnik vositalar;
2. Dasturiy vositalar.
Texnik vositalar, ya`ni komp'yuterniy apparat qurilmalari inglizchada 
"Hardware" so`zi bilan ifodalanadi va u aslida "qattiq buyum" ma`nosini anglatadi. 
Dasturiy vosatalarni esa inglizchada "Software" so`zi bilan ifodalanadi va uning 
asl ma`nosi "yumshoq buyum" degani. Fanda "Software" so`zi ostida 
komp'yuterlarning dasturiy ta`minoti tushiniladi. 
Dasturiy ta`minot - bu komp'yuterda ishlatiladigan barcha dasturlar 
to`plamidir. 
Informatikaning bu ikki umum qabul qilingan tarmog’i qatoriga yana bir 
tarmoqni, ya`ni "algoritmik vositalar" nomli tarmoqni qo`shishni Rossiyalik 
akademik Anatoliy Alekseyevich Dorodnitsin taklif qiladi va uni inglizchasiga 
"Brainware" (brain 
- intellekt
, aql ma`nosini bildiradi) deb atash qabul qilinadi. Bu 
masalarlarni echishning algoritmlarini ishlab chiqish va uni qurishning usul va 
uslublarini o`rganadigan muqim tarmoq qisoblanadi. 


Algoritm - bu berilgan masalani to`g’ri echimga olib keladigan, ma`lum qoida 
asosida berilgan amallarning chekli ketma-ketligidir. Algoritm masalani echish 
uchun avvaldan berilgan aniq va tushinarli ko`rsatma bo`lib, chekli amallar ketma 
ketligidan tashkil topadi. Masalalarni algoritmini tuzib olmasdan turib ularga 
dastur tuzish mumkin emas. 
Jamiyat rivojida informatika fanining o`rni aloqida muqimdir. U bilan 
ma`lumotlarni to`plash, uzatish va qayta ishlash revolyutsiyasining boshlanishi 
bog’langan. Bu revolyutsiya ortidan esa modda va energiya egallash revolyutsiyasi 
amalga oshirildi. Bu o`z navbatida jamityat moddiy va manaviy ne`matlarini 
yaratishda katta imkoniyatlarni ochib berdi. 
Kompyuter texnikasi ishlab chiqishning o`sishi, informatsion tarmoqlarning 
rivojlanishi va yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi fan, ishlab chiqarish
ta`lim, meditsina va boshqa shunga o`xshash bir qancha sohalarning rivojlanishida 
birlamchi omil bo`lib hizmat qildi va qilmoqda. 
Adabiyotlar: 
1. Б.Стариченко. Теоретические основы информатики. Москва. 2003 г. 
2. Г.И.Шездюков. 
Экономическая информатика и вычеслительная 
техника. Т.:, “Ўқитувчи”. 1996 г.
Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova.F.M. Informatika. Kasb–hunar 
kollejlari uchun darslik T.:, 2002 y. 

Download 286.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling