Ma’ruza №13. Otvallar hosil qilish jarayoni
Ag‘darmalarni shakllantirish
Download 416,68 Kb. Pdf ko'rish
|
OKI 13
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari: Ag‘darmalarning asosiy parametrlarini izohlab bering. Ag‘darmani shakllantirish jarayonini izohlab bering. Adabiyotlar rо‘yxati
Ag‘darmalarni shakllantirish. Ag‘darmalarni shakllantirish undan foydalanishning butun davrida amalga oshiriladi va u planda ajratilgan chegaraga (chegaraviy konturga), balandligi esa, loyixa nuqtasiga yetganda tugatiladi. Ag‘darmani shakllantirish jarayoni birinchi yarusning ilk sochilmasini hosil qilish bilan boshlanadi. Temir yо‘l va konveyer transportida uzunligi 0,5-2 km bо‘lgan ilk tо‘kilma tor va chо‘zilgan shaklga ega bо‘lib, shuning xisobiga ish fronti uzunligini ta’minlaydi, hamda transport va ag‘darma uskunalaridan samarali foydalanish uchun yetarli hisoblanadi. Avtomobil transportida ilk tо‘kilma oval shakliga ega bо‘lib, avtosamosval erkin manyovr qilish uchun ajratiladigan maydoncha о‘lchamlari bilan chegaralanadi (taxminan 100x200 m). Ag‘darmalarga keltiriladigan jinslarni joylashtirish joyi va vaqti ya’ni ag‘darmani shakllantirish tartibi turli xil bо‘lishi mumkin. Yaruslarni navbatma- navbat tо‘ldirish mumkin: oldin bittasi chegaraviy konturgacha, sо‘ng ikkinchisi va shu tartibda. Bu jarayonda jinslarning birinchi guruxi kam balandlikka ega bо‘lgan va shu bilan birga transportlar xarajatlari bir muncha kam bо‘lgan bо‘shatish joyiga tashiladi. Bunda ag‘darma katta yer maydonlarini tez egallaydi va konchilik korxonasi tomonidan bu yerlardan foydalangani uchun tо‘lanadigan xarajatlar oshadi. Boshqa variant, mumkin bо‘lgan maksimal tezlik bilan ag‘darmani balandda (yuqorida) rivojlantirish. Bunda yerga tulanadigan xarajat kiskaradi, ammo transport xarajatlari ortadi. Birmuncha qulay variant maydon va balandlik bо‘yicha bir vaqtda rivojlantiriluvchi oraliq variant hisoblanadi. Ag‘darmali tupiklar soni transport kommunikatsiyasini qabul qilish qobiliyati va ag‘darma о‘lchamlari bilan chegaralanadi va ag‘darma ish unumdorligini aniqlaydi. Ag‘darma ish unumdorligi – bu, vaqt birligi ichida ag‘darma tomonidan qabul qilinayotgan jinslar miqdori: P 0 = NQ bu yerda: Q – temir yо‘l sostavining yoki avtosamosvalning о‘rtacha sig‘imi; N – bir smenada ag‘darmaga bо‘shatiladigan (jinslarni keltiruvchi) transport vositalarining soni. Smenada tupikka bо‘shatiladigan sostavlar soni: N= k i.r , bu yerda: - smena vaqti; o p t t Т + Т k i.r - tupikda sostav qabul qilishda smena ishchi vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti (plugli ag‘darmalar uchun: k i.r =0,70,8, ekskavatorli ag‘darmalar uchun k i.r =0,850,9); =4020 min – bir sostavni bо‘shatishga ketgan vaqt; - sostavlarni almashish vaqti. Bir ag‘darmali tupikning xaqiqiy ish unumdorligi: pluglida 1,5-2 ming m 3 /sutka; ekskavatorlida (mexanik kovush yoki draglaynda) ekskavatorning modelidan kelib chiqib 4 dan 8 ming m 3 /sutka ni tashkil etadi. Nazorat savollari: Ag‘darmalarning asosiy parametrlarini izohlab bering. Ag‘darmani shakllantirish jarayonini izohlab bering. Adabiyotlar rо‘yxati: V.S. Xoxryakov. Otkritaya razrabotka mestorojdeniy poleznix iskopayemix. M. «Nedra». -1991 g. Spravochnik. Otkritaya razrabotka mestorojdeniy poleznix iskopayemix. M. «Gornoye byuro». 1994. p t o t Download 416,68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling