Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari


Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog


Download 1.47 Mb.
bet2/11
Sana24.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1062606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-маъруза (3)

Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog’i xisoblanadi.

Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.

Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi.


Internet- provayderlarning strukturasi.
Lokal tarmoq

3. Tarmoqning dasturiy ta’minoti.

Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.

- Fayl-server;

- mijoz-server.

Internetning tarixi

Internе́t (ingl. Internet) — axborotni saqlash va uzatish uchun mo’ljallangan Butunjaxon umumlashtirilgan kompyuter to’ridir. Ko’pincha Umumjaxon to’ri yoki Global to’r deb nomlanadi. Uning asosida Butunjaxon o’rgimchak to’ri (World Wide Web, WWW) va boshqa aloqa sistemalari faoliyat yuritadi. 2012 yilning 30 iyuniga kelib Er shari aholisining Internetdan foydalanuvchilari soni 2,4 mlrd. dan oshib ketdi.

1957 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Erning birinchi sun’iy yo’ldoshi fazoga chiqarilganidan so’ng AQSh mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli sistemasiga muhtojligini sezdi. Mudofaa yo’nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi agentligiga (DARPA) AQSh xukumati tomonidan kompyuterlar tarmog’ini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los-Andjeles), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Universitetga (Santa-Barbara) yuklatildi. Kompyuter to’ri ARPANET (ingl. Advanced Research Projects Agency Network) deb nomlandi va 1969 yilda mazkur tarmoq orqali dastur doirasiga kiruvchi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta ilmiy maskan birlashtirildi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling