Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari


Download 30.81 Kb.
bet10/12
Sana07.11.2023
Hajmi30.81 Kb.
#1753055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-маъруза

Mijoz va server orasidagi muloqotni qaydnomalar amalga oshiradi. Mijoz programma mijoz va server uchun bir xil bo’lgan amaliy programma qaydnomasiga o’tkazadi va uni uzatishni ta’minlovchi qaydnomalar orqali serverga uzatadi. Server esa mijoz so’rovini qabul qilib, mos qaydnoma orqali tegishli ma’lumot va resurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz kompyuterga jo’natadi. WWW bilan bog’liq bo’lgan savollar tahlilida ham ko’pincha ikkita so’z mijoz va server ko’p ishlatiladi. Mijoz server texnologiyasi WWW da ham keng foydalaniladi. Server programmasi Internetning har bir xost kompyuterlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.

HTTP protokoli

Tarmoq topologiyasi.

Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‘yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo‘lmasa-da, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklariga egadir.

«Shina» topologiyasi.

«Shina» topologiyasi o‘z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo‘lishini va barcha abonentlar teng huquqliligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo‘li bitta. Aks holda, uzatilayotgan axborot ustma-ust bo‘lishi natijasida o‘zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o‘zida emas, navbat bilan ikki yo‘nalishda ham amalga oshiriladi.

Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash.

«Yulduz» topologiyasi

«Yulduz» — bu markazi aniq mavjud topologiya bo‘lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‘rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nisbatan keskin ko‘p bo‘ladi. Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so‘z ham yuritib o‘tirilmaydi. Odatda, aynan markaziy kompyuter eng ko‘p quvvatga ega bo‘ladi, sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi. «Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o‘rin yo‘q.


Download 30.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling