1.2 Fanning maqsadi va asosiy echimlari
Fanning maqsadi – Sanoatda qo’llaniladigan PM larning asosiy xususiyatlari va tarkibini o’rganib portlatish ishlari texnologiyasini turli sharoitlarda o’rganishdir.
Asosiy echimlar quyidagilardan iborat:
tog’ jinslarining fizik, mexanik va kon texnologik xossalarini o’rganish;
shpur va skvajinalarni Burgilash prostessida tog’ jinslarini maydalash
usullari va tasnifini o’rganish;
portlatish ishlarida tog’ jinslari maydalanishiga qo’yilgan texnologik talablar va portlatish ishlarini bajarish usullari;
portlatishda bajarilgan ish va energiya balansi;
sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar tasnifi;
ochiq kon iishlarida qo’llaniladigan sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar xossalari va tarkibini o’rganish;
ochiq va er osti kon iishlarida qo’llaniladigan, gaz va changdan xavfli shaxtalardan tashqari, sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarning xossalari va tarkibini o’rganish;
sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarni sinash usullari;
sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar zaryadini portlatish usullari va anjomlarini o’rganish;
turli xil massivda portlatish ishlarini o’rganish;
fursatlik portlatish ishlari xaqida asosiy tushunchalar;
portlatish iishlari texnologiyalari xaqida asosiy tushunchalar;
1.3. Tog’ jinslarining fizik, mexanik va kon texnologik
xossalarini o’rganish
Konchilik tashkilotlarida Burgilash va portlatish ishlari asosan ularning effektiv parametrlariga va portlatish energiyasini boshqarish usullariga, hamda tog’ jinslarining xossalariga, massivning yoriqlik darajasiga va foydali qazilma konlarining yotish burchaklariga bog’liqdir. Burgilash va portlatish ishlarining muxandislik hisobini bajarishda tog’ jinslarining fizik, mexanik va kon texnologik xossalarini hisobga olishga to’g’ri keladi.
Tog’ jinsining fizik xossalari. Tog’ jinsining fizik xossalariga asosan tog’ jinsining zichligi, g’ovakligi va plastik xususiyati kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |