Adobe Photoshopda yangi tasvir oynasini yaratish
Adobe Photoshopda tasvir oynasi yaratish uchun Fayl-Noviy buyrug’i tanlanib (Klaviaturada Ctrl+N orqali) uning mos muloqot oynasiga o’tiladi.
Muloqotli oynada hujjat xususiyatlari ko’rsatiladi. Adobe Photoshop hujjat fayli kengaytmasi .PSD ko’rinishda bo’ladi.
Adobe Photoshopda tasvir rang modelini o’zgartirish
Adobe Photoshopda tasvir rang modelini o’zgartirish uchun Izobrajenie - Rejim bo’limidan mos rang modeli (Oq-qora( Bitmap), RGB, CMYK, Lab...) tanlanadi.
Masalan, RGB rang modeli rejimidagi tasvirni oq-qora rang modeli rejimiga o’tkazamiz.
Shunda yuqoridagi tasvirimiz oq-qora rang rejimiga o’tadi.
Adobe Photoshop dasturida tasvirda soha (oblast – marquee) ajratish usullari
Ushbu uskunalar panelidagi tugmalarni barchasi bilan tanishaylik. Birinchi bo’lib soha ajratish va ajratilgan soha bilan ishlash uskunalarini ko’ramiz. Ish jarayonida ushbu uskunalardan ko’p foydalaniladi.
- To’rtburchak soha ajratish (“Rectangular marquee -Pryamougolnaya oblast”) - [M] - ish sohasidagi faol qatlamda to’rtburchak sohani ajratish.
- Aylana soha ajratish (“Elliptical marquee - Ellipticheskaya oblast”) - [M] - ish sohasidagi faol qatlamda ellips sohani ajratish.
- Alohida satr soha ajratish (“Single row marquee - Stroka pikseley”) - ish sohasidagi faol qatlamda bitta satrga teng sohani ajratish.
- Alohida ustun soha ajratish (“Single column marquee - Stolbes pikseley”) - ish sohasidagi faol qatlamda bitta ustunga teng sohani ajratish.
Ajratilgan sohaga qo’shimcha soha qo’shish uchun SHIFT klavishasini bosib turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar ALT klavishasidan foydalanib soha tanlasak, u holda ajratilgan sohadan olib tashlash ma’nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |