Ma’ruza 15 ma’ruza mavzusi dispetcherlik markazlashtirishning «neva» va «luch» tizimlari dispetcherlik markazlashtirishning


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1157124
  1   2   3
Bog'liq
15-MA\'RUZA



MA’RUZA 15 
MA’RUZA MAVZUSI 
DISPETCHERLIK MARKAZLASHTIRISHNING
«NEVA» VA «LUCH» TIZIMLARI 
 
Dispetcherlik markazlashtirishning 
«NEVA» tizimi 
«Neva» tizimi dispetcherlik markazlashuvi kodli qurilmalari «TB» ko‘p 
takrorlanuvchi signallari va «TS» ko‘p takrorlanuvchi shakli uzatishlarini 
ta’minlaydi. Bunday signallarni uzatish uchun chastotaviy impuls belgisidan 
foydalaniladi. «TB» va «TS» chastotaviy kanal spektri, olis masofaviy aloqa 
apparaturasining oddiy telefon kanali spektri bilan mos keladi va bu apparaturadan 
uzoqda joylashgan uchastkalarni boshqarish uchun foydalanish mumkin. 
Markaziy post hamda fizik liniya zanjiri (ikkita sim) liniyali punktlari orasidagi 
aloqa kanali sifatida foydalanilganda, telefon spektrida bitta «TB» kanali 
joylashtiriladi va uchtagacha «TS» (2 TS, 3 TS, 4 TS) kanallari joylashtiriladi. Olis 
masofali aloqa apparaturasining kanallari simpleksli ekan, ulardan foydalanishda 4 
kanalli variantni (1TS, 2TS, 3TS, 4TS) qo’llash ham mumkin. Telefonli spektrdan 
foydalanish 6-jadvalda keltirilgan. 
6-jadval
 
Kanallar 
 
TB 
1TS 
2TS 
3TS 
4TS 
Spektr, Gs 
450–850 
900–1350 
1500–1950 
2100–2550 
2700–3150 
TB kanalida signallarning tuzilishi. «Neva» tizimidagi «TB» kanalidan ikki 
maqsadda foydalaniladi. «TB» signalini ko‘p marta uzatish uchun va guruhli 
ajratkichlar siklik sinxronizatsiya (SS) signalini uzatish uchun. 
Ko‘p qaytali «TB» signalini uzatish va qabul qilish, sinxronizatsiya qadamli 
usulni qo‘llash orqali yuz beradi va shuning uchun bu tizimda 4 impulsli 
o‘zgaruvchan tok belgilaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Ularning ishlatilishi 7-
jadvalda ko‘rsatilgan. 
7-jadval 
Simvollar 
(raqam) 
Impulslar 
chastota, Gs 


Juft
500 
600 
Toq
700 
800 


Agar ko‘p taktli «TB» signali uzatilmay qolsa, u holda «TB» kanaliga aktiv 
to‘xtalishlar (pauzalar) bilan ajratilgan «SS» signallari uzatiladi. 
«SS» signali chastotasi f
3
=700 Gs bo‘lgan bitta o‘zgaruvchan tok impulsi orqali 
uzatiladi, bu uzatish 64 ms va bir martali tizim ishlash sikli davomida jo‘natiladi. Bir 
siklning davomiyligi 5376 ms ni tashkil etadi. Aktiv pauza chastotasi f
4
=800 Gs 
bo‘lgan o‘zgaruvchan tok orqali uzatiladi, bu aktiv pauzalar maxsus adabiyotlarda 
tinchlik chastotasi deyiladi. Agar tizim tinchlik chastotasi uzatish holatida 
bo‘lsagina, ko‘p taktli «TB» signalini uzatish mumkin bo‘ladi. Aktiv to‘xtalish 
«AP» bilan belgilangan «TB» ko‘p taktli signalning tuzilishi 55-rasmda ko‘rsatilgan. 
«TB» signalining bir takti davomiyligi 48 ms ni tashkil etadi. 
«SL1» deb belgilangan «0» raqamiga ega va uch baravar oshirilgan 
davomiylikka ega bo‘lgan xizmat impulsini liniyaga jo‘natishdan so‘ng «TB» ko‘p 
taktli signalini uzatish boshlanadi. Bu impuls qabul qilish punktlarida «SS» signali 
ajratish tugunlarini o‘chirib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi. 
Agar bu amalga oshirilmasa, f
3
=700 gs chastotali «TB» ko‘p taktli signal 
tarkibiga qabul qilinayotgan o‘zgaruvchan tok impulsi xuddi «SS» signali sifatida 
qabul qilinishi mumkin va u «TS» barcha signallarini buzilishiga olib keladi. 
55-rasm. «Neva» tizimida TB signalining tuzilishi 
Nolli impulsning davomiyligini oshirish bu, «SS» signalini ajratish uzeli, releli 
element bazasida bajarilganini tushuntiradi. 
«1»÷«9» va «18» impulslari ko‘p taktli signalning saylovchi qismida bo‘lib, 
ulardan «1» ÷ «6» impulslari stansiyalarini tanlash uchun xizmat qiladi. Ko‘p taktli 
signalning bu qismida o‘zgarmas vaznli kodi qo‘llaniladi. Stansiya manzillarining 
soniga qarab (NAS) miqdor quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
𝑁
𝐴𝑆
= 𝐶
6
3
=
6∙5∙4
1∙2∙3
=20
stansiya 


«7», «8», «9», «18» impulslar boshqarilayotgan obyektlar guruhini tanlash 
uchun qo‘llaniladi. Barcha mumkin bo‘lgan kodli kombinatsiyalardan (4 razryadli 
son) faqatgina 2 va 4 og‘irlikdagi kombinatsiyalar qo‘llaniladi. Guruhlar manzillari 
soniga qarab N

miqdor quyidagicha ifoda orqali hisoblanishi mumkin;
7
4
3
2
1
1
2
3
4
2
1
3
4
С
С
N
4
4
2
4
АГ













guruh 
«10» va «17» impulslar ko‘p taktli signalning operativ qismi bo‘lib, u obyektni 
tanlash va unga komanda yuborish uchun qo‘llaniladi. Ko‘p taktli «TV» signalining 
bu qismida guruhlar belgilanganidan kelib chiqib taqsimlash kodi ishlatiladi. 
Shunday qilib, 1,2,3,4 guruhlaridagi signallar bitta ko‘p taktli signalga ikkita 
komanda berish, ya’ni svetofor boshqarish va marshrutni belgilash uchun 
mo‘ljallangan. 
Marshrutni belgilash va komandani uzatish uchun «10» dan «14» gacha bo‘lgan 
5 ta impuls va 
1
5
С . tarqatish kodi ishlatiladi. Svetoforlarni boshqarish uchun esa 
«15», «16», «17» impulslari va 
1
3
С . tarqatish kodidan foydalaniladi. 1 dan 4 gacha (
4
1
N

) guruhlar uchun operativ qismini sig‘imi 5,6,7 guruhdagi signallar bitta ko‘p 
taktli signalda faqat bitta signalni uzatish, ya’ni ajratkichlarni boshqarish, 
strelkallarni mahaliy boshqaruv avtomatik o‘tkazish va shu kabilarga mo‘ljallangan. 
8
3
5
С
С
N
'
3
'
5
4
1






buyruqlar 
5,6,7 guruhlar uchun operativ qismda S
8
taqsimlash kodidan foydalaniladi. 5,6,7 
guruhlar uchun operativ qism sig‘imi (N
5.6.7
). 
8
С
N
'
8
7
,
6
,
5


buyruqlar 
Demak, N
1-4 
= N
5,6,7
ekan, har qanday guruh uchun operativ qism sig‘imini (N
0

deb belgilaymiz. 
7
,
6
,
5
4
1
0
N
N
N



Boshqaruv bo‘yicha tizim sig‘imi (N)
N = 
АС
N
·
АГ
N
·
0
N
= 20·7·8=1120 buyruqlar 
Shuni ta’kidlash joizki, 18 impulsi uzatib bo‘lingandan so‘ng, tizim uch taktda 
ishlashini davom ettiradi. Bu vaqt ichida qabul punktidan «TB» kanaliga ulanish yuz 
beradi, pulli impulsni uzatish chog‘ida o‘chirilgan «SS» signal chiqarish punktidan.
Ko‘p taktli «TS» signallarini qabul qilish va uzatish, taqsimlagichlar harakatini 
sinxronlash orqali amalga oshiriladi. Shu sababli tizimda har bir telesignalizatsiya 


kanalida faqat 2 ta impuls belgilarini qo‘llash ko‘zda tutilgan va ulardan foydalanish 
8-jadvalda ko‘rsatilgan. 
8-jadval 
Belgilar 
(raqamda) 
Kanal 
Chastota, Gs 


І 
1025 
1225 
ІІ 
1625 
1825 
ІІІ 
2225 
2425 
ІV 
2825 
3025 
«TS» ko‘p taktli signallar aloqa kanallariga navbatma-navbat uzatiladi va bir-
biridan davomiyligi 48 ms bo‘lgan real to‘xtalish (RP)lari bilan ajralib turadi. 
«TS» ko‘p taktli signallari uzatish ketma-ketligi guruhli taqsimlagichlar, sinxron 
va sinfazali ishlarni, ya’ni bu signallarni uzatish va qabul qilish punktlari signallari 
bo‘yicha ta’minlanadi. 
«TB» kanali bo‘yicha bu muammoni hal etish uchun sikl davomida bir marta 
sikli sinxronlash impulsi uzatiladi. «TB» va «TS» kanallari o‘zaro bog‘liqligi va TS 
ko‘p taktli signallarni ko‘rish tartiblari 4.1-rasmda ko‘rsatilgan. Demak, «TS» 
signallarini qabul qilish va uzatish punktlarida guruh manzili, guruhli 
taqsimlagichlar holatidan aniqlanar ekan, u holda «TS» signalining saylov qismiga 
ega bo‘lmaydi. U xizmat va operativ qismlardan iborat bo‘ladi. 
Xizmat qismi ikki impulsdan tashkil topgan, ya’ni 1 chi va oxirgi (22
chi
), u doim 
«1» belgisi bilan uzatiladi. 
Birinchi impuls «TS2» ko‘p taktli signalning qabul punkti taktli impulsi 
generatorini ishga tushirsa, (komanda «boshlov») 22
chi
si bo‘lsa uni to‘xtatadi. 
«TS» ko‘p taktli signalning operativ qismi 20 ta impulsdan, (2 dan 21 gacha) 
iborat. U ikki pozitsiyali obyektlar holatini nazorat qilish uchun mo‘ljallagnan.Bu 
qismda taqsimlanishning seleksiya usuli qo‘llaniladi va bitta TS ko‘p taktli signalini 
uzatishda 20 ta obyektni nazorat qilib turish mumkin. 
Tizimning ish sikli 24 ta vaqt bo‘laklaridan tashkil topgan bo‘lib, har birining 
davomiyligi 224 ms ga teng. 
23 vaqt bo‘laklari «TS» ko‘p taktli signallarini uzatish uchun qo‘llanilsa, 24 chisi 
«TB» kanaliga «SS» signalini jo‘natishni tashkil etish uchun qo‘llaniladi. Shuning 
uchun «TS» bitta kanalning informatsion sig‘imi (Nts) quyidagicha:
460
20
х
23
N
ТС


obyekt. 
«Neva» tizimi soddalashgan struktura sxemasi 29.1-rasmda keltirilgan. 
«TB» ko‘p taktli signal uzatishdagi ish tizimi quyidagicha ketma-ketlikda 
bajariladi. SPga dispetcher pult-manipulyator «PMDM» dagi kerakli tugmani bosish 
bilan terish guruhi relesi (NG)ga ta’sir ko‘rsatadi. Terish guruhi fiksatsiya tugunida 
dispetcher harakatlari, ya’ni, alfavit o‘zgartirgichi, xabar berish shifratori, uzatish 
registri, himoya va ulash qurilmalarini o‘z ichiga oladi. 


«NG»ning ishga tushib ketishi natijasida «LG» va «SS» blokida joylashgan, 
taktli impuls generatori chiqish, «SSHR» blokida joylashgan TB signali 
taqsimlagichi kirishiga ulanadi. 
29.1-rasm. «Neva» tizimida TS signalining tuzilishi 
TB signali taqsimlagichi SHK kanali shifratori bilan birgalikda modulyator 
(M)ga ta’sir ko‘rsatadi va nihoyat (SG) impuls belgilar generatorini boshqaradi. TB 
ko‘p taktli signali SG dan chiqishi bilan ajratish filtri (FA) orqali kodli liniyaga 
tushadi. 
TB ko‘p taktli signali o‘zgarmas tok impulsi liniya punktlarida, kodli liniya 
orqali liniyali transformator 1 LT ga, LU kuchaytirgichga tushadi. U yerda ular 
kuchaytiriladi va shundan keyin ular LDM demodulyatoriga tushadi. Demodulyator 
chastotali impulsning releli taqsimlagich RR ishini boshqaradigan o‘zgarmas tok 
impulsiga o‘zgartiradi. 
1÷6 ga bo‘lgan impulslarini qabul qilishda, R1ishini boshqarish, faqatgina ko‘p 
taktli signal stansiya manzili, sozlanishga mos kelgandagina mumkin bo‘ladi. 
Shunday qilib, RR ga stansiya manzilini deshifratsiyalash funksiyasi yuklanadi. 
Agar liniya punktlari sozlash TB ko‘p taktli signal stansiya manzili bilan mos 
kelmasa, u holda RR o‘tishdan to‘xtaydi va boshlang‘ich holatga qaytadi, ya’ni TB 
signalini berilgan stansiya apparaturasi bilan qabul qilish mumkin bo‘lmasligi 
ta’minlanadi, chunki bu signal boshqa stansiyada joylashgan boshqaruv obyektlari 
uchun belgilangan edi. 


LP qurilmasini sozlash, stansiya manziliga mos kelganda RR ning ishi 7÷18 
bo‘lgan impulslarni qabul qilish bo‘yicha davom etadi. Bunda LDM, RR bilan 
birgalikda kanal deshirifratori zanjirini tashkil etadi, uning chiqishida guruh 
manzilini qabul qilish registri elektr mexanik relesi (rele IG) va operativ qism qabul 
qilish registrlari (rele R) qo‘yiladi. 
Oxirgi 18-impulsni SG kontakt relesi orqali qabul qilishda, (GU) guruhini 
boshqaruv guruhlaridan biri ishlab ketadi (xabar deshiraftori zanjirida), kontaktlar 
orqali boshqaruv rele boshqarish obyektlaridagi R kontakt relesi uyg‘onadi. 
«Neva» tizimida TS ko‘p taktli signalni SP va Lp ga qabul qilish va siklli uzatish 
uchun taktli taqsimlagichlardan (TS signali taktini hisoblovchi) va guruhli 
taqsimlagichlardan (TS ko‘p taktli signallari hisoblovchi) foydalaniladi, ular orqali 
guruhdagi obyektlar holati haqida informatsiya uzatiladi. 
Guruhli taqsimlagichlar (LP) TS ko‘p taktli signallarni uzatish ketma-ketligini, 
markaziy postda (1Gr) esa bu signallarni qabul qilish ketma-ketligini ta’minlaydi.
1Gr taqsimlagichlari har qaysi kanal uchun o‘rnatiladi. Bundan tashqari SP va 
TS ning barcha kanallari uchun umumiy guruh taqsimlagichlari OGR o‘rnatiladi, 
agar TS ko‘p taktli signali SP ga kelmay qolsa, bu «TB» kanaliga SS signalini 
jo‘natishni va 1GR holatini korrektirovka qilishni tashkil qilish uchun kerak. 
LDM dan LP ga SS signali qabul qilishi tugashi bilan SS aloqasi bo‘yicha «LG 
blokiga «start» komandasi tushadi, buning natijasida taktli impulslar generatori 
chiqishi, taktli taqsimlagichga ulanadi, u LSH blokida joylashgan bo‘ladi. Taktli 
taqsimlagichning ikkilik hisoblagichi T aloqasi bo‘yicha o‘zgaradi va T1 aloqasi 
bo‘yicha GR ni «1» pozitsiyaga o‘tkazadi, yani TS kanaliga ko‘p taktli TS birinchi 
signali uzatilgan bo‘lishi kerak bo‘lgan birinchi vaqt bo‘lagi boshlanadi. 
Guruhli taqsimlagichni, guruhli saylash bloki GI ning birinchi sxemasiga ulash, 
diodli ulagichlar bloki (BDM), ES nazorat relesi bilan kontaktlari va taktli 
taqsimlagichlar chiqish zanjirlari shifrator kanalini vujudga keltiradi. Taktli 
taqsimlagich qayta ulanishi davom etgan holda shifrator kanali chiqishlarini 
modulyator va impulsli belgilar generatoriga (LG blokida joylashgan) ketma-ket 
ulanishni ta’minlaydi. Buning natijasida TS kanaliga ketma-ket 22 TS ko‘p taktli 
birinchi signali o‘zgaruvchan tok impulslari uzatila boshlaydi. 
LP taktli taqsimlagichning ikkitalik hisoblagichi chastotasi 1:20 bo‘lgan siklik 
rejimda ishlaydi. Bu siklning 22 takti (176 ms) TS ko‘p taktli signalini uzatish uchun 
xizmat qiladi, qolgan 6 tasi esa (48 ms) TS kuchli signallari o‘rtasida intervalni 
vujudga keltiradi. 
TI aloqasi bo‘yicha hisoblagichning 28 taktli ishidan so‘ng, GR «2» pozitsiyaga 
o‘tkazishga impuls kelib tushadi. GR «2-pozitsiyaga» o‘tkazilgandan so‘ng GI ning 
birinchi sxemasi o‘chirilib ikkinchisi yoqiladi, ya’ni TS kanaliga ikkinchi TS ko‘p 
taktli signalni uzatish beriladigan vaqt bo‘lagi boshlanadi. 
TS ko‘p taktli signallarini ikkinchi va keyingi uzatishlarida struktura sxemasi 
ishlari bir xil bo‘ladi. 
Har bir TS signaliga jo‘natiladigan TS ko‘p taktli signallarini qabul qilish uchun 
markaziy postda alohida qurilmalar majmuyi o‘rnatilgan. 


29.1
-ra
sm. «
Ne
va
» ti
zim
ini
ng 
tuzilm
aviy sx
emasi


LP tushayotgan ko‘p taktli TS signallari FA ajratish filtridan o‘tadi, TB va TS 
ajratuvchi taktlari SU markaziy kuchaytirgich tushadi va u yerda kuchayadi. 
SU dan chiqishi bilan o‘zgaruvchan tok impulslari markaziy demodulyator SDM 
chiqishiga o‘tadi, u yerda o‘zgarmas tok impulsiga o‘zgaradi, keyin markaziy 
deshifrator SDMH ga tushadi. 
Qabul qilingan SDMH informatsiya STR registri birinchi pog‘onasida 
fiksalsiyalanadi, u yerda taktlarning aktiv sifatlari saqlab qolinadi. GR taqsimlagichi 
yordamida informatsiya kelayotgan obyektlar guruhi aniqladi. «TS» signallarini 
tekshirish sifati SR sxemasi yordamida qabul qilingan sikldagi informatsiyalar hajmi 
aniqlanadi. Mavjud bo‘lgan informatsiya ITR registri ikkinchi pog‘onasiga uzatiladi 
va natijada uning chiqishida ulangan bajarish relesi «I» ishlab ketadi. 
Guruhli taqsimlagich 1 kr ham informatsiyani guruhli saylash obyekti guruhiga 
uzatadi va o‘z navbatida guruhli kuchaytirgich GU orqali shu guruh saralash relesi 
V ni yoqadi (shu nazorat qilinadigan obyektlar guruhiga informatsiya tushish 
holatida). 
Saralash relesi V va bajarish relesi I kontaktlari orqali KR nazorat relelari qabul 
qilingan. 
Informatsiyalarning mos keladigani yoqiladi, u dispetcher tablosida kerakli 
indikatsiyani yoqadi. Agar TS qabul qilingan signalida qaysidir nazorat qilinadigan 
obyektlar guruhidan informatsiya tushmagan bo‘lsa, u holda saralash va bajarish 
relelari uyg‘onmaydi, nazorat relelari esa informatsiya tushmaguncha o‘z holatini 
saqlab qoladi. 
Barcha TS kanallari uchun SP dagi umumiy sinxronlash sxemasi TS kanali va 
TU kanali kelisxilgan ishini ta’minlash uchun xizmat qiladi, bu yerda TB kodlaridan 
tashqari sikli sinxronlash signallari SS uzatiladi. Sinxronlash sxemasida LG liniya 
generatori ham mavjud bo‘lib, unda taktli impulslar va 1:32 chastotalar bo‘luvchisi 
ham ishlatiladi. 
Taktli impulslar chastota bo‘luvchisidan chiqishidan boshlab SS sikli 
sinxronlash bloki chiqishiga to‘xtovsiz tusha boshlaydi va OGR umumiy guruhli 
taqsimlagich bilan birgalikda TB kanali bo‘yicha sikli sinxronlash signalini yubora 
boshlaydi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling