MA’ruza №2. Elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqarish. Reja
Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari
Download 494.31 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Маруза ae06523b1e18ccb65120498e8712d73e
1.3.2 Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari. Keyingi yillarda an’anaviy kondensatsion stansiyalarga nisbatan samaradorligi yuqori bo‘lgan bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali IESlarni qurish, rekonstruksiyalash va ulardan foydalanish ommaviylashgan. Bizning mamlakatimizda ham bir qator mavjud IESlarni shu kabi qarilmalarni o‘rnatish hisobiga kengaytirish va rekonstruksiyalash ishlari olib borilmoqda. Bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) tuzilishi bo‘yicha ikkita qism gaz-turbina va bug‘- turbina qismlaridan iborat bo‘ladi. Bunga mos holda ularda yoqilg‘ining yonishida paydo bo‘luvchi issiqlik energiyasi ikkita bosqichda elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularda mavjud texnologiya bo‘yicha gaz yoki suyuq yoqilg‘idan foydalaniladi.
Bug‘-gaz qurilmali IESning ish jarayonini prinsipial sxemasi 1.5- rasmda tasvirlangan. Yonish kamerasida yonishdan hosil bo‘lgan mahsulot gaz turbina va mos holda elektr generatori rotorlarini harakatlantirib, elektr energiya ishlab chiqaradi (1- bosqich). Bunda gaz-turbinaning foydali ish koeffitsienti 0,3 (samaradorligi 30%) dan ortiqroq bo‘ladi. Gaz-turbinadan chiquvchi gaz hali o‘zining yuqori haroratini saqlab qolgani holda, issiqlik almashtirgich, ya’ni qozon-utilizator (bug‘ generatori)ga yuboriladi. Bu yerda bug‘ 500 0 C gacha qizishi natijasida uning bosimi 80 atmosfergacha etadi. Hosil bo‘lgan bunday parametrdagi bug‘ yordamida bug‘-turbinasi va navbatdagi elektr generatorining rotorlari harakatga keltiriladi (2- bosqich). Bu yerda birlamchi energiyaning 20- 30% qismi elektr energiyasiga aylantiriladi. Bug‘-turbinasidan chiqqan suv bug‘i ana’anaviy kondensatsion IESlardagi singari kondensatorda kondensatsiyalanib, qaytadan bug‘ generatoriga haydaladi. Shunday qilib, butun BGQning foydali ish koeffitsienti taxminan 0,6 (samaradorligi 60%) ni tashkil etadi. Bunday kombinatsiyalangan texnologiya elektr energiya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i sarfini an’anaviy kondensatsion siklda ishlaydigan qurilmalardagiga nisbatan sezilarli darajada kamaytiradi. Buni ushbu qurilmalarning samaradorliklari va ularda shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfini taqqoslash orqali aniq ko‘rish mumkin: BGQning samaradorligi 50-60% bo‘lib, ularda shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi 200-240 g/kVt.soat bo‘lsa, an’anaviy kondensatsion siklda ishlovchi qurimalar uchun bu ko‘rsatkichlar mos holda 32- 38% va 320-360 g/kVt.soatni tashkil etadi. BGQning ikkala qismi mustaqil, ya’ni oddiy gaz-turbina qurilmasi (GTQ) va kondensatsion IES sifatida alohida ishlatilishi mumkin. Qurilmaning bunday xususiyatidan uning qismlaridan birini ta’mirlash davrida foydalanish mumkin. Bug‘-gaz qurilmali elektr stansiyalari quvvatiga qarab qo‘shimcha bug‘ yoki suv isitish qozon-utilizatorlari bilan jihozlanishi ham mumkin. Bunda elektr energiya ishlab chiqarishdan tashqari, bug‘-turbinani aylantirish va o‘z texnologik ehtiyoji uchun yo bug‘ (kichik, o‘rta va katta bosimli), yoki 140 0 Cdan yuqori haroratli issiq suv olish imkonini beradi.
1.5- Rasm. Bug‘-gaz qurilmali IES ishlash jarayonining prinsipial sxemasi. Hosil qilingan energiya sovuq ishlab chiqarish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bu holda issiqlik yuklamasi iste’molchisi sifatida unga absorbsion sovutish mashinasi ulanadi. Turli xildagi energiyani kompleks tarkibda ishlab chiqarish natijasida (elektr, issiqlik, sovuq havo) stansiyaning umumiy foydali ish koeffitsienti 90% dan oshadi. Bunday bug‘-gaz qurilmali IESning ishlash jarayoni prinsipial sxemasi 1.6- rasmda keltirilgan. Bug‘-gaz qurilmalarining kamchiligi deyarli yo‘q, faqatgina bu yerda yoqilg‘i va uskunalarga bo‘lgan ma‘lum cheklov va talablar haqida gapirish mumkin. Download 494.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling