Ma’ruza №1. Kirish. Sanoat portlovchi moddalarning rivojlanish tarixi va oldiga qo’ygan vazifalari
Download 45.01 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Kon jinslarining xususiyatlari haqida asosiy ma’lumotlar.
MA’RUZA №1.Kirish. Sanoat portlovchi moddalarning rivojlanish tarixi vaoldiga qo’ygan vazifalari.Reja 1.1. Sanoat portlovchi moddalarning rivojlanish tarixi. 1.2. Fanning maqsadi va asosiy vazifalari. 1.3. Kon jinslarining xususiyatlari haqida asosiy ma’lumotlar.Kirish Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy istiqbolli rejalarga va maxsulotni tejash texnologiyalariga, tog’ jinslarini kam xarajatli effektiv maydalashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish konchilik ilmining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Yuqorida yo’naltirilgan asosiy maqsadni amalga oshirish ishlari kon-metallurgiya sohasi rivoji bilan bog’liq. Konchilik sohasining texnologik jaroyonida portlatish ishlari, bugungi kunda, asosiy o’rinni egallaydi. Portlovchi modda (PM) - yuqori kontsentratsiya va quvvatga ega bo’lgan manbaa bo’lib, u xalq xo’jaligi ishlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda 90% ga yaqin rangli va qora metall qazib olish portlatish ishlari yordamida amalga oshirilmoqda. Shuningdek portlatish ishlari foydali qazilma konlarini ochish, irrigatsiya qurilish ishlarini amalga oshirish, avtomobil va temir yo’l qurilish ishlarida, er osti tunnel, shaxta stvollari va boshqa kon laxmlarini qazish ishlarida keng qo’llaniladi. PM mashinasozlik sohasida - metallarni ishlash, shtampovka, svarka qilish va kesish ishlarida hamda, tuproqlarni zichlash, o’rmonlardagi yong’inni o’chirish va boshqa ishlarda keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda PM lar tuproq bilan bostirilgan transheyali zaryadlarni portlatish orqali uzaytirilgan kanal, kollektor va boshqa turdagi irrigatsion qurilish ishlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda portlatish energiyasi boshqarishga mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish davom etmoqda. 1.1. Sanoat portlovchi moddalarning yaratilish tarixi Ilk marotaba harbiy va sanoat sohasida PM sifatida qora porox qo’llanilgan bo’lib, porox kaliyli stelitrasi, fosfor kukuni va ko’mirdan tashkil topgan. VII asrga kelib, oldin Xitoyda keyin esa Hindistonda porox dengiz kemalarini, sahrodagi karvonlarni boshqarish uchun mash’al-feyerverklar, keyin esa Vizantiyada “Greklar olovi” sifatida ishlatilgan. Evropada qora porox tarkibi Bertold Shvarts tomonidan yaratilgan. Turli xil ma’lumotlarga ko’ra XVI-XVII asrlardan boshlab porox konchilik sohasida keng qo’llanilib kelmoqda. XVI asr o’rtalariga kelib Rossiyada poroxni daryo va dengiz poroxodlarini suzish ishlarini yaxshilash maqsadida suv osti tog’ jinslarini maydalash uchun keng qo’llanilgan. XVI-XVII asrga kelib porox foydali qazilmalarni er osti usulida qazib oladigan rudniklarda portlatish ishlarini amalga oshirishda keng qo’llanilgan. Buning uchun patron shakldagi porox qog’ozga o’ralib smola materiali yordamida gidroizolyastiya qilinib, tog’ jinsida parmalangan shpurga joylashtirilib poroxli trubka yordamida portlatilgan. 1627 yildan boshlab G’arbiy evropada joylashgan Slovakiya, 1632 yilda esa Shvetsiyaning kumush konlarida porox portlatish ishlarida qo’llanilgan. XVII asrning oxiriga kelib Evropaning ko’p davlatlaridagi konlarda porox portlatish ishlarida keng qo’llanilgan. XIX asrgacha porox evropa mamlakatlarida asosiy PM sifatida kon ishlarida qo’llanilgan. 1770-1780 yillar orasida franstuz olimlari A.Lavuaze va K.Bertolle xloridli kaliy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yib, uning asosida PM ning asosiy qismi bo’lgan xloridli kaliyni ishlab chiqdilar. 1771 yilda P.Vulf tomonidan yuqori brizantli PM- trinitrofenol sintez qilindi. 1847 yilda esa italiyalik olim A.Sobrero tomonidan yuqori brizantli –nitroglitserin PM si sintez qilinib, portlatish ishlarida poroxni almashtirgan. 1854 yilda rus akademigi N. Zinin va rus armiyasi ofisteri V. Petrushevskiy nitroglitserin moddasining xossasini o’rganib uni mina va granata ishlab chiqarishda keng tadbiq qilganlar. 1864 yilda A.Nobel nitroglitserin ishlab chiqarishga patent olib Shvetsiya va Germaniyada bir necha zavodlar qurgan. Detonastiya qonuniyatlarini o’rganish brizantli PM larni ishlab chiqarish uchun keng yo’l ochdi. 1865 yilda rus armiya kapitani D. Andrievskiy tomonidan birinchi kapsyul-detonator kashf qilindi. 2 yildan keyin esa A.Nobel, yaratilgan kapsyul-detonatorni qayta ishlab, uni ishlab chiqarish uchun patent oldi va bir necha zavodlar qurdi. Detonastiya qonuniyatlari ochilishi yuqori brizantli portlovchi moddalarni ishlab chiqish bilan bog’landi. 1863 yilda I. Vilbrandt tomonidan trotil, 1887 yilda K. Martens- tetril, 1890 yil T.Kurstius-azid svinest, 1894 yil Tollen va Vigan tomonidan TEN, 1897 yil Lenst tomonidan esa geksogen moddalari sintez qilindi. Sintez qilingangan portlovchi moddalar bugungi kunda ham elektrodetonator, kapsyul-detonator va detonastiya shnuri ishlab chiqarish sohalarida keng qo’llanilmoqda. Dinamit - ilk aralashmali, brizantli portlovchi modda bo’lib, uning tarkibi 75% nitroglisterin va 25% kizilgur moddalaridan tashkil topgan. Dinamit rus olimlari tomonidan va A.Nobel ishtirokida yaratilgan. Dinamit portlatish ishlarini rivojlantirishda katta rol o’ynab, poroxga nisbatan portlatish kuchi va energiyasi (portlatishning issiqlik energiyasi 7100-10700kDj/m2) balandligi bilan ajralib, suvga mustahkam va plastik qobiliyatga ega bo’lgan portlovchi modda bo’lgan. Dinamit ishlab chiqarishga o’ta xavfli va olovga nisbatan sezgirlik qobiliyati balandligi uchun portlatish ishlarida keng qo’llanilmadi. Yuqorida keltirilgan asosiy sabablar munosabati bilan xavfsiz va arzon selitrali sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yildi. U 1939 yilga kelib sanoatda ishlab chiqarilgan portlovchi moddalar xajmining 80%ini tashkil etdi. Selitrali sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar ishlab chiqarishda olimlardan Yu.Xariton, A.Belyaev, K.Andreev, A.Apin va boshqalarning xizmati katta. Ular tomonidan detonastiya tezligining mexanizmi o’rganilib ishlab chiqarishga taqdim etilgan. Selitrali portlovchi moddalarni ishlab chiqarish ayniqsa 1945 yildan keyin rivojlandi. Bu konchilik va irrigastiya qurilish ishlarida portlatish ishlarining keng rivojlanishi bilan bog’liqdir. Yuqoridagilar portlatish moddalarining yangi va keng assortimentini ko’p marotaba ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lib, bu ishlarga juda ko’plab ixtisoslashgan loyiha institutlari, laboratoriyalari, ishlab chiqarish tashkilotlari va olimlari jalb qilish ishlari orqali amalga oshirildi. Olimlar qatoriga: N.N.Semenov, Yu.B.Xariton, N.V.Melnikov, E.I.Щemyakin, K.K.Andreev, A.F.Belyaev, G.P.Demidyuk, E.G.Baranov, D.E.Vlasov, L.N.Marchenko, V.M.Mosinest, B.N.Kutuzov, N.F.Kusov, G.I.Pokrovskiy, A.N.Xanukaev, V.R.Raximov, B.R.Raimjanovlarni keltirishimiz mumkin. 1961 yilda Amerikalik Richard Egli va Albert Nekar birinchi bo’lib Emulsiyali portlovchi moddani ishlab chiqadi va patent olish uchun ariza beradi. Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling