Ma’ruza-1 Kirish. Tayanch harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi
Download 30.91 Kb.
|
Ma’ruza-1 Kirish. Tayanch harakat tizimining yoshga oid xususiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Yashli yosh davri.
- 5. Maktabgacha yosh davri.
3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi1,5 barobar kattalashadi va o’rtacha 75 smga yetadi, og’irligi 3 barobar ortadi va 11-12kg atrofida bo’ladi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so’z boyligi kam bo’ladi, ya’ni atiga 10 tacha so’zni tashkil qiladi.
4. Yashli yosh davri. Bu davrda1yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va tana og’irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so’z nutqi ko’nikmalariga ega bo’lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolani o’zini o’zga odamlardan farqlay olish qobiliyati paydo bo’ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo’lini beradi va x.k.). A’zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi. 5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelit suyaklarini qotishi va suyak- mushak tizimini mustahkamlanishi jadal sodir bo’ladi, bolaning harakatlari ancha turli- tuman va kordinatsiyalangan holda sodir bo’ladi, yangi tug’ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og’irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko’p sonli bo’ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bo’yi bir tekisda o’smaydi. Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-10 sm gacha o’sadi va bunga bola bo’yining birinchi fiziologik cho’zilish davri deb ataladi. Bolalarning vazni ham bir xilda ko’paymaydi. 4 yoshli bolaning og’irligi qariyib 1,6 kg ga ko’payadi, 5 yoshda2 kg ga yaqin, 6 yoshga borib 2,5 kg, ya’ni o’rtacha hisobda yiliga 2 kg ga ko’payadi. 6- 7 yoshga borib, bolaning og’irligi 1 yasharligidagiga nisbatan 2 baravar oshishi kerak. Bu yoshda teri tobora qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon- tomirlar soni kamayadi, u mexanik ta’sirlarga ancha chidamli bo’lib qoladi. 6- 7 yoshgacha bo’lgan bolalar terisining sirti 1 kg vaznga nisbatan hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko’proq bo’ladi, shu sababli ular salga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin. Download 30.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling