Ma’ruza 13 Mavhum qaynash gidrodinamikasi


Download 240.64 Kb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi240.64 Kb.
#1039641
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 13 (1)

PNEVMOTRANSPORT REJIMI


Qattiq material zarrachalarining oqim bilan chiqib ketish rejimi sochiluvchan mayda donador materiallarni uzatish (pnevmo – va gidrotransport) uchun ishlatiladi. Agar oqimning tezligi zarrachalarning muallaq tezligidan ortib ketsa, zarrachalar oqim bilan harakat qila boshlaydi, natijada pnevmotransport rejimi yuzaga keladi.
Pnevmotrasnport rejimda qattiq zarrachalarning tezligi Wτ yuk tashuvchi oqim tezligi Wn dan kam bo`ladi. Bunday holatda yuk tashuvchi oqim harakatlanuvchi zarrachalarga nisbatan nisbiy tezlik WS bilan sirg’anadi (WC=Wn – Wτ). Bunday oqimda tashilayotgan zarrachalarning kontsentratsiyasi (1-ε) ga teng bo`ladi.
Vertikal pnevmotransportda harakatlanuvchi zarrachalarning nisbiy tezligini aniqlash uchun (4.16) tenglamadan foydalanish mumkin:
, (4.21)
bu yerda
.

Pnevmotransport rejimi uchun qattiq zarrachalarning harakatlanuvchi oqimdagi nisbiy kontsentratsiyasi m muhim ahamiyatga ega:


, (4.22)
bu yerda GT – uzatilayotgan qattiq zarrachalarning massasi, kg; G – harakat-lantiruvchi agentning massasi, kg; VT – zarrachalarning hajmi, m3; V – hara-katlantiruvchi agentning hajmi, m3; ρT va ρ – qattiq zarrachalar va hara-katlanuvchi agentning zichliklari, kg/m3;
=VT/V – uzatish koeffitsienti.

Qattiq zarrachalarning harakatlanuvchi nisbiy kontsentratsiyasi qiymati keng chegaralarda o`zgargan holatlarda ham pnevmotransport ishlashi mumkin. Koeffitsient m ning qiymati ortishi bilan harakatlanuvchi agentning sarfi qisqaradi, oqim va zarrachalarning harakatlanish tezligi kamayadi, biroq bunday sharoitda oqimdagi qattiq zarrachalar kontsentratsiyasi (1-ε) ning ortishi tufayli naporning yo`qolishi ko`payadi. Shu sababdan har bir aniq sharoit uchun m ning qiymati quyidagi omillarga qarab aniqlaniladi: energiya sarflari, pnevmoquvurning diametri, pnevmotoransport paytidagi zarrachalarning eyilishi va hokazo.


Pnevmotransport paytida naporning umumiy yo`qolishi ΔP ni quyidagi tenglama orqali ifoda qilish mumkin:
ΔP = ΔPst + ΔP1 + ΔP2 + ΔP3 , (4.23)
bu yerda ΔPststatik napor; ΔP1 – harakatlantiruvchi agentning pnevmouzatgich devori yuzasiga bo`lgan ishqalanish tufayli naporning yo`qolishi; ΔP2 – uzatilayotgan material zarrachalarining pnevmouzatgich devori yuzasiga bo`lgan ishqalanish tufayli naporning yo`qolishi; ΔP3 – uzatilayotgan materialning tezligini oshirish paytida yo`qolgan napor.

Zarrachalar oqimini balandlik N ga ko`tarish paytidagi statik napor quyidagi tenglama orqali topiladi:


ΔPst=Hg[(1-ε)ρt+ερ]. (4.24)

Agar harakatlantiruvchi agent sifatida nisbatan kichik bosimli gaz yoki bug’ ishlatilganda ρ ning qiymati ρt ning qiymatiga nisbatan ancha kichik bo`ladi, bunday sharoitda (4.24) tenglama biroz soddalashadi:


ΔPst=Hg(1-ε)ρt . (4.25)

Harakatlanuvchi agentning pnevmouzatgich devoriga ishqalanishi tufayli yo`qolgan naporni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:




, (4.26)
bu yerda λ1 – gidravlik qarshilik koeffitsienti, D – pnevmouzatgichning ichki diametri; N1 – pnevmouzatgichning mahalliy qarshiliklarni hisobga olgan holatdagi keltirilgan uzunligi.

Uzatilayotgan zarrachalarning pnevmouzatgich devoriga ishqalanish natijasida yo`qolgan napor quyidagi ifoda yordamida topiladi:


, (4.27)

bu yerda λ2 – uzatilayotgan zarrachalarning pnevmouzatgich devoriga ishqala-nish koeffitsienti (λ2≈0,5).


Pnevmotransport orqali uzatilayotgan materialning tezligini oshirish paytida yo`qolgan napor quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:


, (4.28)
bu yerda GT – uzatilayotgan materialning miqdori, kg/s.

Download 240.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling