Ma’ruza №13. Otvallar hosil qilish jarayoni
Download 416.68 Kb. Pdf ko'rish
|
OKI 13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Ag‘darmalarni hosil qilish tо‘g‘risida tushuncha. Ag‘darmalarni shakllantirish. Ag‘darmalarni hosil qilish tо‘g‘risida tushuncha.
MA’RUZA №13. OTVALLAR HOSIL QILISH JARAYONI TО‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. Darsning maqsadi – Karyerlarda ag‘darma hosil qilish jarayoni va ularning konstruksiyalari tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lish. Reja: Ag‘darmalarni hosil qilish tо‘g‘risida tushuncha. Ag‘darmalarni shakllantirish. Ag‘darmalarni hosil qilish tо‘g‘risida tushuncha. Agdarma xosil kilish usuli kullaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bog‘liqdir. Temir yо‘l transportida – ekskavatorli (mexanik kurakli, abzetserli), plugli va buldozerli ag‘darmalar, konveyer transportida esa, ag‘darmaga tog‘ jinslarini joylashtirishda konsolli ag‘darma hosil qilgichlar qо‘llaniladi. Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma tо‘planadigan joyga ag‘darma deyiladi. Ularni joylash bilan bog‘liq bо‘lgan texnologik jarayonga ag‘darma hosil qilish deyiladi. Ag‘darmalarning karyer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki va tashqi ag‘darmalarga bо‘linadi. Agar ag‘darma karyer konturi ichkarisida joylashgan bо‘lsa ichki ag‘darma, tashqarisida joylashgan bо‘lsa tashqi ag‘darma deyiladi. Turg‘unligi bо‘yicha – doimiy va vaqtinchalik ag‘darmalarga bо‘linadi. Ag‘darma о‘z konstruksiyasiga kо‘ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha qatlamdan (yarusdan) iborat va planda notо‘g‘ri shaklga ega tо‘g‘ri burchakka yaqin bо‘ladi. 13.2 chizma. Bitta ag‘darmaga alohida qilib 4 xil turdagi tog‘ jinsi yoki nokonditsion foydali qazilmalar joylashtirilishi (tog‘ jinslarini navlarga bо‘lgan holda joylashtirish) mumkin. Qazib chiqarilgan qoplovchi jinslar qayta ishlov beruvchi va qurilish sanoatining xom ashyosi yoki nokonditsion foydali qazilma hisoblangan (nokonditsion – ma’lum vaqtda iqtisodiy samara bermaydigan, ammo texnik va texnologiyaning rivojlanishi bilan birgalikda kelgusida samarali bо‘lishi mumkin bо‘lgan foydali qazilma) hollarda ag‘darmalar alohida (navlarga bо‘lib) joylashtiriladi. Bunda har xil turdagi kon jinslari bir-biriga qо‘shilib ketmasligi, bir-birini yopib qо‘ymasligi zarur. Natijada ag‘darma uchastkalarga bо‘linadi. Har bir uchastka atrofida birinchi yarusdan to oxirgi yarusgacha bir xil turdagi tog‘ jinsi joylashtiriladi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari va sifat kо‘rsatkichlariga bog‘liq bо‘lmagan holda g‘aramlash (skladirovaniye) yalpi g‘aramlash (valoviy) deb aytiladi. Download 416.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling