Ma’ruza-1 Elektrokimyo fani va uning mohiyati, rivojlanishi. O‘zbekistonda elektrokimyo bo‘yicha qilingan ishlar. Ma’ruzachi: Phd rashidova K. X. Reja
Download 159.19 Kb.
|
ishchi (yoki indikator) elektrod. Ushbu elektrod inert materialdan yasaladi;
–solishtirish elektrodi. U doimiy potensialga ega bo‘ladi. Unga nisbatan yacheykadagi boshqa elektrodlarning potensiali o‘lchanadi. Ushbu elektrod inert materialdan qilinmaydi; –yordamchi elektrod elektronlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Odatda, uning toki va potensiali o‘lchanmaydi. Yordamchi elektrod, odatda, inert materialdan yasaladi. Ishchi elektrodni boshqa elektrodlar bilan birlashtirib bo‘lmaydi. 1791yilda italyan tabiatshunosi L.Gal’vani yorilgan baqaning fiziologik xossalarini o‘rganaturib tasodifan baqaning muskullari va ikki metalldan iborat o‘ziga hos elektrokimyoviy zanjir tuzdi. 1800 yilda boshqa italyan olimi A.Vol`ta birinchi marta tokning kimyoviy manbaini “vol`ta ustunlari”ni konstruksiya qildi, u manbai o‘z tuz eritmalari bilan ho‘llangan kumush va qalay elektrodlardan iborat edi. Shu hodisalardan keyin elektrokimyoviy zanjirning o‘ziga xos xossalari yangi fan- elektrokimyoning o‘rganish sohasi bo‘lib qoldi. Elektrokimyoviy sistemalarga tokning kimyoviy manbalari (gal’vanik elementlar) va elektroliz amalga oshiriladigan elektrolit vannalar kiradi. Elektr tokining manbalari- gal`vanik elementlarda kimyoviy energiya elektr energiyasi sifatida ajraladi. Elektrolizda esa aksincha, elektr energiyasi hosil bo‘ladigan moddalarning kimyoviy energiyasini oshirishga sarf bo‘ladi. 1799-yilda Italiyada Galvani va Volt galvanik element yaratdilar. 1802-yili V.V.Petrov elektr yoyi hodisasini ochdi. 1805-yil Grotgus (Rossiya) elektroliz nazariyasining asoslarini ishlab chiqdi. 1800-yilda Devi moddalarni ta’sirlashishining elektrokimyoviy nazariyasini ilgari surdi va kimyoviy tadqiqotlarda elektrolizni keng qo‘lladi. Devining o‘quvchisi Faradey 1833-1834-yillarda elektrolizning miqdoriy qonunlarini ta’rifladi. Yakobi 1836-yili (Rossiya) elektroliz jarayonini tajribaga qo‘llash masalalarini hal qilib, galvanoplastikani ochdi. O‘zbekistonda elektrokimyo sohasida izlanish olib borgan olimlardan k.f.d., prof. A.Murtazayev (Toshkent farmasevtika instituti) indiy metalli elektrokimyosi bilan shug‘ullangan. K.f.d., prof. F.Qurbonov (Toshkent kimyo texnologiya instituti) metallar korroziyasiga ingibitorlar ta’sirini o‘rganish sohasida ilmiytadqiqot ishlari olib borgan. O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti Elektrokimyo laboratoriyasida L.Siganov, T.Hamidxonova kabi olimlar metallarni elektrokimyoviy yo‘l bilan ajratib olish boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Toshkent DPU ning Kimyo kafedrasida ham elektrokimyo yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Profesor P.Qodirov rahbarligida metallarni elektrolitik cho‘ktirishga ultratovush ta`siri o‘rganilgan. Эътиборингиз учун рахмат! Download 159.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling