Ma’ruza №1 Tekstil ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan modda va materiallarning yong‘in xavfi, Reja


Download 30.57 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi30.57 Kb.
#1261035
Bog'liq
1 мавзу


MA’RUZA № 1
Tekstil ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan modda va materiallarning yong‘in xavfi,
Reja:
1. Yengil sanoatdagi asosiy ishlab chiqarish korxonalari.
Yengil sanoatdagi tekstil ishlab chiqarish korxonalari, ularning yong’in xavfi va xavfsizlik chora- tadbirlari.


Yengil sanoatda asosiy tekstil, tola ishlab chiqaruvchi, ip-yigiruv, kiyim-kechak tikish, trikotaj, poyabzal va charm-teri mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Bu korxonalar asosan alohida binolarga, atelye, sex yoki maishiy xizmat kompleksi tarkibiga kiritilgan holda joylashtiriladi.
Korxona tarkibiga quyidagilar kiradi: Ishlab chiqarish xonalari, tayyorlash sexi, to’qish, bichish, tikish sexlari (uchastkalar), nam-issiq ishlov berish, ishlov materiallarni tayyorlash, ishlovlarni ta’mirlash va yangilash, yarim tayyor xomashyolarni tayyorlash sexlari.
Yordamchi xonalar tarkibiga – tajriba sexi, sinov laboratoriyasi, dispetcherlik, mexanik-ta’mirlash va duradgorlik sexlari, turli ustaxonalar, yong’in o’chirish nasosxonasi, elektr shitxona, furnitura, xomashyo va tayyor mahsulot omborlari. Shu bilan birgalikda mehmonlarni qabul qilish saloni va ko’rgazma zallari mavjud bo’ladi.
Tekstil sanoati ip-gazlama ishlab chiqarishning asosiy yetakchi tarmog’i hisoblanadi. Bu sohaning mahsulotlari – ip-gazlamalar so’nggi yillarda katta talab asosida ishlab chiqarilmoqda. Aholini ip-gazlama matolariga bo’lgan ehtiyojini o’sib borayotganligini qondirish maqsadida bir qator yangi korxonalar ishga tushirilmoqda. Bu esa o’z o’rnida avvalam bor paxtani qayta ishlash va tekstil korxonalarini ishlab chiqarishning zamon talabidagi yangi texnologiyalari bilan, ish unumdorligini oshirish, shart-sharoitlarni yaxshilash va eng asosiysi korxonalarni yangi asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan bog’liq. Paxta tolasi o’ziga xos bir qator foydali xususiyatlarga ega, bu esa yuqori sifatli ip-gazlama matolari, kalava-ip, trikotaj va boshqa mahsulotlarni olish imkonini beradi.


Tabiiy tola – bu eng keng tarqalgan tabiiy holdagi o’simlik tolasi. U paxtani qayta ishlash korxonalarida paxta tolasidan olinadi. Paxta tolasi chigitdan maxsus texnologiya orqali ajratib olingandan so’ng tashishni yengillashtirish uchun og’irligi 160-220 kg bo’lgan kip usulida presslanadi.
Yetilgan paxta tolasi yupqa sellyuloza devorli kanalchali quvurchalar ko’rinishiga ega bo’ladi. Kanallarda qurib qolgan protoplazma qoldiqlari va havo bo’ladi. Tola tashqarisi yupqa qatlamdan iborat bo’lib, uning tarkibiga o’simlik, jonivor moylari va mum kiradi. Bu moddalar tolaning ho’llanishini qiyinlashtiradi.
Paxta tolasi kimyoviy-tarkibiga ko’ra quyidagi moddalardan tashkil topgan: sellyuloza- 94,5 %, oqsil- 1,2 %, mumsimon moddalar – 0,3-0,6 %, pektinlar – 1,2 %, chiqindi (is, kuya)-1,14 % va boshqa moddalar-1,36 %.
Paxta, yonuvchi tolasimon yengil alangalanuvchi material (modda), yondirish manbaidan uzoq vaqt cho’g’lanib yonish xossasiga ega va bunda yonish natijasida hosil bo’lgan gazsimon moddalarni o’ziga yutadi. Alangalanish harorati-2100S; o’z-o’zidan yonish harorati-4070S; o’z-o’zidan qizish harorati-600S; paxta changining havodagi miqdori 44-90 g/m3 bo’lganda portlovchan muhit; chang miqdori 395 g/m3 bo’lganda portlash natijasida hosil bo’ladigan maksimal bosim 630 kPa teng bo’ladi; bosim oshishining tezligi 12,9-17,5 MPa/s; minimal yondirish energiyasi 25 mDj. Paxta azot va sulfat kislotasi hamda oksidlovchilar bilan ta’sirlashganda o’z-o’zidan yonishga layoqatlidir. Paxtaga tekkan o’simlik yog’lari yengil oksidlanadi va uning o’z-o’zidan alangalanishiga olib keladi.
To’zitilgan paxta chiqindisining yonib tugash tezligi tajriba yo’li bilan aniqlangan. Chiqindining eng katta yonib tugash tezligi birinchi 5 daqiqada bo’lib, bu tezlik 30 kg/(m2*soat) yetgan. 5 daqiqadan so’ng chiqindini yonib tugash tezligi bir tekisda kamayib borgan va 20 daqiqaning so’ngida o’rtacha hisobda tezlik 10 kg/(m2*soat)ga teng bo’lgan. Tajriba shuni ko’rsatdiki, yonish mahsulotlarini chiqarib yuborish uchun shaxta kesishmasining o’sishi chiqindining yonib tugash tezligini ortib borishiga olib keladi. Tajriba davomida o’rtacha yonib tugash tezligi 15 kg/(m2*soat)ga teng bo’lgan. Yonish mahsulotining konsentrasiyasi xonadagi gaz almashinuviga bog’liq. Ortiqcha havo koeffisiyenti 9,6 bo’lganda tajribaning boshlang’ich 2-daqiqasidan so’ng shaxtadagi gazlarning konsentrasiyasi: azot 78,9 %, kislorod 19 %, karbonat angidrid 1,7 %, uglerod oksidi 0,4 % tashkil qilgan. Omborxonalardagi presslanib toy paxta (kip) holatiga keltirilgan va shtabel usulida taxlangan paxtalar yonganda 5-7 daqiqa ichida olov birinchi bo’lib shtabellarni ustki yuza qismini qamrab oladi, so’ng asta sekinlik bilan ichki qismiga kirib boradi. Buning natijasida to’liq yonish yuz bermaganligi tufayli katta miqdorda zaharli tutun ajrab chiqadi. Toy paxta (kip) to’liq yonmasligi havoni kirmaganligi tufayli sodir bo’ladi va bunday holatda yonish bir necha soatlab, hatto sutkalab davom etishi mumkin. Yonib bo’lgan paxtadan kul rang sochilib ketuvchi kul qoladi. Quyida paxtani yong’in xavfi bo’yicha ko’rsatkichlari keltirilgan.



Yonish harorati, 0S

210

Cho’g’lanish harorati, 0S

205

o’z-o’zidan yonish harorati, 0S

407



Paxta tolasi alif yoki o’simlik yog’i bilan shimdirilsa, azot yoki sulfat kislotasi ta’sirida o’z-o’zidan yonadi. Toladagi alif yoki o’simlik yog’i o’z-o’zidan yonish holatini tezlashtirganligi bilan yong’in xavfiga ega. Alif shimdirilgan paxtani bir necha soatdan so’ng yonib ketgan holatlari ma’lum, misol uchun 200 gramm olif yog’i shimdirilgan va 150x105x105 hajmga ega qisman siqilgan paxta, 400S haroratda 9 soatdan so’ng yonish yuz bergan.
Zig’ir poya (lyon) tolasi. Uni zig’ir poyalaridan olinadi. Zig’ir poyasi silindr shaklidagi uzun poyadan iborat bo’lib, unda turli maqsadda ishlatiladigan kichik to’plamdagi to’qimalar konsentrasiya holatida joylashtirilgan. Quritilgan zig’ir poyasida yog’ochga 70-75 % va uzun tolali zig’irpoya to’plamiga 25-30 % to’g’ri keladi. Po’stloq qatlamining to’plamidan texnik zig’ir poya tolasi olinadi. Texnik zig’ir poya tolaning kimyoviy tarkibi quyidagilardan iborat: sellyuloza - 80 %, o’simlik mo’mi va yog’ – 2,5 %, lignin –2 %, zola– 0,7 %, azotli pektin moddalar va boshqa aralashmalar – 6,6 %.
Zig’ir poya tolasi kichik energiyali yondirish manbasidan ham oson yona oladi. Smolensk yong’in texnik stansiyasining ma’lumotiga ko’ra, zig’ir poya tolasining yuzasi bo’ylab yong’in tarqalish tezligi, vertikal holatda 0,15 m/s, gorizontal holatda 0,09 m/s (2 m/s shamol tezligida) tashkil qiladi. To’zigan zig’ir poya tolasining yonib tugash tezligi – 0,47 kg/(m2*daqiqa). Tolani yonishi davomida uning harorati 11600S ga qadar ko’tariladi, maksimal issiqlik nurlanishi esa 4-6 kkal/(sm2*daqika) teng.
Kanop tolasi kanopni birlamchi qayta ishlash orqali olinadi. Kanop uzunligi va texnik xususiyatiga ko’ra arqonli, ipli hamda tola qalinligiga qarab yana bir necha turga bo’linadi. Kanop tolasida 74 % dan 77 % gacha sellyuloza mavjud. Yong’in xavfi bo’yicha zig’ir poya paxta tolasiga yaqin.
Hindiston kanopi (djut) tara mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladi. Hindiston kanopi uchqunda oson yona oladi. 1070S harorat ostidagi issiqlik ta’sirida yona olish va kimyoviy o’z-o’zidan yonish xususiyatiga ega (ya’ni o’simlik yog’i shimdirilgan katta miqdordagi va nam holatdagi kanop issiq joyda saqlansa). Hindiston kanopida yog’ kichik tezlik bilan ishqorlanadi, negaki, kanop kichik yuza ulushiga ega. Kanop mikrobiologik o’z-o’zidan yonish xususiyatiga ega.
Sun’iy kimyoviy tola. Sun’iy tolalarga viskoz, asetat, triasetat, polinoz, mis-ammiakli va boshqalar kiradi. Viskoz tolasini ishlab chiqarish uchun yog’ochdan olinadigan tabiiy sellyuloza qo’llaniladi. 1 m3 yog’ochdan 140 kg qadar viskoz tolasi olinadi. Uni ip (jgut) va shtapel tolasi ko’rinishida olinadi. Shtapel tolasini paxta, jun, lavsan, kapron va boshqa tolalar bilan aralashgan holda qayta ishlab chiqariladi.
Viskoz tolasi yondirilgan qog’oz isini beruvchi hid tarqatib juda katta tezlik bilan yonadi. 175-1800S haroratda viskoz tolasi eriy boshlaydi, 2350S haroratda esa yonib ketadi. Kichik energiyali yondirish manbasidan ham yona oladi. Viskoz tolasi kimyoviy yoki mikrobiologik o’z-o’zidan yonish xususiyatiga ega emas. Yonayotgan tola sochma suv bilan yaxshi o’chiriladi.
Asetat tolasi. Tolani ishlab chiqarish uchun birinchi xomashyo sifatida asetilsellyuloza ishlatiladi. Asetilsellyulozani olish uchun yog’och sellyulozasiga uksus kislotasi (erituvchi sifatida) va oltingugurt kislotasi (katalizator) ishtirokidagi uksus angidridi bilan ishlov beriladi. Asetilsellyuloza organik erituvchilarda eriydi. Asetat tolasidan olingan ip juda ingichka bo’lib, yuqori sifatli gazlama va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Asetat ip va asetat shtapelli tolalar viskoz tolasidan sifati bilan farq qiladi. Asetat tolasi tez yonadi va tolaning oxirgi uchida o’ralib olgan qattiq to’q-qo’ng’ir rangli sharcha hosil qiladi. Olov olingandan so’ng yonish to’xtatiladi. Yonish mahsulotlari uksus kislotasining isini bildiruvchi hid tarqatadi.
Asetat tolasi 3200S haroratda yonadi, o’z-o’zidan yonish esa 4450S haroratda yuz beradi. Asetat tolasi kimyoviy o’z-o’zidan yonishga moyil emas. Tola mikroorganizm va pleseniga yuqori darajada chidamlik, lekin organik erituvchilarga, aseton va murakkab efirlarga chidamsiz, ya’ni tola kuchli holda ishib ketadi va eriydi, perxloretilenda esa qisman shikastlanadi ham. Tola 10 % li quruq natriy ta’sirida sarg’ish tus olib changlanadi va eriydi. Tolaning gidroskopligi 6-8 %, o’chirish vositasi sifatida sochma suv qo’llaniladi.
Sun’iy tolalarni oddiy organik birikmalarni kimyoviy sintez qilish yo’li bilan olinadi. Sun’iy tolani olish uchun birlamchi xomashyo sifatida asetilen, benzol, vinilasetat, stirol, etilen, etilenglikol va boshqalar ishlatiladi.
Hozirgi kunda sun’iy poliamidli tolalar kapron, anid, eanant; poliefirli–lavsan; polivanilli–xlorin, vinnon, saran; poliakrilonitirlli – nitron tolalar keng miqyosda ishlab chiqilmoqda.
Poliamidli tola. Bu tolani ishlab chiqarish uchun fenolni murakkab kimyoviy qayta ishlash yo’li bilan olinadigan polamidli smola qo’llaniladi. Poliamidli smolalar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Misol uchun: anid smolasi kimyoviy tuzilishga ko’ra kapron smolasidan farq qilmaydi, lekin kapronga nisbatan 400S yuqori haroratda eriydi. Tekstil xususiyati bo’yicha kapron tolasi anid tolasi bilan bir xil, enant tolasi esa kapronga nisbatan yuqori yorug’likka chidamliligi va egiluvchanligi (elastichnost) bilan farq qiladi.
Kapron va egiluvchan tolani ishlab chiqarish uchun polimerizasiya qilinganda, polikaprolaktam hosil qiluvchi kapralaktam qo’llaniladi. Erigan qorishmadan oxirgi vaziyatda kapron tolasi olinadi. Anid tolasi geksamitlendiamina va adipin kislotasidan olinadi. Enant tolasi esa boshlang’ich moddalar etilen, to’rt xlorli uglerod va porfor ChXZ-57 bo’lgan aminoeanant kislotasidan olinadi.
Poliamid tolasidan ustki trikotaj, ko’ylak, plash va boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shtapelli poliamil tolasi jun, paxta, viskoz ipi va boshqa tolalar bilan birgalikda qayta ishlaydi. Issiqlik ta’sirida kuyib, qotib qoladigan sellyulozali tolalarga nisbatan poliamid tolasi eriydi. 1400S haroratda tolaning mustahkamligi 60-70 % kamayadi. Kapron 214-2180S, anid 250-2550S, enant 223-2300S haroratda eriydi. Tolalar hidsiz, yana qayta ip olish imkoni bo’lgan yumshoq shariklar hosil qilish bilan eriydi. Bu materiallar erigan holatida jadallik bilan yonadi.
Kapron 3950S haroratda, anid 3550S, enant 4150S haroratda yonadi. Yonayotgan poliamid tolalari sochma suv bilan yaxshi o’chiriladi.
Tola chiqindilarining yong’in xavfi
Barcha tolali mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida axlat chiqadi (chiqindi) va ular bir necha guruhga bo’linadi: kalavali, maishiy paxta (vata) li, qaytarma va h.k. qoldiqlar.
Kalavali chiqindilar ma’lum zaxira xomashyo sifatida foydalaniladi. Shuning uchun ip-kalava ishlab chiqarish korxonalarida ularni to’liq xomashyoga qo’shimcha yoki navi past ashyo sifatida qo’llaniladi. Chiqindilarni qayta ishlash uchun chiqindi tozalovchi, tituvchi va boshqa mashinalardan foydalaniladi.
Maishiy paxta chiqindilari turli navdagi paxtalar olishda qo’llaniladi. Turli chiqindilarni esa toy holatida presslab xo’jalik ehtiyojlar uchun yuboriladi.
Kalava ishlab chiqarish mashinalarida tozalovchida ip uzilganida o’ralib qolgan halqa ko’rinishidagi chiqindilar hosil bo’ladi. Halqalarni ipni ajratib oluvchi va tituv mashinalarida qayta ishlovdan o’tgandan so’ng qoldiqlar bilan qo’shib aralashtiriladi va toy (kip) larga presslanadi.
Barcha chiqindilar va shu bilan bir qatorda qaytarma qoldiqlar ham sexlardagi chiqindi bo’limiga kelib tushadi hamda navlarga ajratiladi. Chiqindi bo’limida qayta ishlash va presslash jihozlari o’rnatilgan bo’lib, chiqindilar 120-130 kg og’irlikdagi toylarga joylashtiriladi.
Ko’pincha ishlab chiqarish chiqindilari o’z tarkibiga ko’ra to’rli ko’rinish va kelib chiqishdagi tolalardan iborat bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish chiqindilarining yong’in xavfi ular tarkibida qanday komponentlar mavjudligi va ular aralashmada qancha foizligi bilan belgilandi.
Chiqindilar yonishining birinchi 2-4 daqiqalarida haroratni birdan ko’tarilishi kuzatiladi. Tajribalar natijasida ularning o’rtacha yonish tezligi 7,1 kg/(m2*soat) ekanligi aniqlangan. Issiqlik ajrab chiqishi 3500 kkal/kg teng. Alangani tolali materiallar yuzasi bo’ylab o’rtacha tarqalish tezligi 0,015 m/sek.
Download 30.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling