Ma’ruza №18. 4 – Modul. Murakkab qarshilik, mustahkamlik nazaryalari va dinamik yuklanish Mavzu. Sikli o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’siridan mustahkamlikka hisoblash


Download 413.12 Kb.
bet3/6
Sana14.04.2023
Hajmi413.12 Kb.
#1356532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MA18

Simmetrik va asimmetrik sikllar.
Davriy o’zgaruvchan yuk ta’sirida bo’lgan jismning ko’ndalang kesim yuzasidahosil bo’ladigan kuchlanishlarni topishni ko’ramiz. Aylanuvchan va uning hisoblash sxemalari 1-rasmda ko’rsatilgan.

1.shakl
m-n kesimdagi eguvchi momentdan k nuqtada normal kuchlanish hosil bo’ladi.
(1)
bu yerda -buralish burchagi - aylanish burchagini tezligi
r - val radiusi
K nuqtadagi eng katta cho’zuvchi kuchlanish bu nuqta 2 nuqta bilan ustma-ust tushganda paydo bo’ladi.(1- rasm, v ) Eng katta siquvchi kuchlanish K nuqta 4 holatda bo’lganda paydo bo’ladi. K nuqta neytral o’q ustida yotganda (1 va 3 nuqtalar) undagi kuchlanish nolga teng bo’ladi. K nuqtadagi kuchlanishni (2)
tenglama asosida qurilgan grafigi 2- rasmda ko’rsatilgan. Ko’rinib turibdiki, kuchlanish vaqt o’tishi bilan davriy o’zgaradi; mahlum vaqt T (davr) o’tishi bilan kuchlanish bir xil qiymatga erishadi, kuchlanishning davr boshidagi va oxiridagi qiymatlari bir xil bo’ladi.
Bir davr ichida kuchlanishning o’zgarishiga kuchlanish tsikli deyiladi. Kuchlanish tsikllari simmetrik va asimmetrik tsikllar ko’rinishida bo’ladi. Simmetrik tsiklda (2-shakl) kuchlanishning maksimal va minimal qiymatlari miqdor jioatdan teng, ishoralari esa qarama-qarshi bo’ladi.

2.shakl
Agar aylanuvchi valga qo’shimcha ravishda o’zgarmas bo’ylama cho’zuvchi kuch qo’yilsa simmetrik kuchlanish tsikli o’zgaradi va u asimmetrik tsiklga aylanadi (3-shakl).

.3.shakl
Asimmetrik tsiklda kuchlanishning maksimal qiymati , uning minimal qiymati ga teng bo’lmaydi. Agar kuchlanishning maksimal va minimal qiymatlari turli ishorali bo’lsa, bu tsiklni o’zgaruvchan ishorali tsikl deyiladi. Agar maksimal va minimal kuchlanishlarning qiymatlari bir xil ishorali bo’lsa uni o’zgarmas ishorali tsikl deyiladi. Agar yoki nolp ga teng bo’lsa, nolp dan boshlanadigan tsikl deb ataladi. 3-rasmga muvofiq quyidagi bog’lanishlarni yozio’ mumkin.
; (3)
; (4)
Bu yerda, tsiklning o’rtacha o’zgarmas kuchlanishi: tsiklning amplitudasi, yahni o’zgaruvchan tsiklning eng katta kuchlanish qiymati.
TSiklning asimmetriya koeffitsenti quyidagi nisbatga teng bo’ladi.
(5)
Agar siklning asimmetriya koeffitsentlari bir xil bo’lsa, ular o’xshash tsikllar deyiladi. SHuni unutmaslik kerakki, miqdori o’zgaruvchan xar qanday kuchlanish "toliqish" yemirilishiga olib keladi. Detalning biror nuqtasidagi o’zgaruvchan kuchlanish qiymati chidamliligik (toliqish) chegarasi deb ataladigan kritik qiymatdan oshib ketganda yemirilish sodir bo’ladi.



Download 413.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling