Ma’ruza 1-Mavzu. Mikroto‘lqin va antenna qurilmalarifaniga kirish Reja


Download 31.46 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi31.46 Kb.
#1012848
  1   2   3
Bog'liq
1-маъруза


Ma’ruza 1.


1-Mavzu. Mikroto‘lqin va antenna qurilmalarifaniga kirish


Reja:
1. «Mikroto‘lqin va antenna qurilmalari» fanining maqsadi va vazifalari.
2. Antennalarni sinflanishi, chastota diapazoni bo‘yicha guruhlanishi.
Mikroto‘lqin va antenna qurilmalari fanining maqsadi va vazifalari
Ixtiyoriy turdagi axborot uzatuvchi radioliniya boshi va oxiri antenna bilan ta’minlangan uzatgich va qabul qilgichdan tashkil topadi. Uzatuvchi antenna uzatgichdagi elektr signallarni radioto‘lqin shaklida nurlatadi. Qabul qiluvchi antenna esa radioto‘lqinlarni qabul qiladi va elektr signali ko‘rinishida qabul qilgichga etkazib beradi. Antennani uzatgich yoki qabul qilgich bilan birlashtiruvchi uzatish liniyasi fider deb nomlanadi. Antenna – fider qurilmalari radioaloqa liniyasining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Antennaning noto‘g‘ri tanlanishi, radioliniyalardagi nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin. SHu sababli professional radioliniyalarda yo‘naltirlgan antennalardan foydaalnish maqsadga muvofiq. Yo‘naltirilgan antenna nurlatilganda radioto‘lqin energiyasi ma’lum yo‘nalishda uzatiladi. Antennaning yo‘nalganlik darajasi qancha katta bo‘lsa, shuncha kichik quvvatlarda energiya uzatish imkonini beradi. SHuningdek, qabul qiluvchi qurilma kirishidagi signal-halaqit nisbatini oshiradi va uzatgichning kerakli quvvatni kamaytiradi. Yo‘naltirilgan antennalar murakkab va tan narxi qimmat bo‘lgan qurilma hisoblanadi. Biroq ularga sarflangan harajatlar ekspluatatsiya jarayonida o‘zini to‘liq oqlaydi.
Antenna texnikasining rivoji radio taraqqiyoti davrida to‘laligicha antenna qurilmalari nazariyasining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Genrix Gersning elektromagnit maydonning mavjudligini tekshirish borasidagi tajribalari uning elektr dipoli yordamida hosil qilinishi mumkinligi bilan to‘ldirilgan edi. A.S.Popov tomonidan radioning ixtiro qilinishida yaratilgan asosiy elementlardan biri, bu qabul qiluvchi antennaning yaratilishidir. A.S.Popov tomonidan antennaning Gers tebratgichi va qabul qiluvchi kontur bilan takomillashtirilishi radioaloqa liniyasining uzatish masofasini oshirib, aloqa sohasining radiotelegrafiya va radiotexnika yo‘nalishiga asos soldi.
Antenna qurilmalari texnikasi radioning ixtiro qilinishidan boshlab juda murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. YAngi diapazonlarning o‘zlashtirilishi, radiotexnikaning yangi sohalarga tadbiqi eski qurilmalarni takomillashtirish va prinsipial yangi antenna texnikasini yaratish talabini qo‘ydi.

Antenna deb, radioto‘lqinlarni nurlatish yoki qabul qilish uchun mo‘ljallanlangan qurilmaga aytiladi. Antennalar qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, ham qabul qiluvchi, ham uzatuvchi sifatida ishlashi mumkin. Ular bajaradigan vazifasiga ko‘ra qabul qiluvchi, uzatuvchi, qabul qilib-uzatuvchi turlarga bo‘linadi.

Download 31.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling