Ma’ruza 1 Kirish. Traktor, avtomobillar va dvigatellarning rivojlanish tarixi. Traktor, avtomobillarning klassifikatsiyasi, ularning asosiy qismlari
Download 20.78 Kb.
|
1-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transmissiya
- Ish jixozlariga
- Dvigatel, shassi va kuzovdan
Ma’ruza 1 Kirish. Traktor, avtomobillar va dvigatellarning rivojlanish tarixi. Traktor, avtomobillarning klassifikatsiyasi, ularning asosiy qismlari Traktor g‘ildirakli yoki zanjirli o‘zi yurar mashina bo‘lib qishloq xo‘jalik va boshqa mashinalarni xarakatga keltirish uchun ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida, melioratsiya va yo‘l qurishda, yuk tashishda ko‘proq traktorlardan foydalaniladi. Avtomobillar transport vositasi sifatida yuklarni va passajirlarni tashish uchun ishlatiladi. Dvigatel tarixi. 1860 yilda fransuz mexanigi E.Lenuar 2 taktli gazda yangi zaryadni oldindan siqmasdan ishlaydigan uchqun bilan o‘t oldiriladigan dvigatel yaratdi. Bu dvigatelning FIK 4-5% tashkil qilgan. 1877-78 yillarda nemets ixtirochisi N.Otto to‘rt taktli zaryadni siqib uchqun yordamida o‘t oldiriladigan gazda ishlaydigan dvigatel yaratdi. Bu dvigatel tejamkorligi Lenuar dvigateliga nisbatan ancha yaxshilangan edi. 1896 yili nemets injeneri R.Dizel siqishdan alangalanadigan dvigatel konstruksiyasini yaratdi. Rus olimlari dvigatel nazariyasini rivojlantirishga katta xissa qo‘shdilar. MVTU professori V.Grinevetskiy dvigatel issiqlik xisobi asoslarini ishlab chiqdi. Traktor tarixi. 1785 yili professor Komov M.M. tez xarakat kiluvchi mashina yaratish ideyasini ilgari surdi. 1889 yilda jaxonda birinchi marta Saratovda ko‘rgazmada Blinov F.A. tomonidan yaratilgan bug‘ bilan ishlaydigan zanjirli traktor ishlatib ko‘rsatildi. 1893-95 yili Mamin YA.V. neftda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelli o‘ziyurar telejkani, 1910 yilda esa neftda ishlaydigan quvvati 25 ot kuchi bo‘lgan ichki yonuv dvigatelli g‘ildirakli traktor yaratdi. 1930 yilda Stalingrad (xozirgi Volgagrad) da, 1931 yil Xarkovda g‘ildirakli traktorlar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushdi. 1933 yilda CHelyabinskda zanjirli traktor zavodi, 1941-45 yillarda Altay va Vladimir traktor zavodlari ishlay boshladi. Ikkinchi jaxon urushidan keyin Minsk, Lipetsk, Kishinev, 1970 yilda Toshkent traktor zavodlari ishga tushirildi. Avtomobil tarixi. Rossiyada 1923 yilda Moskvada dastlabki avtomobillardan birini (ko‘tarish qobiliyati 1,5 t bo‘lgan AMO-F15) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. YAroslavl, Gorkiy shaxarlarida avtomobil zavodlari ishga tushdi. Keyinchalik Kutaisi, Kremenchug, Voljskiy va Kamskiy shaxarlarida qurilgan zavodlarda avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. Dunyo miqyosida dvigatel, traktor va avtomobillar ishlab chiqarish yirik xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda dvigatellar ishlab chiqaruvchi Kammins va Perkins, traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqaruvchi Djon Dir, Keys Nyu Xolland, Massey Fergyuson, Klass, Komatsu kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan dvigatel, traktor va q/x mashinalaridan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida foydalanilmoqda. Avtomobillar ishlab chiqarishda Djeneral motors (GMC, Cadillac, Chevrolet, Opel), Daymler Kraysler (Mercedes), Ford (Ford, Lincoln, Mercury, Mazda, Jaguar, Land Rover, Aston Martin, and Volvo) va Toyota kompaniyalari eng taniqli hisoblanadi. O‘zbekistonda 2010 yilda avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlangan, Toshkent traktor zavodida TTZ-30, TTZ-60, TTZ-80 traktorlari, 1996 yilda ishga tushirilgan Asakadagi avtomobil zavodida Neksiya, Matiz, Damas, Lasetti, Kaptiva, Takuma, Epika avtomobillari, Samarqanddagi avtomobil zavodida avtobuslar (YAponiyani Isuzu kompaniyasi bilan xamkorlikda) va yuk avtomobillari (Germaniyani Man firmasi bilan xamkorlikda) ishlab chiqarilmoqda. Traktorlar klassifikatsiyasi. Vazifasiga ko‘ra Umumiy ishlarni bajaradigan traktorlar (DT-75MV, T-150K, T-4A, K-701, Magnum 8940). Bu traktorlardan er haydashda, erlarni ekin ekishga tayyorlashda, ekin ekishda foydalaniladi. Universal chopiq traktorlari (T-25A, T-40M, T-28X4M, TTZ-60, MTZ-80, TTZ-80, MTZ-100, TTZ-100). Ixtisoslashgan traktorlar (MTZ-80X, TTZ-80X, DT-75KV). YUrish kismini konstruksiyasiga ko‘ra g‘ildirakli zanjirli Traktorlar tortish kuchiga qarab bir necha sinflarga bo‘linadi. Sinflar yig‘indisi tipaj deb yuritiladi, traktor tipajida 10 ta sinf mavjud: 0,2; 0,6; 0,9; 1,4; 2; 3; 4; 5; 6; 8. Avtomobillar klassifikatsiyasi. Vazifasiga ko‘ra Passajir transportida ishlatiladigan avtomobillar 8 kishidan kam odam sig‘adigan engil avtomobillar 8 kishidan ko‘p odam sig‘adigan avtobuslar YUk avtomobillari (yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab yana kichik guruxchalarga bo‘lish mumkin) Maxsus avtomobillar (o‘t o‘chiruvchi, avtokranlar, tez yordam va boshqalar) Traktor asosiy qismlari. Traktor quyidagi asosiy bo‘laklardan tuzilgan: Dvigatel yonilg‘ini yonishidan hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib berish uchun mo‘ljallangan. Dvigatel silindrida hosil bo‘lgan bosim kuchi yordamida tirsakli val aylantiriladi va bu harakat transmissiyaga uzatiladi. Transmissiya tirsakli val aylanma harakatini etakchi g‘ildiraklarga uzatadi. Transmissiya ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma, differensial va oxirgi uzatmalardan tashkil topgan. YUrish qismi g‘ildiraklarni aylanma harakatini traktorni ilgarilanma harakatiga aylantirib beradi. Boshqarish mexanizmi traktorni harakat yo‘nalishini o‘zgartirish va uni qo‘zg‘almas vaziyatda tutib turish uchun zarur. Bu mexanizm rul yoki planetar mexanizmi va tormozdan tashkil topgan Ish jixozlariga tirkash, shatakka olish qurilmalari, quvvat olish vali mexanizmlari kiradi YOrdamchi jixozlar kabina, kapot, yoritish va signal berish qurilmalari, sovitish va isitish moslamalari va boshqalar kiradi Avtomobil asosiy qismlari. Dvigatel, shassi va kuzovdan iborat Avtomobil shassisi transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmini o‘z ichiga oladi. SHassiga kuzov o‘rnatiladi. Download 20.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling