Ma`ruza №10 Mavzu: Kompyuter grafikasi Reja
"Adobe PhotoShop" dasturida History darchasi bilan ishlash
Download 486.86 Kb.
|
10 Kompyuter grafikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Adobe PhotoShop" dasturida qatlamlar bilan ishlash
- "Adobe PhotoShop" dasturida matnlar bilan ishlash
- "Adobe PhotoShop" dasturida filtrlar bilan ishlash
- Macromedia Freehand 8.0 vektorli muharriri
- Adobe Illustrator 7.0 vektorli muharriri
"Adobe PhotoShop" dasturida History darchasi bilan ishlash"Adobe PhotoShop" dasturi ishga tushirilganda ekranda History darchasi mavjud bo’lmasa Okno tavsiyanomasida Pokazat History buyrug’ini tanlang (9.-rasm). History darchasida tasvirga kiritilgan so’nggi o’zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar joylashadi. Tasvir ustida bajarilgan har bir muhim amallar History darchasida ro’yxatga olinadi. Xohlagan paytda yoqmagan amallarni History darchasi orqali rad etish mumkin. Buning uchun kursor bajarilgan so’nggi amaldan oldingi buyruq ustida bosiladi yoki "Ctrl" + Alt" + "7," klavishalari bosiladi. "Adobe PhotoShop" dasturi bajarilgan so’nggi 20 amalni ro’yxatga oladi. yigirma birinchi amal bajarilganda "Adobe PhotoShop" dasturi avvalgi amallarni o’chiradi. "Adobe PhotoShop" dasturida qatlamlar bilan ishlash"Adobe PhotoShop" dasturi tavsvirdagi biror obyekt "Прямоугольная область ", "Эллиптическая область", "Лассо", "Волшебная палочка ", "Быстрая маска" yordamida tasvirdagi detallar belgilanib ularning nusxalari olinganda "Adobe PhotoShop" dasturi yangi qatlam hosil qiladi. Bu qatlam alohida obyekt bo’lib, uni tahrirlash ham alohida tarzda bo’ladi. Bir necha tasvirlardagi ayrim detallarni yagona tasvirga jamlanganda "Adobe PhotoShop" dasturi ko’chirib o’tilgan tasvir bo’laklarni qatlamlarga ajratadi. Ayni jarayon tasvir detallarini joylashtirish uchun juda qulay. Bir-necha qatlamlar bilan ishlaganda ularni boshqarish qiyinlashadi. "Adobe PhotoShop" dasturi bajarilganda yangi darcha hosil bo’ladi. Bu darchada tasvirdagi yangi qatlamlar haqidagi axborotlar joylashadi. Yangi qatlam hosil qilinganda "Adobe PhotoShop" dasturi uni "Слой" darchasida ro’yxatga oladi. Bu darchada qatlamlar tartibli tarzda joylashtiriladi. Shuningdek qatlamlarning o’rnini almashtirish yoki vaqtinchalik o’chirib qo’yish mumkin. Qatlamlarni o’chirish uchun avval kerakli qatlam "Слой" darchasida belgilab olinadi va tavsiyanomalar satrida Слой tavsiyanomasi tarkibidagi Удалить слой buyrug’i tanlanadi. Qatlamlarni bir-biriga birlashtirish imkoniyati ham mavjud. "Adobe PhotoShop" dasturida matnlar bilan ishlash"Adobe PhotoShop" dasturi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir keng imkoniyatni ochib beradi. Tasvir ustiga matn kiritish uchun asboblar panelida maxsus "Tekst" asbobi mavjud. Bu asbob asosan tasvirga turli matnlarni kiritish uchun xizmat qiladi. "Текст" asbobi tarkibida "Текст-маска", "Вертикальный текст" kabi asboblar yashiringan. Bu asboblar faollashtirilib, tasvir ustida bir marta bosilishi bilan yangi "Текстовый инструмент" darchasi hosil bo’ladi. Bu asboblar faqat matnlarni tuzush uchun xizmat qiladi. Uning yordamida mavjud matnlarni tahrirlashning iloji yo’q. "Adobe PhotoShop" dasturida filtrlar bilan ishlash"Adobe PhotoShop" dasturida tasvirni qo’shimcha samaralar bilan boyitish uchun filtrlardan foydalanish mumkin. Buning uchun tavsiyanomalar satrida Фильтры buyrug’i tarkibidagi filtrlardan foydalanishingiz mumkin. Quyida eng ko’p qo’llaniladigan filtrlar tavsifi misollar yordamida keltiriladi. Chap ustunda filtr qo’llanilmagan asl nusxa, o’ng tomondagi ustundagi tasvirlar filtr qo’llanilgandan so’nggi varianti keltirilgan. Asl nusxa Filter Iskajen - Volna Asl nusxa Filtr Iskajen – Zig-Zag CorelDraw grafik muharririCorelDraw vektorli grafikaning Windows amaliyot tizimida ishlaydiigan tahrirlovchi dasturlardir. Uning yordamida turli grafik ko’rinishlarni loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida, ayniqsa badiiy ko’rinishdagi kompozitsiyalarni tahrirlash bilan bog’liq amallarni bajarish mumkin. CorelDraw muharirini ishga tushirish uchun CorelDraw ning belgisiga borib sichqonchani yoki Enter tugmasini bosish kerak CorelDraw boshqa grafik muharrirlarga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlaydi, ya’ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqacha kitoblarni har xil turli o’lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. Siz o’zingizning pasportdagi rasmingizni skanerdan o’tkazib va CorelDraw yordamida shu rasmingizni chiroyli portretga aylantirishingiz mumkin. O’z-o’zidan ma’lumki bunday professional murakkab grafik muharrirlarda, ya’ni CorelDraw ning boy asboblari va ranglaridan foydalanib biz o’zimiz rasm chizishimiz mumkin. CorelDraw muharirida fayllarning kengaytmasi file.cdr ko’rinishda bo’ladi. Fayllarni import va eksport qilish eng yaxshi qo’layliklaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kompakt diskdan fayllarni import qilishda ko’p qo’llaniladi. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uni vektor grafikadan farqi qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar yoki ularni sistemalari hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada bunday tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o’zgartirib tasvirlar hosil qilinadi. Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosini rassom, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika odatda turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dastular yaratishda ko’proq qo’llaniladi. Macromedia Freehand 8.0 vektorli muharririBu juda qulay bo’lgar vektorli muharrir, do’stona va juda tushunarliligi uchun boshlovchilarga juda omadli tanlangan bo’ladi. Bu dastur boshqarish tizimining soddaligi va harakatlanish tezligining yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Uning yordamida shunday kompyuterlarda ishlash mumkinki boshqa vositalari ishlatilganda qiyin jarayonga aylanib ketmaydi. Boshqarish tizimining soddaligiga qaramay, Macromedia Freehand instrumental vositasi murakkab hujjatlarni ishlab chiqarish uchun yetarli. Lekin Adobe Illustrator va-Corel Draw vositalari uchun murakkabligi o’ta baland darajada bo’lsa yo’l bo’shatadi. U maxsus Quark XPress tizimi uchun mo’ljallangan, ammo Macromedia Freehand dasturini kompyuter tizimining hamma ko’rinishlarida ishlarida ishlatish juda qulay. Macromedia Freehand (lahja 8.0) va Corel Draw (5,0 dan 8.0 gacha bo’lgan lahjalar ishlatiladi) muharrirlarning hammasi vektorli grafikning birdan-bir obyekti ya’ni birdan-bir prinsiplarga asoslangan, o’xshash asboblarga ega, shu bilan birga vektorli tasvirlarni tuzish yo’llari bu muharrirlarda juda o’xshashdir. Adobe Illustrator 7.0 vektorli muharririBu dastur dunyo bo’yicha tan olingan vektorli grafiklar ichidagi yetakchisi hisoblanadi. Ko’pchilik professionallar ana shy dastur bilan ishlaydi. Uning asosiy qudrati shundaki, u Adobe Photoshop va Page Maker dasturlari bilan tugallangan muqaddimada ko’rsatiladi, ya’ni poligrafik bosmalarning muqovasini kompyuterda bajarish va murakkab hujjatlarni ishlab chiqarish uchun yaratilgandir. U turli obyektlarni xatosiz eksport va import qiladi. Adobe Illustrator 7.0 qo’shimcha imkoniyati shundan iboratki, bu vektorli muharrirning rus tilidagi talqini ham mavjud. Nazorat savollari Kompyuter grafikasi deganda nimani tushunasiz? Kompyuter grafikasi qanday turlarga bo’linadi? Rastrli grafika frontal grafikadan nimasi bilan farq qiladi? Adobe Photoshop rasm taxrirchisi nima uchun mo’ljallangan? Adobe Photoshop dasturini ishga tayyorlash tartibi qanday? Adobe Photoshopning tavsiyanomasi qanday bo’limlardan iborat? Adobe Photoshopning asboblar paneli haqida tushuncha bering? Tasvir o’lchami qanday o’rnatiladi? Download 486.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling