Iqtisodiyot ‘‘ Fakulteti iqtisodiyot (tarmoqlari va sohalari) yo’nalishi


Download 163.8 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi163.8 Kb.
#1798413
  1   2   3
Bog'liq
13-mavzu institutlarning rivojlanish evolyutsiyasi reja Institu-fayllar.org





TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
‘‘ IQTISODIYOT ‘‘
Fakulteti
IQTISODIYOT (tarmoqlari va sohalari) yo’nalishi
‘‘INSTUTSIONAL IQTISODIYOT ‘‘ fanidan

MUSTAQIL ISHI
MAVZU: INSTITUTLARNING RIVOJLANISH EVOLYUTSIYASI
Bajardi: Nig’matilayev Farhod
Qabul qildi:_________________
TOSHKENT – 2023

Reja: 
1.  Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari 
2.  Institutlar rivojlanishining avvalgi harakat yo’nalishiga bog’liqligi 
3. Institutlar o’zgarishini mafkura nazariyasi asosida izohlash



1. Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari 
Institutlar rivojlanishining evolyutsion varianti norasmiy institutlarni ochiqligini ta‟minlash, ya‟ni ularning asosida yotuvchi normalarga qonun kuchini berish va ushbu institutlarni rasmiy doiralarga aylantirishdan iborat. Bunday o‟zgarishlar evolyutsion yoki genetik rivojlanish deb ataladi. U shuni nazarda tutadiki, yangi rasmiy institutlar bo‟sh joyda emas, balki mavjud norasmiy institutlar shaklini o‟zgartirish jarayonida paydo bo‟ladi. Rasmiy institutlarning rivojlanishi norasmiy doiralar darajasida yuzaga kelgan tendentsiyalarni qaytadan tiklaydi. Institutsional rivojlanishning evolyutsion variantiga misol tariqasida O‟zbekistonda
mustaqillik yillarida qayta tiklangan navro‟z bayrami institutini ko‟rsatish mumkin.
Institutlar insonlar xatti-harakatini tartibga soladi, ular faoliyatining barqaror bo‟lishini ta‟minlaydi. Lekin insonlar faoliyati va umuman iqtisodiyotning barqarorligini ta‟minlash uchun institutlarning o’zlari o’zgarishi kerak. O’zgarishlar uncha katta bo‟lmagan miqdorda
ko‟paytirish yo‟li bilan asta-sekin va tub o‟zgartirishlar orqali bir lahzada yuz berishi mumkin.
T.Veblenning fikriga ko‟ra, institutlardagi o‟zgarishlarga insonning hayotga mos ijodiy faoliyat yuritishga moyilligi, eskiga tafakkurni o‟zgartiruvchi ilmiy, texnologik, ijtimoiy o‟zgarishlarga olib keluvchi turlicha qarashlar sabab bo‟ladi. O‟zgarishning yana bir sababi – bu
institutlar o‟rtasida turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan va turli madaniy ildizlarga ega bo‟lgan nizolar bo‟lishi mumkin. Y.Shumpeterning fikricha, tadbirkorlarning innovatsion faoliyati, amal qilib turgan institutlarni o‟zgartirishning asosiy omili bo‟lib xizmat qiladi.
Yangiinstitutsional iqtisodiyotda Duglas Nort institutsional o’zgarishlar nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Evolyutsion institutsional o‟zgarishlar nazariyasini R.M.Nureev,
R.I.Kapelyushnikov, A.N.Nesterenko, A.N.Oleynik, A.E.Shastitko, Ya.I.Kuzminov kabi rossiyalik olimlar tadqiq etishgan. Duglas Nort institutsional o‟zgarishlar nazariyasining asosiy
qoidalarini quyidagicha ifodaladi:
1. Institutlar va tashkilotlarning raqobat asosidagi o‟zaro hamkorligi institutsional o‟zgarishlar generatori bo‟lib xizmat qiladi.
2. Raqobat kurashida omon qolish va g‟olib chiqish uchun tashkilot,
firma bilimlarga investitsiya kiritishi kerak. Ushbu bilimlarning xususiyati va yo‟nalishi ishtirokchilarning aqliy salohiyatiga bog‟liq. Iqtisodiy agentlar tomonidan tanlangan bilimlar mavjud institutlarning asta-sekin o‟zgarishiga olib keladi.
3. Individ bilimlarning u mazkur institutsional sharoitlarda
kutayotgan foydalilikning oshishiga olib keluvchi turini va yo‟nalishini egallashdan manfaatdor.
4. Institutlar o‟zgarishlarining katta qismi asta-sekin yuz beradi va «rivojlanishning avvalgi harakat yo‟nalishi samarasi» ta‟siriga duchor bo’ladi. Ushbu samara yuzaga kelishining asosiy sabablari – mavjud institutlarning yaqin o‟zaro hamkorligini nazarda tutuvchi tashqi
ta‟sirlarning mavjudligi, institutlarning o‟zaro bog‟liqligi, ko‟lamning ijobiy ta‟siri deb hisoblash mumkin.


Download 163.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling