Ma’ruza №1 elektr pech transformatorlari maqsad
Transformatorlarning yordamchi elementlari
Download 33.54 Kb.
|
Ma’ruza №1 elektr pech transformatorlari-fayllar.org
10.3.Transformatorlarning yordamchi elementlari
Moyli transformatorlarda ferromagnit o‘zakni chulg‘amlar bilan birga maxsus mineral moy — transformator moyi bilan to‘ldirilgan metall bakka joylashtiriladi. Moyning issiqlik o‘tkazish xususiyati xavonikiga nisbatan yuqoriroq bo‘lgani uchun chulg‘amlar va o‘zak qiziganda moy issiqlikni tashqariga uzatuvchi muhit vazifasini bajaradi. Transformator moyi chulg‘amlar izolyasiyasining mustaxkamligini oshiradi, atmosfera ta’sirida namlanishdan hamda izolyasiya materiallarini buzilishdan saqlaydi. Transformatorlarda elektr mustahkamligi 70... 120 kV/sm bo‘lgan maxsus tayyorlangan mineral moy ishlatiladi. Kichik quvvatli (30 kVA gacha) kuch transformatorlari bakining devorlari tekis bo‘ladi. Kattaroq quvvatli (1800 kVA gacha) transformatorlarda sovitish yuzasini kattalashtirish maqsadida bak devori qovirgasimon qilib tayyorlanadi, bu maqsadda bak devorlariga maxsus trubalar payvandlanadi. Quvvati 1800...10000 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarda bakning tashqi tomonida trubali radiatorlar o‘rnatiladi. CHulg‘amlar va ferromagnit o‘zakka tegib turgan moy qiziydi va yuqoriga tabiiy ravishda ko‘tariladi, uning o‘rniga o‘zakdan uzoqda turgan sovuq moy keladi. SHu asosda radiator trubalarida moyning tabiiy harakati vujudga keladi. quvvati 10000...63000 kVA bo‘lgan transformatorlarda radiator trubalari tashqi tomondan maxsus ventilyatorlar bilan sovitib turiladi. YAnada katta quvvatli transformatorlarda moy nasos yordamida maxsus sovituvchi qurilmalardan o‘tkaziladi va moyning majburiy harakati ta’minlanadi. YOnmaydigan suyuq dielektrik bilan to‘lditilgan transformatorlar yong‘indan xavfsizdir. Ularda sintetikizolyasion material — sovtol va u bilan birga qo‘shimcha aralashma ishlatiladi. Sovtol polixlordifenil bilan trixlorbenzolning aralashmasidan iborat modda, qo‘shimcha aralashma yopishqoqlikni hamda qotish temperaturasini pasaytirish uchun qo‘shiladi. Bu moddalarning nisbati mos holda normal iqlim uchun 65% va 35%; tropik iqlim uchun 90% va 10% ni tashqil qiladi. Lekin sovtol transformator moyidan qimmatrok, zararli ta’siri xam bor. Bunday trasformatorlarning quvvati 160...2500 kVA gacha, yuqori kuchlanishi esa 6...10 kV bo‘lishi mumkin. Transformator moyi izolyasiyasining xususiyatiga namlik juda yomon ta’sir qiladi. Hatto havodagi namlik ham moyning elektr mustaxkamligini pasaytirib yuboradi. Bundan tashqari, bakdagi moy yozda issiqdan kengayadi, qishda esa sovuqdan torayadi. Havoning transformator moyiga zararli ta’sirini kamaytirish hamda bak xajmini kengaytirish maqsadida quvvati 75 kVA va undan ortiq bo‘lgan transformatorlar qopqogi ustiga maxsus kengaytiruvchi bak o‘rnatiladi (12-rasm). Kengaytiruvchi bak asosiy bak bilan truba orqali tutashtiriladi. Odatda, transformator moyi kengaytiruvchi bakning yarmigacha to‘lditiladi, bunda moyning xavo bilan tutashadigan yuzasi ancha kamayadi. Moyda havoning zararli ta’siri ham, moyning ifloslanishi xam kamayadi. Moyning havo ta’sirida tarkibiy qismlarga ajralishi (oksidlanishi) natijasida xosil bo‘ladigan cho‘kindilar kengaytiruvchi bak tagiga cho‘kadi. Kengaytiruvchi bakning havo bilan tutashadigan joyiga, biror idishda, xavoning namligini o‘zida olib qoluvchi modda — sorbent quyiladi. Quvvati 160 kVA va undan ortiq bo‘lgan transformatorlarda moyni tozalab turish uchun termosifon filtr o‘rnatiladi. Bu tadbirlar natijasida transformator moyiniig elektr mustahkamligi uzoq vaqt yaxshi saqlanadi. Juda katta quvvatli transformatorlarda moyning xususiyatini yanada uzok vaqt yaxshi saqlash maqsadida kengaytiruvchi bak germetik berkitilgan bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan transformator moyi tozalab va almashtirilib turiladi. Kengaytiruvchi bakning yon tomoniga undagi moyning sathini ko‘rsatuvchi shisha naycha o‘rnatiladi. Katta quvvatli (1000 kVA va undan ortiq) transformatorlar bakining ust tomonida bir uchi asosiy bak bilan tutashgan, ikkinchi uchi qayrilgan va oynasimon to‘siqli (membranali) truba o‘rnatiladi. Ishlab turgan transformatorning o‘ramlari yoki chulg‘amlari qisqa tutashib qolganda yoki yuklamasi haddan tashqari ko‘payib ketganda, u tezda qizib ketadi, moy parchalanadi, ko‘p miqdorda gaz ajraladi. Bak ichida bosim ortib ketadi. Bunday sharoitda truba uchidagi oyna sinib ketadi va gaz tashqariga chiqadi. Bunday ehtiyot trubasi bo‘lmagan transformator baki deformatsiyalanadi yoki butunlay ishdan chiqadi. Asosiy bakning yon tomonida moyning temperaturasini ko‘rsatib turuvchi maxsus simobli termometr; katta quvvatli va germetik transformatorlarda termosignalizatorlar o‘rnatiladi. Quvvati 560 kVA va undan ortiq bo‘lgan transformatorlarda uni ichki buzilishlardan saqlaydigan maxsus saqlagich asbob—gaz relesi bo‘lib, u asosiy bakni kengaytiruvchi bak bilan tutashtiruvchi trubaga o‘rnatiladi (13-rasm). Transformator chulg‘amlari yoki chulg‘am o‘ramlari qisqa tutashganda va umuman bakda moyning parchalanishidan xavfli portlovchi gaz ko‘p ajralib chiqqan paytda moy asosiy bakdan kengaytiruvchi bak tomon oqadi va gaz relesining kontaktlari berkiladi hamda signal beriladi yoki transformatorni avtomatik tarzda tarmoqdan uzib qo‘yadi. Gaz relesida moy ustida qalqib turadigan ikkita kalkovich (ballon) bo‘lib, kalkovichlarning yon tomonida normal sharoitda doimo ochiq holda turadigan simob kontaktlar bo‘ladi, ular shisha idishga o‘rnatiladi. Kalkovichlar ustma-ust o‘rnatiladi. Ularning vaziyati moy harakatining tezligiga qarab o‘zgaradi. Biror sababga ko‘ra asosiy bakdan gaz ajralib chiqa boshlasa, moy asosiy bakdan kengaytiruvchi bak tomon sekin harakatlanadi va birinchi kalkovichning vaziyati o‘zgaradi, simob kontaktlari berkiladi va ogohlantiruvchi signal berish qurilmasi ishga tushib, transformator normal rejimda ishlamayotganligi haqida xabar beradi. Agar transformatorda xavfli buzilish bo‘lsa, gaz ajralishi tezlashadi, trubada moyning harakat tezligi ham ortadi. Bunda ikkinchi kalkovichning vaziyati o‘zgaradi, uning simob kontaktlari berkiladi. Bu kontakt transformatorni tarmoqdan uzib qo‘yishga impuls beradi va uni xavfli ichki buzilishlardan saqlaydi. 12-rasm. Quvvati 320 kVA, kuchlanishlari 6000±5/400 V bo‘lgan TM320/6 markali (uch fazali) moyli transformator: 1- po‘lat o‘zak, 2 — past kuchlanish chulg‘ami, 3—yuqori kuchlanish chulg‘ami, 4—bak, 5—kengaytiruvchi bak, 6—moy satxini ko‘rsatuvchi shisha naycha, 7-moy qo‘yiladigan tashik, 8-o‘ramlar sonini o‘zgartiruvchi qurilma, 9-qurilma dastasi, 10-yuqori, 11-past kuchlanish chulg‘ami qismasi, 12-termometr, 13-moy chiqadigan teshik, 14-radiator trubalari. 13-rasm. Kengaytiruvchi bak (a) va gaz relesi (b): Download 33.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling