Ma’ruza №18. 4 – Modul. Murakkab qarshilik, mustahkamlik nazaryalari va dinamik yuklanish Mavzu. Sikli o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’siridan mustahkamlikka hisoblash
Siklli o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’siridan mustahkamlikka hisoblash
Download 413.12 Kb.
|
MA18
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toliqish yemirilishi mexanizmi
Siklli o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’siridan mustahkamlikka hisoblash.
Materiallarni vaqt bo’yicha o’zgaruvchan yuklar ta’siriga qarshilik ko’rsatishi, statik yuklar tahciriga qarshiliklar ko’rsatishidan katta farq qiladi. O’zgaruvchan yuklar ta’sirida bo’lgan konstruktsiya elementlari statik kuch ta’siridan hosil bo’ladigan kuchlanishlardan kichik kuchlanishlarda sinib ketadi.Texnika taraqqiyoti, tez yurar mashina va mexanizmlar yaratilishi bilan vagon hamda lokomativlarning o’qlari, bandajlar, g’ildiraklar, relpslar, ressorlar, turli vallar, shatunlar, krivoshiplar, purjinalar,trubina kurakchalari kabi detallarning sinishi kuzatila boshladi. Mashina detallari birdan sinmasdan, bahzan mashina va mexanizmlar uzoq muddat ishlagandan keyin sinishi ham yuz berdi. Ushbu xollar o’zgaruvchan yuk ta’sirida bo’lgan materiallar vaqt o’tishi bilan "toliqadi", plastik material mo’rt bo’lib qoladi degan taxminni paydo qildi. Toliqish yemirilishi mexanizmi Materiallarning "toliqishi" ko’pdan beri tadqiqotchilarning eotiborini jalb qilib keladi. Lekin haligacha bu yemirilishning mohiyati aniqlanmagan. Quyidagi tushintirish eng qoniqarli oisoblanadi. Metallar polikristall jism bo’lganligidan o’zaro qatlamchalar, nometall qo’shimchalar bilan ajratilgan kristallardan tashkil topgan. Kristallar bir jinsli bo’lmasdan, ularning tuzilishi kristallanish, prokatlanish sharoitiga bog’liq. Kristallit qismlarini ("don"larini) u yoki bu darajada bir jinsli deb qarash mumkin. Kristallit zarralarda miqdori va yo’nalishi turlicha bo’lgan kuchlanish paydo bo’ladi.Ularning rentgenografik va metallografik tadqiqotidan o’zgaruvchan yukda xam, o’zgarmas yukda xam plastik deformatsiya mexanizmi moxiyati bir xil bo’lishini ko’rsatadi. Birinchi holda ham ikkinchi holda ham kristall panjaralarning siljishi va buzilishi kuzatiladi. Lekin ular bir-biridan sifat jioatdan keskin farq qiladi. Statik yuklanishda hosil bo’ladigan plastik deformatsiya bilan namunaning butun oajmi qamrab olinadi va namuna bitta yo’nalishda deformatsiyalanadi. O’zgaruvchan yuklar ta’sirida hosil bo’ladigan plastik deformatsiya esa bir necha zarralardan tashkil topgan kichik hajmda sodir bo’ladi. Z arralarning bunday o’ta yuklanishida barvaqt mikrodarzlar paydo bo’lishi mumkin. O’zgaruvchan kuchlanishlarning mahlum qiymatida zarralardagi mikrodarz o’sa boradi, boshqa mikrodarzlar bilan qo’shiladi va butun kristallitni kesib o’tib, niooyat detalp ko’ndalang kesimining mahlum sooasiga tarqaladi. O’zgaruvchan yuklardan paydo bo’ladigan darzlar goh kengayib, goh torayadi. natijada yirik zarralar maydalashadi. SHu sababli, toliqib yemirilgan joyda silliq (mayda zarrali) zona oosil bo’ladi. Darzning tubida kesikning o’tkir uchida kuchlanishning kontsentratsiyalanishi katta bo’ladi. Bu darzning yanada o’sishiga olib keladi, bu o’sish detalp kesimini kuchsizlantiradi va uni birdan mo’rt bo’lib yemirilishiga olib keladi. SHunday qilib, hozirgi vaqtda toliqish deganda darz paydo bo’lishi va yemirilishiga olib keladigan o’zgaruvchan kuchlanishlar ta’siridan material shikastlanishining asta-sekin to’planish protsessi tushuniladi. Materialning "toliqish"ga qarshi tura olish xossasiga chidamlilik deyiladi. Download 413.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling