Ma’ruza 1 kirish
Elektr energiyani aktiv usulda iqtisod qilish
Download 0.91 Mb.
|
Ma’ruza 1 kirish kirish. E
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konveyer va nasoslarda energiya auditi
Elektr energiyani aktiv usulda iqtisod qilish
Elektr energiyani aktiv iqtisod qilish passiv iqtisod qilishdan farqi shundaki bu jarayon qo‘shimcha texnik vosita va moslamalar yordamida ishlab chiqarish qurilma va mashinalarda elektr energiyadan yanada samarali foydalanish imkonini yaratishdan iboratdir. O‘z navbatida elektr energiyadan aktiv iqtisod qilish elektr yuritmalardagi yuklanishlarni rostlash, optimal boshqarish va salt yurishni chegaralash kabi vazifalarni qo‘shimcha texnik vositalar yordamida bajarishga bo‘linadi. Bundan tashqari ishlab chiqarish qurilma va mashinalarning tezligi rostlanmaydigan elektr yuritmalarini tezliklari rostlanuvchi elektr yuritmalar bilan almashtirish elektr energiyani aktiv iqtisod qilish asosini tashkil etadi. Tezligi rostlanadigan va rostlanmaydigan elektr yuritmalarning energetik ko‘rsatkichlari yuklanganlik darajasiga qarab optimallashtiruvchi texnik vositalar yordamida elektr energiyani iqtisod qilish aloxida bir yo‘nalish bo‘lib, bu sohada keng imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Mavjud ishlab turgan motorlarni energiya tejamkor motorlarga almashtirilib, elektr yuritmaning boshqaruv qismini o‘zgartirmagan holda ishlatish natijasida energiya tejash mumkin. Konveyer va nasoslarda energiya auditi Qurilishda, konchilik ishlarida va shuningdek sanoatning boshqa sohalarida lentali konveyerlar sochiluvchi, donali va bo‘lakli materiallarni gorizontal va burchak ostida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda juda keng qo‘llaniladi. Bu qurilmalarda asosan 4A rusumli uch fazali rotori qisqa tutashtirilgan va faza rotorli asinxron motorlar ko‘llaniladi, ularning quvati bir necha yuz kVt gacha boradi. . Ko‘p yuritmali konveyerlarda yukori sirpanishli yoki faza rotorli, og‘ir ishlab chiqarish rejimida ishlaydigan konveyerlarda ishga tushirish momenti katta bo‘ladigan asinxron motorlar qo‘llaniladi. Konveyerlarni ishga tushirishda statik moment va inersiya momentlarining kattaligi va shular asosida o‘tish jarayoni vaqti uzayib ketishi natijasida motor chulg‘ami qiznb ketishi mumkin. Ishga tushirish vaqtida elektr energiyadan ratsional foydalanish maqsadida kuchlanishni pog‘onali rostlash qo‘llaniladi. Konveyerni ishga tushirish va tormozlash rejimlarida elektr energiya sarfini kamaytirish elektryuritma inersiya momentini kamaytirish, hamda bir motorni ikkita yarim quvvatiga teng motorlar bilan almashtirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishda turli rusumli va konstruksiyali nasos qurilmalar juda keng qo‘llaniladi. Ularning elektryuritmalari asinxron va sinxron motorlardan iborat bo‘lib, quvvati bir necha yuz vattdan to ming kilovattgachadir. Porshenli nasos eritma nasoslar suvoq materiallarini transportirovka qilish va suvoq ishlarini mexanizatsiyalashda qo‘llaniladi. Avtomatli uzgichlarni qo‘llash eritma bosimi oshishi vaqtida elektr energiya sarfini oshib ketishini cheklaydi. Bo‘yash jarayonlarini mexanizatsiyalashda bo‘yoqchi stansiyalar va elektr bo‘yash pultlari qo‘llaniladi. Qum, maydalangan granit va boshqa tog‘ jinslarini suv bilan birga transportirovka qilishda R rusumli so‘ruvchi nasoslar qo‘llaniladi. Bundan tashqari har xil quvvatdagi suv nasoslari keng qo‘llaniladi. Nasos qurilmalarida elektr energiyann tejash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 1. Nasoslarni maksimal yuklanganligiga elektr energiyaning eng kam solishtirma qiymati to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda nasoslarni yuklanishini oshirish kerak. Agar suv o‘tkazgichning tavsifi nasos pasporti ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri kelmasa nasosni almashtirish kerak bo‘ladi. 2. Kam ish unumli nasoslarni yukori ish unumli va FIK yuqori bo‘lganlari bilan almashtirish kerak. Bunda elektr energiyaning iqtisodi hisobi quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu erda H,Q – nasos bosimi (m) va ish unumi (m3/soat), t – yil davomida nasosning ishlagan vaqti (soat), motorning, yangi va almashtirilgan nasosning f. I. K. lari. Misol: F. I. K. bo‘lgan nasosni bo‘lgan nasos bilan almashtirilganda elektr energiyadan qilinadigan iqtisodni hisoblang. N = 20,5m, Q = 18 m3/s, , t = 2100 soat 3. Nasoslarga ishchi g‘ildirak va yangi zichlagichlar o‘rnatish hisobiga uning F.I.K. ni pasportida keltirilagan darajaga keltirish. Bu tadbir natijasida elektr energiyadan iqtisod qilish quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bu erda N – shu rejimda ishlayotgan nasos hosil qilgan bosim, shu ish rejimida ishlayotgan motor va nasosning F.I. K. pari. 4.Nasosning ishlash holatini texnologik jarayonidan kelib chiqqan holda talab qilinayotgan suv miqdoriga qarab rostlash. Iqtisodiy nuqtai nazardan nasoslar sonini va ularning motorlari tezliklarini rostlash eng makbulidir. Zadvijkalar yordamida nasoslarning ish unumini rostlash nasos motorlarida elektr energiya isrofining oshishiga olib keladi. 5. Tezliklari rostlanmaydigan nosos qurilmalaridagi motorlarning tarmoqdan olayotgan reaktiv quvvatini yuklanganlik darajasiga qarab rostlash elektr energiyadan samarali foydalanishning asosiy tadbirlaridan biridir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling