Ma’ruza 1 Farmakologiya fanining mazmuni, tibbiyotdagi o’rni, qisqacha tarixi va maqsadlari
Farmakologiyani asosiy bo’limlari. Dori moddalarni tasniflash qonun – qoidalari
Download 32.6 Kb.
|
farmakologiya tashmi
Farmakologiyani asosiy bo’limlari. Dori moddalarni tasniflash qonun – qoidalari.
Farmakologiya ikki bulimdan – umumiy hamda xususiy farmakologiyadan iborat. Umumiy farmakologiya dori moddalari tufayli kelib chiqadigan qonun – qoidalarni, ularning farmakokinetikasi va farmakodinamikasini o’rganadi. Farmakokinetika – dori moddalarini organizmga yuborish, uning so’rilishi, oqsillar bilan bog’lanishini, taqsimlanishi, o’zgarishi (metabolizmi) va organizmdan chiqish jarayonlarini, farmakodinamika – dori moddalarining ko’rsatadigan ta’sirini, ta’sir kuchini va ta’sir mexanizmini o’rganadi. Dori moddalarini aloxida guruxlarga tasnif qilish ancha murakkab. Kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqinligi bo’yicha tasnif qilingan moddalarning ta’siri har – xil bo’lishi mumkin. Dori moddalarni ayrim a’zolarga (masalan, yurakka, me’da – ichakka) ta’siri bo’yicha tasniflab ko’rilganda xam qiyinchilik bo’lgan, chunki qator moddalar bir yo’la turli a’zolarga har xil yunalishda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xozirgi kunda dori moddalari asosan sistemalarga ta’siri bo’yicha tasnif qilingan: bular asosan nerv sistemaga ta’sir etuvchi moddalar, a’zolar va sistemalarga, moddalar almashinuviga, ayrim kasalliklar, mikroorganizmlar va parazitlarga ta’sir etuvchi moddalarga bo’lingan. Dori moddalarining so’rilish tezligi, kuchi va ta’sir muddati ularni organizmga qaysi yo’l bilan yuborilganiga bog’liq bo’ladi. Dori moddalarini bemor organizmiga yuborish usuli uning axvoliga, dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalariga va ularning ta’sir etish tezligiga qarab tanlanadi. Dori moddalarning organizmga yuborish yo’llari 1. Enteral usul – dori moddalari oshqozon-ichak yo’li orqali yuboriladi. 2. Parenteral usul– dori moddalari oshqozon-ichakdan tashqari yo’llar orqali yuboriladi. Enteral yuborish usulida dori moddalari til ostiga, og’izga, un ikki barmoq ichakka, to’g’ri ichakka yuboriladi. Dori moddalari til ostiga yuborilishi sublingval yo’l deyiladi. Bu usul kichik yoshdagi bolalarni davolashda umuman qo’llanmaydi. Dori modda til ostiga qo’yilganda og’iz bo’shlig’ida fermentlar faoliyati sust bo’lganligi uchun dori moddalari deyarli parchalanmaydi, til ostidagi doriga me’da-ichak fermentlari ta’sir qilmaydi, jigarda o’zgarishlarga duch kelmaydi, qo’yilgan joyida so’rilib umumiy ta’sir ko’rsatadi. Bu yo’l orqali ayrim dorilar asosan nitroglitserin, metiltestosteron, pregnin kabilar qo’yiladi, ular qonga tez so’riladi (til ostida qon tomirlar juda ko’p), ta’siri tez boshlanadi. Og’iz orqali yuborish – peroral yo’l. Bu yul keng tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir, bemor dori moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi. O’n ikki barmoq ichak orqali yuborish usuli: ichakda dori moddalarining yuqori kontsentratsiyasining xosil qilish maqsadida moddalar o’n ikki barmoq ichakka zond orqali yuboriladi.To’gri ichak orqali yuborish usuli: dori moddalarini og’iz orqali yuborish mumkin bo’lmaganda, ruxiy bemorlarni davolashda, bemor bexush yotganda, qizilo’ngach yoki oshqozonda o’zgarishlar bo’lganda, oshqozon-ichak fermentlarini ta’sirida parchalanadigan dorilar ishlatilganda ushbu usul qo’llaniladi. Parenteral yuborish usuli. Nafas yo’llari orqali ingalyastion (ingalacion – nafas olish) yuborish usuli.Teri orqali yuborish usulda asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko’zda tutiladi, bu yo’l bilan malxamlar, pasta, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalarga sepma dorilari qo’llaniladi. Shilliq qavatlar orqali yuborish usulda dori moddalarining burun, xalqum, ko’z, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etishi uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo’shlig’i a’zolari jaroxatlanganda va o’pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so’ruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so’riladi. Teri ostiga yuborish yo’li bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi. Venalar ichiga yuborish usulida moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o’zaro aralashganda cho’kma xosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki gemoliz xosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qo’llanadi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks xolda qonda ularni kontsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaxarlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Dorining ta’siri juda tez, ko’pincha in’ektsiya vaktidayoq boshlanadi, ta’sir muddati teri ostiga va mushak orasiga yuborilgandan ko’ra kamroq bo’ladi. Orqa miya kanaliga yuborish usuli, gematoenstefalik to’siq orqali yaxshi o’tmaydigan dori moddalar subaraxnoidal, peridural yo’l bilan yuboriladi. Dori moddalar to’gridan-to’gri yurakka, bo’gimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan, ionoforez orqali yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko’p , lekin dorilar parenteral yo’l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko’zda tutiladi, chunki boshqa yuborish yo’llari nisbatan kam qo’llanadi. Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling