Ma’ruza 1 Talab qilingan lokomotivlarning ekspluatatsiya qilinayotgan parkini xisoblashning analitik usuli Ma’ruza rejasi
Download 82.79 Kb.
|
Ma`ruza 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- 2. Lokomotivlardan foydalanishning ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralari
- Nazorat savollari
Ma’ruza 1 Talab qilingan lokomotivlarning ekspluatatsiya qilinayotgan parkini xisoblashning analitik usuli Ma’ruza rejasi: 10.1. Lokomotivlardan foydalanish ko‘rsatkichlari. 10.2. Lokomotivlardan foydalanishning ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralari Kalit so‘zlar: Tezlik. Sifat. Hisob−kitoblar. 1. Lokomotivlardan foydalanish ko‘rsatkichlari. Yuk poezdlarini tashish uchun lokomotivlarni ajratish uchun matematik model taklif etamiz. Ushbu modeldagi optimallashtirishning maqsadi poezdlar va lokomotivlarning yo'nalishlarini tanlash orqali poezdlarni tashish uchun foydalaniladigan lokomotivlar sonini minimallashtirishdan iborat. Poezdlarni faqat belgilangan vaqt oralig'ida (poezd yo'llari deb ataladi) o'tkazish mumkinligi taxmin qilinmoqda; har bir lokomotiv temiryo'l uchastkalari deb ataladigan yo'nalishlarga ega. Biz vaqti-vaqti bilan parvarish qilish zarurligini hisobga olamiz. Muammoni shakllantirish uchun grafikalar nazariyasini va integerlarni optimallashtirishdan foydalanamiz. Biz temir yo'lning matematik belgilari, poezd yo'li, poezd yo'nalishi va lokomotiv yo'nalishini taklif qilamiz. Muammoning taxminiy yechimini topib olish uchun intizomiy tadqiqot algoritmi taklif qilinadi. Algoritmning asosiy g'oyasi avval boshlangan lokomotivlarning maksimal darajada ishlatilishi. Algoritm uch bosqichdan iborat. Har bir keyingi bosqichda oldingi bosqichning yechimi yaxshilanadi. Biz hozirgi yechimni yaxshilash uchun lokomotiv o'tkazmalaridan foydalanamiz. Biz modelni optimallashtirish uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqishni tasvirlaymiz. 10.1.rasm. Yuk poezdlarini tashish uchun lokomotivlarni ajratish uchun matematik model1 2. Lokomotivlardan foydalanishning ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralari Lokomotiv deposining ishi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi va moliviy reja asosida amalga oshirilidi. Bu rejalar o‘rnatilgan uzoq muddatli iqtisodiy normativ va limitlarni, lokomotivlardan foydalanish, yoqilg‘i, elektroenergiya, materiallar va ehtiyot qismlarini sarflash me’yorlari, lokomtivlarni ta’mirlash ishlarini mehnattalabligi me’yorlari va h.k. lar asosida ishlab chiqiladi. Depo rejalarida quyidagi ko‘rsatkich va normativlar tasdiqlanadi: Hajmiy (miqdor) ko‘rsatkichlar: 1. Lokomotiv brigadalari xizmat ko‘rsatish uchastkalari chegarasida umumiy brutto tonna-kilometrlar, shu jumladan harakat turlari bo‘yicha (yuk, yo‘lovchi) Manevr ishlarida lokomotiv-soatlar. Xo‘jalik harakatida lokomotiv-soatlar. Ta’mirlov turlari va lokomotivlar seriyasi bo‘yicha lokomotivlar va MVXT seksiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlov dasturlari, shu jumladan boshqa yo‘llar depolari hamda vazirliklar va mahkamalar uchun. 5. Lokomotivlarni aylanish hududida harakatlanuvchi sostavning ekspluatatsiya parki, shu jumladan harakat va ish turlari bo‘yicha (yo‘lovchi, yuk, manevr va xo‘jalik ishlari) . Sifat ko‘rsatkichlari. 1. Mehnat unumdorligi (o‘sish foizi, ta’mirlov ishlari hajmi katta depolar uchun (o‘rtacha muallaq yoki absolyut qiymati)). 2. Tashish ishlari tannarxi. Bndan tashqari, depo uchun tashish bo‘yicha foyda, depo ishlari o‘lchovlarini hisobiy narxlari, tashish bilan bog‘liq xodimlarning ish xaqi fondini o‘sish me’yorlari va b. Miqdor ko‘rsatkilarni hisoblash Lokomotivlarning umumiy yo‘l bosishi (MSumum) chizg‘iy (MSchiz) va shartli (MSshart) lardan jamlanadi. SHunday qilib, ro‘yxatdagi lokomotivlarning umumiy yo‘l bosishi quyidagi formuladan aniqlanadi: MSumum = MSchiz + MSshart , km . Depo poezdlari lokomotivlarining chizg‘iy bosib o‘tgan yo‘li quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi: - bir sutka davomida lok. km ; - bir yil davomida MSyil = 365∙MSsut , lok. km, bunda lbri - lokomotiv brigadalarining i-ish uchastkasi uzunligi; ni - lokomotiv brigadalarining i-ish uchastkasida poezdlar juftliklarining soni; m- olingan aylanish uchastkasida lokomotiv brigadalarining ish uchastkalari soni. SHartli bosib o‘tgan yo‘l deganda, lokomotivlarni yordamchi yo‘l bosib o‘tishi nazarda tutiladi MSshart= MSchiz *, bunda - yuk harakatida shartli bosib o‘tgan yo‘l (itarib yurish (podtalkivanie), qoldiqsiz tortuv, yakka yurish) koeffitsienti 0 dan 10% gacha olinadi. SHunday qilib, ro‘yxatdagi lokomotivlarning umumiy yo‘l bosishi quyidagi formuladan topiladi: MSumum = MSchiz + MSshart , km. Lokomotivning to‘liq aylanishi asosiy depo nazorat punkti (NP) ga lokomotivni berish vaqtidan to aynan shu NP ga qayta uzatishgacha bo‘lgan vaqt) quyidagi ifodadan topiladi: Lokomotivlarga zarurat koeffitsienti K =Tp/24. Ekspluatatsiyadagi lokomotivlarni zaruriy parki quyidagidan aniqlanadi: Me=K*p, bunda n – poezdlar juftliklari soni. Sifat ko‘rsatkichlarini hisoblash Lokomotivlarning bir sutkada o‘rtacha yo‘l bosish miqdori (km/sutka) quyidagi ifodadan aniqlanadi: Lokomotivning bir sutkalik o‘rtacha ish unumdorligi Ps= Q6p*Sc(1-) , tkm br/ sutka. Bir sutkada lokomotiv bajargan foydali ish hajmi: -faqat harakat jarayonida Rhj= Sc/ Vt; -foydali ishga sarflangan umumiy vaqt Ro= Sc/ Vu. Aylanish uchastkasida bajarilgan tashish ishlari tkm bruttoda teng: bir yilda o‘rtacha hisobda Ayil = Q6p ∙MSyil; bir sutkada o‘rtacha hisobda Asut = Q6p ∙MSsut , bunda Qbr- yuk sostavi massasi, t brutto. Harakat tezliklari YUrish tezligi vx – bu lokomotiv (poezd)ning peregon yoki L uchastkada oraliq stansiyalarda turish vaqti Tst, oraliq stansiyalardan hamda tezlik chegaralangan joylardan o‘tishda to‘xtash va o‘tishda tezlanish va sekinlashish tV3 lar hisobga olinmagan harakat tezligi: Vx=L/|tu-Σ(tst+trz)|. Texnik tezlik vT — bu stansiyalarda turish vaqti hisobga olinmagan, ammo to‘xtash joylarida tezlanish va sekinlashishga, tezlik chegaralangan hollarda, hamda harakat grafikida ko‘rsatilmagan to‘xtashlarga sarflangan vaqt e’tiborga olinmagan o‘rtacha harakat tezligi tst: Vt=L/(tu-tst). Uchastka tezligi vy — uchastka stansiyalari orasidagi o‘rtacha harakat tezligi: Vu=L/tu , bunda L — ko‘rilayotgan uchastka uzunligi, km; ty — poezd (lokomotivni) uchastkada bo‘lishining umumiy vaqti (harakat vaqtida va barcha turish joylarida), s. Uchastka tezliklarini ortishi lokomotiv brigadalar ish unumdorligini ko‘tarilishiga, temir yo‘l liniyalarini o‘tkazish qobiliyatini ortishiga, lokomotivlarning bir qismini bo‘shatilishi hisobiga mablag‘ sarflarini kamayishiga olib keladi. Ko‘rsatkichlar rejalanishida va poezd lokomotivlaridan foydalanish darajasini baholashda mashinist marshrutlarining yozma ma’lumotlari asosida tuziladigan hisobot ma’lumotlari bo‘yicha ham harakat tezliklarini aniqlash mumkin. Uchastka tezligi koeffitsienti yy = vy/vT temir yo‘l liniyasining jihozlanganligi va poezdlar harakatini tashkillashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. uu koeffitsientini ortishiga poezdlarni to‘xtamasdan yurish uchastkalarini uzaytirish, oraliq stansiyalarida to‘xtashlar soni va davomiyligini qisqartirish orqali erishiladi. Nazorat savollari 1. Qanday ko‘rsatkichlar miqdoriylarga kiradi? 2. Qanday ko‘rsatkichlar sifat ko‘rsatkichlariga kiradi? 3. Hisoblashlarda qanday tezliklardan foydalaniladi? 11 McGuirk, Marty. The Model Railroader's Guide to Locomotive Servicing Terminals: Modeling Servicing Facilities & Operations on Any Layout. Kalmbach Publishing Co ,U.S. 2003.р 65-67 Download 82.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling