Ma’ruza 1 Kirish. Qurilish materiallari konlarini qazib olishning ahamiyati


Download 18.52 Kb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi18.52 Kb.
#1176066
1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza

Bazaltlar rangi qora kul rangdan qoragacha bo‘lib, asosiy massasi zich yoki g‘ovaksimon bo‘ladi. Asosiy massa tarkibida 20–25 %gacha mineral donalari ishtirok etadi. Ular plagioklaz, piroksen, olivin, ba’zan ma’danli minerallardan iborat. Asosiy massa juda mayda kristallardan(mikrolitlardan) va shishasimon massadan tashkil topadi.
Bazaltlar porfir va shishasimon strukturaga ega bo‘ladi. Bazaltlarning o‘zgargan turlari yashilsimon tusi bilan ajralib turadi.Bazaltlar pardoz qoplamalarda, elektroizolyatorlar, quvurlar, kislotaga chidamli kimyoviy apparatlar tayyorlashda qo’llaniladi.
Diabaz bazaltlardan unga yashil tus beruvchi ikkilamchi xlorit minerallarining mavjudligi bilan ajralib turadi. Tuzilishi mineral zarrachalari mayda donadan yirik donagacha. Tarkibida 45-52% kremniy bo’lib, zichligi 2800-3000 kg/m3. Diabazdan qora rangli juda qattiq sheben tayyorlanadi. Diabazlarga ishlov berish orqali plitalar, bruschatkalar tayyorlanadi. Kavkaz, Ukraina va uzoq sharqda mashxur diabaz konlari mavjud.
Andezit porfir tuzilishga ega. Teksturasi massiv, pufaksimon, brekchiyasimon. Andezit-bazaltlarda SiO2 ningmiqdori 53–57 % ga teng. Rangi to‘q qoramtir, kul rangroq bo‘lib, porfirtuzilishida bo‘ladi. Andezit konlari: Kavkaz, Kamchatka, O’rta Osiyo.
Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling