13.1-rasm. Donador zarrachalar qatlami orqali gaz(suyuqlik) oqimi o`tgan paytda uning turli holatlari sxemasi:
a-zich qatlam, gaz qo`zg`almas qatlam zarrachalari orasidan o`tadi; b-mavhum qaynash qatlami, mahsulot hajmi 20-50% ga oshadi; v-zarrachalarning pnevmotransporti.
GAZ YOKI SUYUQLIKNING DONADOR MATERIALNING ZICH QATLAMI ORQALI HARAKATI
Bir qator texnologik jarayonlarda gaz, bug` yoki suyuqlik oqimi sochiluvchan donador materiallarning zich qatlami orqali o`tkaziladi (13.1-rasm, a). Ishlatiladigan donador materiallar xilma-xil bo`lib, ularning shakli va o`lchamlari ham har xil bo`ladi. Agar donador materiallarning diametri bir xil bo`lsa, bir o`lchamli qatlam va har xil bo`lsa ko`p o`lchamli qatlam deyiladi. Bu jarayonlarda suyuqlik va gazlar donador materiallarning orasidan va kanallardan o`tadi. Donador materiallarning qatlami gidravlik qarshilik, solishtirma yuza, zarrachalar orasidagi bo`shliq hajm, zarrachalarning o`lchami va shu kabi kattaliklar bilan belgilanadi.
Balandligi H0 va ko`ndalang kesimi yuzasi F bo`lgan donador zich qatlamning gidravlik qarshiligi ΔPk (N/m2) ni Darsi-Veysbax tenglamasi yordamida aniqlash mumkin:
, (13.1)
bu yerda -qatlamdagi suyuqlik oqimi o`tadigan kanallarning uzunligi; – oqimning kanallardagi o`rtacha tezligi; de – kanallarning ekvivalent diametri; – qatlamning qarshilik koeffitsiyenti.
Zich qatlam uchun Reynolds mezoni:
,
bu yerda W0 – suyuqlikning mavhum tezligi; ρ-muhitning zichligi; μ-muhitning dinamik qovushqoqligi.
Mavhum tezlik suyuqlik hajmiy sarfini qatlamning ko`ndalang kesimi yuzasiga bo`lgan nisbatiga teng: W0 = .
Qatlam kanallaridagi suyuqlikning haqiqiy tezligi:
W = , (13.2)
bu yerda ε0 – qatlamdagi bo`sh hajmning ulushi.
Donador materiallar orasida bo`sh hajmning qatlamning hajmiga nisbati bo`sh hajmning ulushi (yoki g’ovaklilik) deyiladi va ε0 bilan belgilanadi:
, (4.3)
bu yerda V – donador qatlam hajmi; V3 – qatlamdagi zarrachalar egallagan hajm; Vb – qatlamdagi bo`sh hajm.
Zarrachalar oralig’idagi kanallarning ekvivalent diametri (de, m) quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
, (4.5)
bu yerda d – zarrachalarning diametri, m.
Kanallarning uzunligi qatlam balandligi H0 orqali aniqlanishi mumkin:
, (4.6)
bu yerda φ - tajriba orqali aniqlanadigan koeffitsient, φ>1.
Do'stlaringiz bilan baham: |