MA`ruza №1 kirish. Fanning asosiy mazmuni va masalalari zagotovkalarga dastlabki ishlov berish
Chiviq, val, truba va listlarni qirqish
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
3. Chiviq, val, truba va listlarni qirqish
Chiviq va vallar yuritmali pichoqlar yordamida, diskli, tasmali, friktsion, elektrofriktsion arralar yordamida, tokarlik-qirquvchi stanoklar, qirquvchi avtomatlar, yupqa jilvir tosh bilan ishlaydigan stanoklar yordamida qirqiladi. Chiviq materiallarni temirchilik sexining tayyorlov bo`limida press va kaychi yordamida qirqish mumkin. Listli materiallarni, odatda, turli konstruktsiyali: dastakli, stulli, gulotinli, rolikli kaychilar yordamida qirqiladi. Yuqorida sanab utilgan chiviqli va listli materiallarni mexanik qirqish usullaridan tashqari gazli (avtogenli), anodli-mexanik, elektrouchkunli va ultratovushli qirqishlar qo`llaniladi. Yuritmali pichoqlar chiviqli materiallarni pichoqli polotno yordamida qirqadi. Pichoqli polotno mexanik yuritmadan ilgarilanma qaytma harakat oladi va ma’lum bir bosim ostida harakatlanadi. Pichoqli polotnoning qirquvchi tishlari bir tomonga, yag`ni qirqish tomoniga yo`nalga bo`lib, polotno qirqiluvchi materialga faqat ishchi yurishida bo-siladi, qaytish yo`lida esa gidravlik mexanizm yordamida ko`tarilgan holda qaytadi.
Qirqilish kenligi yuritmali pichoq yordamida qirqishda diskli arradagiga nisbatan kichik bo`lganligi uchun materiallning yo`qotilishi kam bo`ladi. Yuritmali pichoqlarda qirqish unumdorligi diskli arrali va boshqa qirquvchi stanoklarga qaraganda kam. Diskli arralar yupqa freza kabi qirquvchi tishli diskdan iborat, ular prokatlarni, chiviqlarni, turli profildagi balkalarni qirqishda qo`llaniladi. Chiviqlarni diskli arralar yordamida yakkalab va paketli qirqish mumkin (1.3.-rasm).
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling