Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari


Download 1.31 Mb.
bet11/12
Sana01.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1317227
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-маъруза

«Passiv yulduz» topologiyasi

«Halqa» topologiyasi.

«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalning so‘nish muammosi bo‘lmaydi.

Boshqa topologiyalar.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topologiyani bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo‘lgan deb qarash mumkin. «Yulduz» topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy va passiv topologiya bo‘lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir necha aloqa yo‘llarining birlashgan markazida — markaziy kompyuterlar, «Passiv daraxt» holatida esa, konsentratorlar (xablar) joylashgandir.

«Aktiv daraxt» topologiyasi.

Passiv daraxt» topologiyasi. K — konsentrator.

«Yulduz»—«Shina» topologiyasiga misol.

«Yulduz»-«Halqa» topologiyasi.

Topologiya tushunchasining ko‘p ma’noliligi.

Tarmoq topologiyasi kompyuterlarning faqat jismoniy o‘rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik darajasini, tarmoq qurilmalarining murakkablik darajasini, axborot almashish usullarining qaysi biri mos tushishini, foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot uzatish vositalari (aloqa yo‘li), tarmoqning ruxsat etilgan o‘lchami (abonentlar soni va aloqa yolining uzunligi), elektr energiyasini moslash va boshqa ko‘p masalalarni aniqlab beradi.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling