MA`ruza №1 kirish. Fanning asosiy mazmuni va masalalari zagotovkalarga dastlabki ishlov berish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.10.2021
Hajmi0.59 Mb.
#169056
  1   2   3   4   5   6   7   8


MA`RUZA № 1 

 

KIRISH. FANNING ASOSIY MAZMUNI VA MASALALARI 

ZAGOTOVKALARGA DASTLABKI ISHLOV BERISH 

 

Reja: 

 

1.  Zagatovkalarni to`g`rilash. 

2.  Chiviqlarni yo`nish. 

3.  Chiviq, val, truba va listlarni qirqish. 

4.  Markazlashtirish. 

 

Tayanch  so`z  va  iboralar:  Zagatovka,  chiviq,  tayyorlov  operatsiyalari,  chiviqni 

to`g`rilash,  chiviqlarni  yo`nish,  zagatovkalarni  qirqish,  markaz  teshiklarini  ochish, 

markazlashtirish, markaz ochish parmalari. 

 

1.  Zagatovkalarni to`g`rilash 

Mashinasozlik  korxonasining  tayyorlov  bo`limi  yoki  sexida  chiviq  ko`rinishidagi 

prokatlar  to`g`rilanadi,  yo`niladi,  kesiladi  va  markazlashtiriladi.  Pokovka  va  shtampovkalar 

ham tayyorlov operatsiyalaridan o`tkaziladi: tores qismlari frezerlanadi va markazlarishtiriladi, 

teshiklar dastlabki yo`niladi. 

Chiviqlar uchun tayyorlov operatsiyalari odatda quyidagi ketma - ketlikda bajariladi: 

1) to`g`rilash; 2) markazsiz  yo`nish; 3) qirqish; 4) markazlashtirish (agar chiviq keyinchalik 

revolg`verli 

stanokda 

yoki 


avtomatda 

ishlov 


berilmaydigan 

bo`lsa, 


chiviqni 

markazlashtirilmaydi); 5) bajarilgan operatsiyalarni nazorat qilish. 

Mexanik ishlov berishdan avval chiviq materiallar va vallarning Zagatovkalari o`qining 

qiyshiqligini sovuq holatda to`g`rilanadi. Pokovka va shtampovka ko`rinishidagi Zagatovkalar, 

agar katta diametr va uzunlikka ega bo`lsalar, issiq holatda bolg`a zarbasi ostida to`g`rilanadi.  

Chiviq va vallarning Zagatovkalarini dastaki, vintli, ekstsentrikli, gidravlik, pnevmatik 

va  friktsion  presslarda  to`g`rilash  mumkin.  Vallarni  to`g`rilashdan  avval  markazlarda 

tekshiriladi  va  to`g`rilanadigan  joyi  aniqlanadi;  shundan  so`ng  ularni  prizma  yordamida 

presslarda to`g`rilanadi. 

Chiviqlar maxsus to`g`rilash stanoklarida to`g`rilanadi (1-rasm,a). Bunday stanokning 

sxemasi  1-rasm,  b  da  ko`rsatilgan.  Bu  stanoklarda  to`g`rilash  1,  2  va  3  uchta  juftli  roliklar 

yordamida amalga oshiriladi. 

Barcha  roliklar  baraban  5  o`qiga  nisbatan 

0

70



  burchakda  joylashgan.  Baraban 



aylanganda  roliklar  ham  chiviq  4  atrofida  sirpanib,  o`z  o`qi  atrofida  aylanadi  va  shuning 

xisobiga to`g`rilash jarayoni amalga oshadi. Chiviq barabanga kirishidan avval maxsus stoyka 

6 ga maxkamlanadi va roliklar 7 da harakatlanadi. Chiviq o`qining qiyshig`lanish darajasiga 

ko`ra  1  martadan  6  martagacha  barabandan  o`tkaziladi.  Chiviqning  ilgarilanma  harakati  - 

surish  5–30  m/min  atrofida  bo`ladi.  Civiqni  to`g`rilashning  asosiy  vaqti  quyidagi  formula 

bo`yicha aniqlanadi: 

[мин]

  

)



(

)

(



i

n

S

l

l

i

S

l

l

t

p

p

чив

M

p

чив

a





 

bu erda l

chiv

 - chiviqning uzunligi, mm; l



p

 - rolikning uzunligi, mm; S

M

 - chiviqning bo`ylama 



yo`nalish bo`yicha minutli surilishi; S - ramaning bir marta aylanishiga chiviqning surilishi, u 



dtg

8

,



0

  ga  teng;  d  -  chiviqning  diametri,  mm; 

  -  baraban  o`qiga  nisbatan  roliklarning 



o`rnash  qiyalik  burchagi;  i  -  to`g`rilanadigan  chiviqlarning  roliklar  orasidagi  yurishlarining 

soni;  n


p

  -  rolikli  ramaning  minutiga  aylanishlari  soni;  0,8  -  roliklar  orasidagi  chiviqning 

sirpanishini xisobga oluvchi koeffitsient. 



Qo`zg`almas  barabanda  uchta  rolikka  ega  bo`lgan  va  chiviqqa  aylanma  harakat 

uzatuvchi to`g`rilovchi stanoklar mavjud (1-rasm,b). 

   

 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling