Ma’ruza №1 kirish. Rudali konlar to’grisida umumiy ma’lumotlar


Download 382.03 Kb.
bet3/3
Sana18.10.2023
Hajmi382.03 Kb.
#1708724
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza11111111111111111111111111

magnetit (Fe2O4); mis xalnotiriti (SuFeS2) ko'rinishida; qo’rg’oshin-galenit (PbS); kaliy-kasiterit (SnO2) ko'rinishlarida uchraydi.
Ruda minerallari rudada odatda boshqa minerallar bilan aralash holda uchraydi, ular sanoat ahamiyatiga ega emas. Bunday aralash minerallarni rudali jinslar deyiladi.
Qazib olish texnalogik jarayonlarni bir-biriga yaqin o'xshashlikda bo'lgan foydali qazilma konlarini shu belgilari asosida bo'lish katta ahamiyatga ega.
Shu belgilar bo'yicha foydali qazilma konlarining quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: neft va gaz konlari, torf konlari, ko'mir va yonuvchi slanes konlari, ruda va noruda konlar, sochma konlar.
Konni ochish sharoitida, foydali qazilmalarni va puch jinslarni fizik-mexanik xususiyatlariga ko'ra boshqa-boshqa usullar bilan aniqlansada, qazib olishda bu guruhlarni ichidagi o'xshashligi, ularning turidan qat'iy nazar yaqindir. Masalan, rudali va sochma oltin konlarini qazib olish texnologiyasi biri ikkinchisidan juda katta farq qilsada temir rudalari va apatitlarni qazib olishdan keskin ajralib turadi.
Bundan keyin faqat bitta guruhga mansub bo'lgan ruda konlarini qazib olish masalasini o'rganamiz.
Foydali qazilmalarni qazib olishning kuyidagi usullari mavjud: yer osti, ochik, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi.
Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
Shaxta – foydali qazilmalarni (asosan, kumirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.

Rudnik – asosan metall rudalari, kon-kimyoviy xom ashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.

Karyer – foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.

Razrez – ko’mir qazuvchi karyer.

Priysk – kimmatbaxo metallarga ega bo’lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi


.
Promisel – suyuk va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
.
Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi.
Bu ishlar konni qazib chiqarishning bo’g’inlari xisoblanadi. Masalan, dastlab konni ochish ishlari, so’ng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi.
Konlarni yer osti usulida qazib chiqarish uchun yer osti kon laximlari turini barpo etish talab etiladi
Nazorat savollari?



  1. Foydali qazilma konlari va ularning turlari?

  2. Shaxtanima?

  3. Rudnik nima?

  4. Kon korxonasi nima?



Download 382.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling