Ma’ruza 1: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram ertaliklar
Download 20.38 Kb.
|
MT-1
Ma’ruza 1:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram ertaliklar Bog‘chaning bayram va qiziqarli ko‘ngil ochar soatlari – bolalarni tarbiyalash bosqichida muxim estetik va emotsional ruxdagi o‘quv ishlarini kamrab oluvchi tarbiyaviy jarayondir. Bu jarayon insonlarga ko‘tarinki, bayramona kayfiyat ulashib, ularni o‘zaro birlashtiradi. Bolalar bog‘chasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar va tadbirlar bolalarda go‘zallik xisini uyg‘otadi. Badiiy musiqiy-adabiy materiallar, turli saxna kurinishlari, liboslar, rang-barang dizayn ko‘rinishlari maktabgacha yoshdagi bolalarni shakllanishida go‘zallik tuyg‘usini uyg‘otishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bolalar bog‘chasini o‘rab turgan go‘zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi1. Bayramlar va o‘yin-kulgiga boy bo‘lgan tadbirlarni tashkillashtirish bolalarda ma'naviy ta'limni shakllantiradi: ular xayotiy jarayonlarni birlashtiradi, xamda kollektiv asoslarini tarbiyalaydi; folklor, qo‘shiq, she’rlar yordamida Vatan, ona tabiat, mexnat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi. Ushbu ko‘ngilochar bayramlarda ishtirok etish maktabgacha yoshdagi bolalarda intizom va xulq madaniyatini rivojlantiradi. Bolalar turli Qo‘shiqlar, she'rlar va raqslarni o‘rganish jarayonida Vatan, tabiat, turli millatlar haqida yangi ma’lumotlarni bilib oladilar. Bu ularning aqliy qirralarini, xotira, talaffuz, tasavvur va ruhiyatni rivojlanishiga xizmat qilmoqdi. Bolalarning qo‘shiq kuylashi, o‘yinlar o‘ynashi, raqslardagi ishtiroki ularning jismoniy rivojlanishiga, xarakatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bolalarga quvnoq kayfiyatni ulashish, bayramona madaniyatni shakllantirish MTM tadbirlarining asosiy vazifalaridan biridir. Har bir bayramning asosida bolalarga etkazib bera oladigan ma’lum fikr yotadi. Misol uchun, 1 sentyabr Mustaqillik kuni, “Navro‘z”bayrami, va xokazo. Bu g‘oya tadbirning barcha mazmunini ochib berishi kerak. Uni qo‘shiq, she’r, musiqa, raqs, namoyishlar va saxna bezaklari orqali ochib berish mumkin. MTMning bayram va ko‘ngilochar tadbirlari bolaning yangi iste’dod va qobiliyatlarini kashf etish imkonini beradi. Bu tadbirlar bolalarning yutuqlarini ko‘rsatib beradi, bundan tashqari, bayramlar va ko‘ngilochar tadbirlar bolalarning kelgusi rivojlanishida yangi taassurotlar manbaasi xisoblanadi. MTMlardagi bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish - murakkab va juda muhim ishdir. Bayram ertaliklari dasturi va ssenariysini tuzishda qiziqarli tanlovlar va viktorinalardan foydalanilsa, va bu vazifa eng yaxshi tajribali pedagoglarga yuklatilsa, tadbirni samarali o‘tishi kafolatlanadi. Bayram ertaliklari taassurotlar turli ba'zan bolalarda parishonxotirlikka olib kelishi mumkin. SHuning uchun zal bayramdan oldin bezatilishi lozim, bolalar uni ko‘rishlari va repetitsiya qilishlari mumkin. Bu tayyorgarlik repetitsiyasida bolalar kostyumlarni kiyib qatnashishlari yaxshi bo‘ladi, ular kostyumlarda erkin xarakat qila olish ko‘nikmasi shakllanadi. Bayram ertaliklarida individual va guruhiy chiqishlar bolalarga zavq shavq keltiradi. Bolalarda charchash xissini kamaytirish uchun faoliyat turini tez-tez o‘zgartirish kerak. Bu maqsadlar uchun, bayram ertaliklarida o‘yinlar va namoyishlardan foydalaniladi. Ular bolalarga dam olish va erkin harakat qilish imkonini beradi. Hechbir bayram ertaliklari sovg‘alarsiz yakunlanmaydi. Sovg‘alar o‘z ichiga olishi mumkin: o‘yinchoqlar, multfilmlar yozilgan disklar, shirinliklar. MTMlardagi bayram ertaliklari - bola hayotining muhim qismidir. Bu bir quvonchli voqea hisoblanib, bolaga dam olish o‘yin-kulgi qilish imkonini beradi va shu bilan birga, ma'naviy boyitadi, ijodga rag‘batlantiradi. Ayniqsa bolalarning ota onalari va yaqinlarining bayramlarda qatnashishi ularni juda quvontiradi. Ularning ko‘zlaridan ota onalari, buva va buvilari yonlarida ekanligi bilinib turadi. Ota onalarni bayramlarga etiborini tortish, xamda ularning ishtiroki bog‘chaning yana bir asosiy vazifasi xisoblanadi. Bu esa bolalarni kattalar bilan mulokatni amalga oshirishni rivojlantirishda katta axamiyatga ega. 1Хасанбоева.О.У.Мактабгача таълим педагогикаси. Илм зиё.Т.:2011.112-б. Download 20.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling