Ma’ruza 1-Mavzu. Mikroto‘lqin va antenna qurilmalarifaniga kirish Reja
Download 31.46 Kb.
|
1-маъруза
Uzatuvchi antenna foydali signal bilan modulyasiyalangan yuqori chastotali tebranishning erkin tarqaluvchi elektromagnit to‘lqinga aylantiradi.
Qabul qiluvchi antenna elektromagnit to‘lqinlarni qabul qiladi va yuqori chastotali tebranishlarga aylantiradi. Antennalarni shartli ravishda to‘rtta katta guruhga bo‘lish mumkin: 1. Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi nurlatgichlar: l ≤ λ; f = 10 kGs…1 GGs. Masalan: tirqishdan yasalgan yakka tebratgichli nurlatgichlar, mikrochiziqli va ramkali antennalar. 2. YUgurma to‘lqin antennalari: l< λ ≤ 10 λ; f = 3 MGs…10 GGs. Masalan: spiral, dielektrik, to‘lqin kanalli (direktorli) antennalar. 3. Antenna panjaralari: λ < l ≤ 100 λ; f = 3 MGs…30 GGs. Masalan: sinfaz gorizontal diapazonli antenna, telemarkazdan uzatuvchi antennalar. 4. Apperturali antennalar (apertura - bu nurlatuvchi sirt): λ < l ≤ 1000 λ; f = 100 MGs…100 GGs. Masalan: ruporli, parabolik antennalar. SHuningdek, ishchi chastota polosasi ham antennaning asosiy tavsifi hisoblanadi. Ishchi chastota polosasining kengligiga ko‘ra antennalar quyidagilarga bo‘linadi: a) tor polosali Δf/f0 < 10 %; b) keng polosali Δf/f0 < 10 …50 %; v) diapazonli Kq = 2…5 (fimax/fimin=2…5); g) chastotaga bog‘lik bo‘lmagan Kq > 5; bunda, Δf - ishchi chastota polosasi; f0- eltuvchi yoki o‘rtacha chastota; Kq - chastota bo‘yicha qamrash koeffitsienti. Antenna yordamida nurlatilgan elektromagnit maydonni hisoblashda antennani cheksiz elementar nurlatgichlar yoki manbalar ko‘rinishda qarash mumkin: - o‘tkazgichli antenna bo‘lgan holatda elementar elektr tebratgich elementar manba hisoblanadi; - tirqishli antennalarda elementar magnit nurlatgich elementar manba hisoblanadi; -apertur antennalarda - Gyuygens elementi elementar manba hisoblanadi (to‘lqin frontining cheksiz kichik elementlari). Radioto‘lqinlarning muhim xarakteristikalaridan biri uning qutblanishi hisoblanadi. Qutblanish turlari yuqori chastotaning bir davrida E vektorning oxiri hosil qilgan shaklga qarab aniqlanadi. Agar E vektor fazoning berilgan nuqtasida tebranishning bir davri oralig‘ida to‘g‘ri chiziq hosil qilsa, chiziqli qutblanish; agar ellips hosil qilsa, ellipsli qutblanish; agar aylana hosil qilsa, doiraviy qutblanish deb ataladi. Download 31.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling