Ma’ruza 12 Avtomatlashtirilgan elektr yuritma energiya auditi Reja
Download 71.28 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaruza 12
MA’RUZA 12 Avtomatlashtirilgan elektr yuritma energiya auditi Reja: Avtomatlashtirilgan elektr yuritma energiya auditi Avtomatlashtirilgan elektr yuritma uchun energiya tejamkorlikni potensial imkoniyatlari Elektr energiyani mexanik energiyaga o‘zgartirishda ko‘pincha arzon va qulay asinxron motorlaridan foydalaniladi. Elektr energiyani mexanik energiyaga o‘zgartiradigan asinxron motorlari quyidagi kirish ko‘rsatgichlari bilan xarakterlanadi: . Asosiy chiqish ko‘rsatgichlari motor valida hosil bo‘luvchi aylanuvchi moment - va aylanish chastotasi - . Elektr energiyasini mexanik energiyaga o‘zgartirishning samarasi elektr motorini foydali ish koeffitsienti (FIK) qiymati bilan aniqlanadi. FIK qiymati motor ti\turiga, uni nominal kuvvatiga, aylanishlar soniga va yuklamaga bog‘liq. Nominal yuklamali motorni FIK motorni nominal kuchlanishi oshishi bilan oshib boradi. SHuningdek nominal quvvatni kichik qiymatlarida juda tez o‘sadi va uni oshishi bilan kamayadi. FIK ni elektr mashinani nominal quvvati o‘sishi bilan oshishi uni gabaritlarini o‘sishi va ichki issiqlik manbaini tashqariga chiqishi qiyinlashishi bilan bog‘liq. SHuning uchun elektr mashinalarini loyihalashtirilganda mashinaning energiya yo‘qotishini uni quvvatini o‘sishi bilan kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Masalan, tokni zichligini kamaytirish va h.k. Nominal kuvvat bir xil bo‘lganda nominal FIK nominal tezlik o‘sishi bilan oshib boradi. Sinxron va o‘zgarmas tok motorlarida ham nominal quvvatni va tezlikni oshishi FIK oshishiga olib keladi. FIK yuklama o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Asinxron motori uchun FIK ni quvvat bilan bog‘liklik taxminiy egrilik chizig‘i 1-rasmda keltirilgan. YUklamani oshib borishi bilan birga quvvatni kichik qiymatlarida FIK oshadi. Quvvatni qandaydir qiymatida FIK eng katta qiymatga ega bo‘ladi va kuvvatni keyingi oshishi natijasida FIK kamayib boradi. Ko‘pincha qiymat nominal quvvat qiymatiga yaqin bo‘ladi. Motordagi energiya yo‘qotishlarini hisoblash uslubiyatini ko‘rib chiqamiz. 1-rasm. Energiyani o‘zgartirishda motordagi yo‘qotishlarni quyidagicha baholash mumkin: , (2) bu erda - motorni iste’mol qiluvchi quvvati; - motorni valdagi mexanik quvvati; - motorni FIK. Motordagi quvvvat yo‘qotishlarini o‘zgarmas va o‘zgaruvchan yo‘qotishlarga bo‘lish mumkin: (3) bu erda - o‘zgarmas quvvat yo‘qotishlari. Bular yuklamaga bog‘liq bo‘lmagan yo‘qotishlar, masalan temirdagi yo‘qotishlar, mexanik yo‘qotishlar va boshqalar. - o‘zgaruvchan quvvat yo‘qotishlari. Bular yuklamaga bog‘liq bo‘lib motor g‘altaklarida yuklama toki oqqanda hosil bo‘luvchi yo‘qotishlar. Asinxron motorlar uchun o‘zgaruvchan quvvat yo‘qotishlari quyidagi formula orqali aniqlanadi: , (4) bu erda - ikkilamchi keltirilgan tok; va - fazaning birlamchi va ikkilamchi keltirilgan aktiv qarshiliklari. Asinxron motorlar uchun yuklama nominal bo‘lganda o‘zgaruvchan quvvat yo‘kotishlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: . Asinxron motorlar uchun nominal o‘zgaruvchan quvvat yo‘qotishlari uchun quyidagi ifodadan foydalanish qulay: , (5) bu erda - motorda hosil bo‘luvchi aylanuvchi nominal moment; - aylanuvchi magnit maydoni burchak tezligi; - manba tokining chastotasi; - qutblar soni; - nominal sirpanish; - rotorni aylanish nominal burchak tezligi. Motor ko‘rsatgichlari nominal qiymatlarini (spravochnaya literatura) adabiyotlardan foydalanalayotgan motor turiga qarab aniqlash mumkin. Motorni yuklama vaqtidagi yo‘qotishlarni topish uchun oldin alohida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan yo‘qotishlarni topish kerak. Bu erda - yuklama koeffitsienti. Nominal o‘zgaruvchan yo‘qotishlar yuqorida keltirilgan formula orqali, o‘zgarmas yo‘qotishlar esa quyidagi ifodadan aniqlanadi: , (6) bu erda to‘liq quvvat yo‘qotishlari. Bu quvvat motorni nominal FIK va motorda hosil bo‘luvchi nominal quvvat orqali aniqlanadi. U holda motordagi yo‘qotishlarni nominal bo‘lmagan yuklama vaqtida quyidagi formula orqali aniqlanadi: . SHuningdek motor uchun: [Vt] - iste’mol qilinuvchi quvvat, [Vt] – chiquvchi mexanik quvvat, - motorni foydali ish koeffitsenti. Download 71.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling