Ma’ruza 18 Lokomotivlarni qum bilan ta'minlash Ma’ruza rejasi


Qum ta’minotini tashkil qilish


Download 70.64 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi70.64 Kb.
#1649202
1   2   3   4
Bog'liq
Ma`ruza 18

2.Qum ta’minotini tashkil qilish.
Qum ta’minoti xo‘jaligi qurilmalari nam va quruq qumni saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar, qum quritish uskunasi, qum tashish uskunalari va komiunikatsiyalari, qum tarqatish qurilmalaridan tashkil topadi.
Qum bilan ta’minlash tizimi quyidagi sxema bo‘yicha markazlashtirilgan: karer – nam qum ombori – qum quritgich – quruq qumni ekipirovkalash punktiga tashib keltirish uchun mo‘ljallangan maxsus vagonlar – quruq qum ombori – tarqatish bunkerlari - lokomotiv, yoki quyidagi sxema bo‘yicha markazlashtirilmagan bo‘lishi mumkin: karer – nam qumni ekipirovkalash punktiga tashib keltirish uchun mo‘ljallangan vagonlar – nam qum ombori.
Texnologik loyihalashtirish me’yorlariga muvofiq nam qum, odatda, ochiq maydonda, qum quritish binosi yaqinida jamlanadi. Qum quritish qurilmasi mavsumli rejimda ishlashida ombor sig‘imi ishlatilayotgan lokomotivlarni ta’minlash uchun etarli qum joylashtirilishini hamda shu bilan birga kelayotgan qish davriga etarli miqdordagi qumni tayyorlashni ta’minlashi lozim.
Bugungi kunda quruq qumni mavsumiy, ya’ni yoz davomida butun qish davri ehtiyojlari uchun tayyorlashning markazlashtirilmagan usuli ko‘proq qo‘llanadi (2.10-rasm). Qum quritgichning bunday ish rejimi lokomotivlarni uzluksiz qum bilan ta’minlash imkonini berib, qishda ishdan bo‘shaydigan qum quritish uskunalarini ta’mirlash uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Qumni butun yil bo‘yi quritish rejimi kamroq unumdorlikka ega bo‘lgan, quruq qum saqlash uchun joyi etishmaydigan ekipirovkalash punktlarida uchrab turadi.
Poezd lokomotivlarini qum bilan ta’minlash uchun asosiy depo stansiyasining qabul qilish-jo‘natish yo‘llarida halqali qatnashda, shuningdek manevr lokomotivlarining ular ish hududlarida depo ekipirovkalash punktida tayyorlab qo‘yilgan quruq qum vagon-xopperlarda ana shu ekipirovkalash joylariga keltiriladi.
24.3-rasmda asosiy depo hududida joylashgan qum bilan ta’minlash qurilmalari majmui tasvirlangan. Nam qum ortilgan vagonlar tushirib olish yo‘liga 17 uzatilib, uning uzunligi bir marta tushirib olish maqsadida qum ortilgan butun tarkibni (vertushkani) joylashtirish uchun etarli bo‘lishi shart. Vagonlardan nam qum kran 10 bilan omborga 7 tushirib olinadi. Qum quritgichga qum skreper 8 bilan qiya pandus 12 bo‘ylab bevosita pechning qabul qilish bunkeriga 9 uzatiladi. Nam qum ombori bo‘ylab



24.3-rasm. Unumdorligi 60 m3/sut ga teng qum quritgichi bo‘lgan qum bilan ta’minlash xo‘jaligining vaziyatga doir rejasi:
1 – minorali tipdagi quruq qum omborlari; 2, 3 – qum o‘tkazish quvurlari; 4- ekipirovkalash yo‘llari; 5 – qum tarqatish bunkerlari; 6 – qum tarqatish pozitsiyasi; 7 – nam qum uchun ochiq ombor; 8 - skreper; 9 – qum quritish pechining qabul qilish bunkeri; 10 - greferli kran; 11 — kran yo‘li; 12 - qiya pandus; 13 - skreperli lebedka; 14- monorels; 15- shlak tozalash uchun idish; 16- elektr telfer; 17- bo‘shatish yo‘li; 18 – ko‘mir uzatish uchun idish; 19 – qum quritgich; 20- kompressor uskunasi



Pandus o‘qi bo‘yicha chuqurligi 1 m bo‘lgan skreperli beton lotok joylashgan. Quritilgan qum o‘tkazuvchi quvurlar bo‘ylab 2 minorali quruq qum omboriga, undan esa qum quvurlari orqali 3 – tarqatish bunkerlariga 5 uzatiladi. Ko‘mir pech o‘txonasiga elektrotelfer 16 yordamida monorels 14 bo‘ylab uzatiladi.





Download 70.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling