Ma’ruza №13. Otvallar hosil qilish jarayoni


Download 416.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi416.68 Kb.
#1368400
  1   2   3   4
Bog'liq
OKI 13



MA’RUZA №13. 
OTVALLAR HOSIL QILISH JARAYONI 
TО‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
 
Darsning maqsadi – Karyerlarda ag‘darma hosil qilish jarayoni va ularning 
konstruksiyalari tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lish. 
 
Reja: 
Ag‘darmalarni hosil qilish tо‘g‘risida tushuncha. 
Ag‘darmalarni shakllantirish. 
Ag‘darmalarni hosil qilish tо‘g‘risida tushuncha. 
 
 
Agdarma xosil kilish usuli kullaniladigan transport va ishchi uskunalar 
turlariga bog‘liqdir. 
Temir yо‘l transportida – ekskavatorli (mexanik kurakli, abzetserli), plugli 
va buldozerli ag‘darmalar, konveyer transportida esa, ag‘darmaga tog‘ jinslarini 
joylashtirishda konsolli ag‘darma hosil qilgichlar qо‘llaniladi. 
Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va 
nokonditsion hisoblangan foydali qazilma tо‘planadigan joyga ag‘darma deyiladi. 
Ularni joylash bilan bog‘liq bо‘lgan texnologik jarayonga ag‘darma hosil qilish 
deyiladi. Ag‘darmalarning karyer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki 
va tashqi ag‘darmalarga bо‘linadi. Agar ag‘darma karyer konturi ichkarisida 
joylashgan bо‘lsa ichki ag‘darma, tashqarisida joylashgan bо‘lsa tashqi ag‘darma 
deyiladi. 
Turg‘unligi bо‘yicha – doimiy va vaqtinchalik ag‘darmalarga bо‘linadi. 
Ag‘darma о‘z konstruksiyasiga kо‘ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha 
qatlamdan (yarusdan) iborat va planda notо‘g‘ri shaklga ega tо‘g‘ri burchakka 
yaqin bо‘ladi. 13.2 chizma. 
Bitta ag‘darmaga alohida qilib 4 xil turdagi tog‘ jinsi yoki nokonditsion 
foydali qazilmalar joylashtirilishi (tog‘ jinslarini navlarga bо‘lgan holda 
joylashtirish) mumkin. 
Qazib chiqarilgan qoplovchi jinslar qayta ishlov beruvchi va qurilish 
sanoatining xom ashyosi yoki nokonditsion foydali qazilma hisoblangan 
(nokonditsion – ma’lum vaqtda iqtisodiy samara bermaydigan, ammo texnik va 
texnologiyaning rivojlanishi bilan birgalikda kelgusida samarali bо‘lishi mumkin 
bо‘lgan foydali qazilma) hollarda ag‘darmalar alohida (navlarga bо‘lib) 
joylashtiriladi. Bunda har xil turdagi kon jinslari bir-biriga qо‘shilib ketmasligi


bir-birini yopib qо‘ymasligi zarur. Natijada ag‘darma uchastkalarga bо‘linadi. Har 
bir uchastka atrofida birinchi yarusdan to oxirgi yarusgacha bir xil turdagi tog‘ 
jinsi joylashtiriladi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari va sifat 
kо‘rsatkichlariga bog‘liq bо‘lmagan holda g‘aramlash (skladirovaniye) yalpi 
g‘aramlash (valoviy) deb aytiladi. 

Download 416.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling