Маъруза 15 таркиби Дискретизациялаш, квантлаш ва кодлаш жараёнлари
Analog Raqamli O‘zgartruvchilar va ularning muhim tomonlari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
М 17 Mikrokontrollerlarni dasturlash tillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- INTEGRALLASH guruhi
Analog Raqamli O‘zgartruvchilar va ularning muhim tomonlari. ARO„
lar analog signallarni (kuchlanish, tok, quvvat) raqamli signallarga o„zgartirishga mo„ljallangan elektron qurilmalar hisoblanadi. Ko„p hollarda asosan chiqish signallari kuchlanish U hisoblanadi. Shuni hisobga olib signallarni raqamli signalga o„tkazishdan oldin uni kuchlanish ko„rinishiga 2 keltirib olinadi. Bunga sabab seriyali ishlab chiqariladigan ko„p mikrosxemalar asosan U kuchlanish bilan ishlashga mo„ljallangan. Umumiy holda U kuchlanish ma‟lum bir vaqtda ega bo„lishi mumkin bo„lgan qiymati bilan baholanadi. Lekin kuchlanish haqida gapirganda uning ma‟lum T vaqt oraligida o„rtacha erishgan qiymatining ham ko„p hollarda tushiniladi. Yuqoridagi munosabatdan kelib chiqib ARO„ larni ikki guruhga bo„lishimiz mumkin ma’lum bir vaqtdagi (oniy) kuchlanishning qiymati bilan ishlovchi ARO‘ va kuchlanishning o‘rtacha qiymati bilan ishlovchi ARO‘lar . Kuchlanishni o„rtacha qiymatini hisoblash kuchlanishning oniy qiymatlarini integrallash yo„li bilan olinishini hisobga olibgan bu guruhni INTEGRALLASH guruhi ham deyiladi. Kuchlanishni raqamli kodlarga aylantirishda bir -biri bilan bog„liq bo„lmagan uchta bosqichda bajariladi: DISKRETLASH, KVANTLASH va KODLASH. Analog signallarni raqamli signalga o„tkazish jarayoni vaqt bo„yicha uzluksiz U(t) funksiyani U(t n ) – ma‟lum bir t vaqtda erishgan qiymatini raqamlar ketmaketligi bilan ifodalashdan iboratdir n =0,1,2,3,…….. Analog axborotni raqamli ko„rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar, ya‟ni vaqt bo„yicha uzluksiz signal uning ma‟lum nuqtalardagi diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So„ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladi. - birinchi jarayon signalni diskretlash Kvantlash jarayoni U(t) uzluksiz funksiyani U* n (t), funksiya ko„rinishida ifodalashdan iborat: Bunda U(t) funksiyani butun diapozon bo„yicha D=U(t) max -U(t) mi n N ta urevnlarga bo„linadi va har bir vaqt oralig„idagi U n (t) ning qiymati U* n (t) funksiyani eng yaqin ko„rinishigacha yaqinlashtiriladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling