Ma’ruza №1: 1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga kirish. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Ma’ruza rejasi


 Barqaror rivojlanish konsepsiyasi


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana21.04.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1372017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Лекция

4.
 Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi – ekologik muammolarni faqatgina
ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarning yechimini topish orqali kompleks ravishda
mahalliy, mintaqaviy, global miqyosda 
uyushgan tarzda hal qilish.
Ushbu dunyoqarash asoschisi sobiq Norvegiya premyar ministri gro Xorlem
 Brutland bo`lib, u 
1987 – yilda BMT qoshida tuzilgan maxsus atrof-muhit
Komissiyasi tayyorlagan “Bizning umumiy 
kelajagimiz” degan hisobotida to`liq
aks etgan. Mazkur konsepsiyani amalga ashirish masalalari 
1992 -yil Rio-de-Janeyro 
shahrida 
bo`lib 
o`tgan 
atrog-muhit 
va 
rivojlanish” 
xalqaro
konferensiyasida ko`rib chiqilgan.
1972-yil 
5-iyunda 
Stokgolmda 
Birlashgan 
millatlar 
tashkiloti
 (BMT)ning
atrof muhit 
boʻyicha birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi.
Unda 113 davlat vakillari qatnashdilar. 
Ekologik rivojlanishning asosiy talablari
konferensiyada qabul qilingan 26 tamoyildan iborat "Stokgolm 
deklaratsiyasi"da
keltirilgan. Bu prinsiplardan birida har bir inson qulay atrof muhitda yashash 
huquqiga ega va taraqqiyotga erishadigan darajada boʻlishi kerak" deb taʼkidlandi.
Qabul qilingan 
"tadbirlar rejasi" 109 banddan iborat. Stokgolm konferensiyasidan
keyin jahon hamjamiyati ekologik 
yoʻnaltirilgan taraqqiyotga erishish boʻyicha
dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili aholi soni 4 
milliard, 1987-yili 5
milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari 
chuqurlashdi. 
Orol 
dengizining 
qurishi, 
Shimoliy 
afrika 
mamlakatlaridagi
qurgʻoqchilik, 
okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, ozon tuynuklari
muammolari chegara bilmasligi, 
mintaqaviy va global oqibatlari bilan namoyon
boʻldi.


1992-yilning 3-4-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de janeyro shahrida
BMTning atrof muhit 
va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi boʻlib oldi. Unda 179
davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, 
ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy
va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdilar. Hozirgi 
vaqtda rivojlanayotgan
mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi hayot darajasiga yetishishi 
uchun
yana bir yer sayyorasi resurslarini oʻzlashtirish lozim boʻladi. Yer esa koinotda yagonadir. 
Tabiat va jamiyatning mutanosib rivojlanishi - koevolyutsiya deb
yuritiladi. Jamiyatning rivojlanish 
surʼatlari juda yuqori, tabiat evolyutsiyasi tezligi
oʻzgarmaydi. Koevolyutsiyaga erishish uchun jamiyat oʻzining ayrim
ehtiyojlaridan voz kecha olishi 
lozimdir. 21-asrga kelib atrof-muhitga taʼsir surʼati
yuqoriligicha qolmoqda. Barqaror rivojlanish 
yoʻlidagi saʻyi-harakatlar ijobiy
natijalarini bermoqda.
21-asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning oldini olish
tadbirlariga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 1,5-2,5% ulushi sarflanishi lozim.
Atrof-muhit ancha 
ayanchli holga tushib qolgan mamlakatlarda esa bu koʻrsatgich
4-5%dan kam boʻlmasligi kerakligi 
taʼkidlanadi. Ekologik taʼlim tarbiyani
rivojlantirish, jamoatchilik rolini oshirish, ekologik 
texnologiyalarni joriy qilish
barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni
yanada 
murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit bilan jamiyat
oʻrtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yetkazmoqda.
Yer yuzi tabiatning 
barqarorligi, turgʻunligi va uning oʻziga xos qonunlarini
insoniyat tomonidan buzilishining asosiy 
sabablaridan biri kishilarning atrof-muhit
muhofazasi haqidagi bilimlarining yetishmasligi hamda 
tabiatning kelajakdagi
ekologik holatini koʻra bilmasliklaridir. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish 
toʻgʻrisidagi qonunda barcha taʼlim muassalarida ekologik taʼlim majburiy deb
belgilangan. Oʻrta 
maktab, litsey va kollejlarda ekologiya boʻyicha alohida fan
oʻtitilishi zarurdir. Bu barqaror rivojlanish uchun taʼlimning asosini tashkil qilishi
lozimdir. BMT 
barqaror rivojlanish uchun taʼlimni 2005-2014 yillar davomida har
bir mamlakatda amalga oshirishni 
rejalashtirgan. 21-asr ekologiya asri boʻlishi
shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon 
yetkazmasdan
oʻzgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kerak.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling