Ma’ruza 1 ma’ruza mavzusi liniyali punktlarni boshqarish hamda zaxira boshqaruv apparatlari
Download 120.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-MA\'RUZA
1.2. Zaxira boshqaruv apparatlari
Zaxira boshqaruv qurilmalarining qo‘llanilishining kerakligi oldingi paragraflarda asoslab berildi. Zaxira boshqaruv qurilmalari yordamida elektr markazlashgan obyektlarni boshqarish amalga oshirilishi lozim ekan, u holda bu qurilmaning konstruksiyasi, kichik stansiyalar elektr markazlashtirilgan boshqaruv qurilmalaridan farq qilmog‘i lozim. Asosan (UP1, UP2) turidagi nuqtali pult-tablolar qo‘llanishi mumkin, yoki (PPNB, PPNBM) turidagi mozaik tabloning asosiy farqlari quyidagicha: -dispetcherlik boshqaruvidagi barcha stansiyalar pult-tablosida zaxira boshqaruv kalitlari uchun qulflar o‘rnatilgan; -mavsumiy boshqaruvga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan stansiya pult tablolarida, har bir peregonga jo‘natish uchun ruxsat beruvchi indikatsiya qurilmalari ko‘zda tutilgan. Stansiya navbatchisining strelka signali hamda boshqa stansiya obyektlarini boshqarish tartibi, zaxira boshqaruv pult-tablosida kichik markazlashtirilgan stansiyalarning pult tablosi harakati tartibi bilan o‘xshash bo’ladi. SKM zaxira boshqaruv qurilmasi va unda ishlash tartibi markaziy marshrutli boshqaruv turidagi apparatlaridan farq qilmaydi. Zaxira boshqaruv pultida me’yoriy holatda plombalangan fiksatsiyali tugmalar mavjudligi bilan farq qiladi xolos. Shu tugmani bosilishi bilan zaxira boshqaruviga o‘tiladi, uni o‘ziga tortish bilan esa markaziy boshqaruvga qaytiladi. Zaxira boshqaruviga o‘tish va uni bekor qilish kodli qurilmaga maxsus TB signalini yuborish bilan bajarilishi mumkin RU – ruxsat signalini yuborish va ORU – zaxira boshqaruvini bekor qilish, uzoqda joylashgan rayonlarda harakat hajmi shunchalik o‘sadiki, uning o‘z vaqtida bajarilishi uchun bu ishga stansiya navbatchisini ham jalb etish talab etiladi. Zaxira boshqaruvini amalga oshirish uchun stansiyada zaxira boshqaruvi pulti o‘rnatiladi. Stansiya navbatchisi, DNS dan telefon orqali buyruq olgandan so‘ng, pult ishiga maxsus kalitni tiqadi va uni burab EM qurilmasini kodli qurilmadan o‘chiradi va ularni zaxira boshqaruv pultiga signal va boshqa stansiya obyektlari o‘tkazgichlarining keyingi boshqaruvlari bajariladi. Stansiyani zaxira boshqaruvidan dispetcherlik boshqaruviga o‘tkazish uchun stansiya navbatchisi pult ishidan kalitni sug‘irib olishi lozim. Stansiyada manyovr ishlari hajmi uncha katta bo‘lmasayu, lekin poyezd dispetcherining poyezd ishlari ko‘p bo‘lgani sababli u ish bilan shug‘ullanishga imkoni bo‘lmagan holda, mahalliy boshqaruv tizimiga o‘tkaziladi. Bu qoida bo‘yicha firma hamda tarqatuvchi poyezdlar bilan o‘tkaziladigan manyovr ishlari bilan bog‘liq. Bunday manyovr ishlarini bajarish uchun, bir nechta strelka yoki bir gorlovinaning barcha strelkalari mahalliy boshqaruvga o‘tkaziladi. Boshqaruv organiga ta’sir, mahalliy boshqaruv qurilmasining maxsus kaliti yordamida amalga oshiriladi. Bu manyovr kalonkasi qulfida saqlanadi. Strelkalarni mahalliy boshqaruvga o‘tkazish uchun, DNS kodli qurilmalar yordamida liniyadagi stansiyaga strelkalarni boshqarish sxemalarini yo‘l yashigida joylashgan kodli qurilmalardan komandalar manbayiga ulashga ruxsat etuvchi komandani jo’natishni ta’minlamog‘i lozim. Buning teskarisi esa avtomatik ravishda, ya’ni mahalliy boshqaruv kalitini manyovr qulfi teshigiga tiqib keyingi aylantirilishida va qaytarilishida amalga oshiriladi. Download 120.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling