Ma`ruza №1 cad/cam/cae tizimlariga kirish Reja: cad/cam/cae tizimlari haqida tushuncha


-rasm. Mahsulotni hayot sikli (Zeyd tomonidan tuzilgan)


Download 0.88 Mb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1034451
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза

1.1-rasm. Mahsulotni hayot sikli (Zeyd tomonidan tuzilgan)


Ushbu sxemada mahsulotni hayot siklini ikki muhim: ishlab chiqish va ishlab chiqarish bosqichlari ko`rsatilgan. Ishlab chiqish bosqichi marketing ya`ni bozor tomonidan ishlab chiqilgan iste`molchilarning talabidan boshlanib chizmada ifodalanuvchi mahsulotning to`liq tavsifini bayon etish bilan yakunlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni esa texnik talabdan boshlanib tayyor buyumni sotuvga chiqarish bilan yakunlanadi.
Ishlab chiqish jarayoniga tegishli bo`lgan operatsiyalar sintetik (umumlashgan) va analitik (tahliliy) larga bo`linadi. Chizmadan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqishning boshlang’ich operatsiyalari: ishlab chiqish zaruratini aniqlash, texnik talablarni bayon etish, mahsulotni yaratish uchun tahliliy ma`lumotlar yig’ish va amalga oshirish, shuningdek loyihani asoslash sintetik ya`ni umumlashgan kichik jarayonga qarashli bo`ladi.
Sintetik kichik jarayonning natijasi ishlab chiqarish mo`ljallanayotgan buyumning loyihasi bo`ladi. Hayot siklining bu qismida mahsulotni ishlab chiqish g’oyasini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan asosiy moliyaviy mablag’ miqdori belgilanadi, shuningdek uning amalga oshirilishi aniqlanadi. Sintez kichik tizimi doirasida tug’iluvchi va qayta ishlanuvchi axborotlarning katta qismi asliy hisoblanadi va ularni kompyuterda qayta ishlash noqulay bo`ladi.
Tayyor asoslangan loyiha tahlil qilinib optimallashtiriladi, bu analitik kichik tizim bo`ladi. Avvalo analitik (tahliliy) model ko`riladi, chunki birinchi navbatda loyiha emas, balki aynan model tahlil qilinadi.
Konstruktsiyalashda qo`llanilayotgan kompyuterlar miqdor va sifat jihatidan keskin oshib borayotganiga qaramay, yaqin orada abstrakt analitik modellarni qo`llashdan voz kechib bo`lmaydi. Agar loyihadan muhim bo`lmagan qismlar olib tashlansa, o`lchash soddalashtirilsa va mavjud simmetriya hisobga olinsa analitik model olinadi. O`lchamlarni soddalashtirish deganda, masalan yupqa listni qandaydir xususiyati, qalinligi o`xshash bo`lgan boshqa materialga almashtirish tushuniladi.
Jism va unga qo`yilgan yukning simmetriyasi modelda faqat shu jismning bir qisminigina ko`rish imkoniyatini beradi.
Olinadigan xulosaviy natijalar sifati bevosita tanlangan analitik model sifatiga bog’liq bo`lgan tahlil natijasida olinadi.
Loyihalashni tugatib va optimal parametrlarni tanlab bo`lingach loyihani baholash bosqichi boshlanadi. Buning uchun prototip yasaladi. Prototiplarni konstruktsiyalashda jadal prototiplash deb ataluvchi yangi texnologiyadan foydalanish keng ommalashib bormoqda. Bu texnologiya prototipni pastdan yuqoriga qarab, yangi faqat konstruktsiyaning ko`ndalang kesimi to`g’risidagi ma`lumotlarni talab qiluvchi asl loyihadan bevosita konstruktsiyalash imkonini beradi. Agar loyihani prototip asosida baholashda loyiha qoniqarsiz bo`lsa, yuqorida keltirilgan ishlab chiqish jarayoni parametrlarni o`zgartirgan holda davom ettiriladi.
Loyihani baholash qoniqarli bo`lgach, loyihani hujjatlashtirish jarayoniga tayyorgarlik boshlanadi. Mahsulotning loyiha hujjati to`liq rasmiylashtirilgandan so`ng, barcha hujjatlar mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonaga beriladi. Mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona loyiha hujjatlarda ko`rsatilgan chizmalar va hisob kitoblar asosida mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtiradi va bu jarayon tayyor namunaviy mahsulotni ishlab chiqarish bilan tugaydi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash – bu mahsulotni tayyorlash bo`yicha texnologik jarayonlar ro`yxatini belgilab ularning parametrlarini beruvchi operatsiya. Bir paytning o`zida jamlangan materialdan kerakli shakldagi detallarni olish uchun texnologik operatsiyani amalga oshiruvchi jihozlar tanlanadi. Ishlab chiqarishni tayyorlash natijasida ishlab chiqarish rejasi , uskuna jihozlar uchun dasturlar va materiallar ro`yxati tuziladi. Shu bosqichda boshqa spetsifik talablar, qisqich va bog’lash materiallarining konstruktsiyalariga ishlov beriladi. Ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarlik loyihalash jarayonining sintez nimjarayoni kabi mutaxasislarning katta hayotiy tajribasini va sifatli qarorlarni qabul qilishni talab etadi. Bu tavsifdan mazkur bosqichni to`liq komp’yuterlashti rish murakkabligi ko`rinib turibdi. Texnologik tayyorgarlik tugagach tayyor mahsulotni ishlab chiqarishni boshlash hamda ishlab chiqarilgan mahsulot talabga to`liq mos kelishi tekshiriladi. Sifat nazoratida a`lo baho olgan detallar bir joyga yig’iladi, ishlashi sinovdan o`tkazilib, qadoqlanadi. Tamg’alanib buyurtmachilarga yuboriladi.
Biz mahsulotning hayot siklini qarab chiqdik. Endi bu siklning barcha bosqichlarida CAD/CAM/CAE- texnologiyalari qanday qo`llanilishini ko`rib chiqamiz. Yuqorida aytib o`tganimizdek, sintez nimjarayonida komp’yuterlar keng qo`llanilmaydi. Chunki ular bo`lgusi mahsulot to`g’risidagi axborotlarni sifatli qayta ishlash imkoniyatiga ega emas. Lekin hatto bu bosqichda loyihachi masalan, tijorat ma`lumotlar bazasidan tahlilni amalga oshirish uchun muhim axborotlarni muvofaqqiyatli yig’ishi, shuningdek kataloglardagi ma`lumotlardan foydalanishi uchun loyihalarni asoslash jarayonida komp’yuterlarni qo`llashini tasavvur etib bo`lmaydi, chunki komp’yuterlar hali intellektual ijod uchun kuchli vositaga aylangani yo`q.
Bu bosqichda har xil asoslangan loyihalarni chizmalarini yaratish, hisob kitob ishlarini amalga oshirishda komp’yuterlardan keng foydalanildi.
Chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida makrodasturlar, shuningdek parametrik va geometrik modellashtirish vositalaridan foydalanish foydali bo`ladi.
Loyihalash jarayonida keng qo`llaniladigan geometrik modellashtirish tizimi bu chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida uch o`lchovli ekvivalent, ya`ni uch o`lchamli ishlovchi dasturiy paketdir.
Loyihalashning analitik bosqichida kompyuterning haqiqiy o`rni namoyon bo`ladi. Kuchlanishni tahlil qilish, to`qnashuvlarni nazorat qilish, kinematik tahlil uchun ko`plab dasturiy paketlar mavjud. Bu dasturiy paketlar konstruktsiyalarni avtomatlashtirish vositalariga (CAE) kiradi. Bulardan foydalanishdagi bosh muammo analitik modellarni shakllantirish zaruratida namoyon bo`ladi.
Agar analitik modellar asoslangan loyihadan avtomatik tarzda qurilganda edi bu muammo aslo yuzaga kelmas edi. Yuqorida qayd etilganidek, analitik modellar aynan kontseptual loyiha bilan bir xil bo`lmaydi, chunki undan kam ahamiyatli detallar olib tashlanib, o`lchamini kichraytirish yo`li bilan yaratiladi.
Zaruriy abstraktsiya darajasi tahlil turi hamda echimning qanoatlantiruvchi parametrlarning aniqligiga bog’liq bo`ladi. Demak, abstraktsiyalash jarayonini avtomatlashtirish ancha murakkab, shuning uchun analitik modellar alohida yaratiladi.
Aslida abstrak model ishchi chizmalarni ishlab chiqish tizimida yoki geometrik modellashtirish tizimida, ba`zida esa qurilgan analitik paket vositalari yordamida yaratiladi. Analitik paketlarga kompyuterda ishlov berish qulay bo`lishi uchun o`rganilayotgan ob`ekt strukturasini alohida alohida qismlarga bo`lib, o`zaro bog’liq turlar ko`rinishida bo`lishi talab etiladi.
Agar analitik paket mahsulot turini avtomatik ravishda yaratsa, u holda loyihachiga faqat abstrakt ob`ekt chegaralarini belgilash qoladi. Aks holda mahsulot turi ham loyihachi tomonidan yoki interaktiv rejimda, yoki avtomatik ravishda ammo boshqa dasturda yaratiladi. Mahsulot turini yaratish jarayoni yakuniy elementlar usulida modellashtirish deb ataladi. Bu usulda modellashtirish o`z ichiga chegaraviy shartlar va tashqi yuklamalar masalalarini ham oladi.
Analiz kichik jarayoni qandaydir parametrlar bo`yicha loyihani optimallashtirish bosqichida bajarilishi mumkin. Optimal qarorlarni izlashning ko`plab algoritmlari ishlab chiqilgan bo`lib, ular asosida hammabop tijorat dasturlar qurilgan.
Optimallash protsedurasi loyihani avtomatlashgan tizimining bir komponenti hisoblanadi, bu protsedurani alohida qarab chiqish maqsadga muvofiq.
Loyihani baholash bosqichi ham kompyuterlashtirishdan ko`p narsa yutadi. Agar loyihani baholash uchun prototip lozim bo`lsa, biz berilgan loyiha bo`yicha tez prototiplovchi mashina uchun kodlarni ishlab chiquvchi dasturlar yordamida loyihadagi mahsulotni juda tez konstruktsiyalashimiz mumkin. Bunday paketlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (CAM) dasturi hisoblanadi. Prototip shakli kirish ma`lumotlari to`plamidan oldin aniqlanishi lozim. Formani, ya`ni shaklni belgilovchi ma`lumotlar geometrik modellashtirish natijasida olinadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling