Ma’ruza №1. Oqsillar tuzilishi, funksiyasi va muhandisligi faniga kirish
Download 22.55 Kb.
|
MA’ruza №1 Oqsillar tuzilishi, funksiyasi va muhandisligi fanig
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glikoproteinlar.
- Fosfoproteinlar.
Murakkab oqsillar
Ular oqsil bo'lmagan komponentlari orqali sinflarga bo'linadilar. L i p o p r o t e i n l a r . Bular oqsillar bilan lipidlarning birikishidan hosil bo’lgan murakkab birikmalardir. Bunday makromolekulalar asosan ko'p miqdorda mitoxondriyalarda. endoplazmatik retikulumda, qon zardobida va sut tarkibida uchraydi. Lipoproteinlarning molekulyar massasi katta bo'lib, million daltonga boradi. Ulardagi oqsillarning gidrofilli, yog' qismining gidrofob xususiyatlari hujayra membranasiga selektiv tanlash usuli orqali ion va moddalami o'tkazish faoliyatini ta'minlaydi. Glikoproteinlar. Ular uglevod bilan oqsillardan tashkil topgan birikmalardir. Glikoproteinlar strukturali oqsillar. Fermentlar membranalardagi retseptorlarning asosini tashkil qiladi. Ayrim hayvonlar tana qismining qobig'ini tashkil qiluvchi kutikula (qisqichbaqa. qo'ng'izlar) ham glikoproteinlardan iborat. Ulardagi uglevod komponenti glikoproteinlarning l-30%gacha massasini tashkil qiladi. Polipeptid zanjirida bir nechta bir qatorli va shoxlangan uglevodlar uchraydi. Uglevodlar asosan glyukoza, mannoza. galaktoza, N-atsetilgalaktozamin. N-atsetilglyukozaminlardan tashkil topgan. Fosfoproteinlar. Bunday murakkab oqsillar tarkibida serin va trioninlardagi gidroksil orqali bog'langan fosfor kislotalari uchraydi. Xromoproteinlar oddiy oqsil va rangli komponentlardan tashkiltopgan murakkab oqsillardir (chromos-yunoncha "bo'yoq" degan manoni, bildiradi). Bunday oqsillar tarkibiga har xil prostetik guruhlar. Jumladan, porfirin, karotin, izoalloksazin hosilalari va boshqalar kiradi. Prostetik guruhining xarakteriga qarab. xromoproteinlar fnoprotein, flavo protein, magniy-porfirinli oqsillarga bo'linadi. Xromoproteinlar fotosintez jarayonida. to'qimalarning nafas olishida oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida. yorug'lik va rangni sezishda faol ishtirok etadi. Gemoproteinlar ichida yaxshi o'rganilgani va muhim ahamiyatga ega bo'lgani qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) tarkibida uchraydigan oqsil-gemoglobindir. Gemoglobin prostetik guruh sifatida protoporfirinning hosilasi -gemni tutadi. Gemoglobin 4 ta gem yadrosi va 2 juft polipeptid zanjiridan iborat globin oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil topgan tetropirol halqasidan iborat. Gem gemoproteinlarning prostetik guruhi bo'lib, o'pka alveolalaridan to’qimalarga kislorod tashishda ishtrok etadi. 1 gr gemoglobin eritmada normal sharoitda 1.36 ml kislorod bilan birikadi. Gemoglobin EO va boshqa gazlar bilan birikadi. Agar xonada o’tin-ko’mirlarning chala yonishidan EO ko’payib ketsa, gemoglobindagi temir atomi bilan kislorod emas, EO gazi birikishi natijasida uning kislorod tashish vazifasi buzilib, shu xonadagi odam is gazi bilan zaharlanishi mumkin. Gemoglobin to'rtta oqsilli subbirlikdan tashkil topib har biri bittadan gem tutadi. Oqsil tarkibidagi birinchi subbirlikka kislorod bog’lanishi billan malekuladagi ionning tutgan orni biroz o’zgaradi. Temir ionining harakati subbirlik tarkibidagi aminokislotalardan tashkil topgan zanjir holatini o'zgartirib. uchlamchi strukturali oqsil oz bo’lsa ham transformatsiyaga uchraydi. Kislorod bilan bog'lanmagan navbatdagi subbirliklar, kislorod bilan bog'langan "qo'shni" subbirlik ta'sirida o’z holatini o'zgartirib kislorod bilan bog'lanadi. Shunday qilib, birinchi subbirlik kislorod bilan bog'langandan so'ng, keyingi subbirliklar tez va osonlikcha kislorod bilan bog'lanadilar.Demak, subbirliklar bir-birlariga "yordam" beradi. Gemoglobin uchun uchlamchi va to'rtlamchi strukturalarning ahamiyat kislorod atomini bog'lashda zarur omildir. Download 22.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling