Ma’ruza №2 elektr zanjirlarning asosiy elementlari (1-qism) Elektr zanjiri


Download 39.61 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi39.61 Kb.
#1525178
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza

Elektr yurituvchi kuch (EYuK).
EYuK va tok manbalari elektr zanjirining Aktiv elementlari hisoblanadi, chunki ular elektr zanjiriga ulangan elementlarga energiyalarini beradi. Shuning uchun ham ular “iste’mol” qiladigan tashqi energiya manfiy hisoblanadi. Quyida EYuK va tok manbalarining elektr zanjirlarda belgilanishi, VAX lari keltirilgan. VAX dan ko‘rinib turibdiki EYuK zanjirda hosil bo‘ladigan kuchlanish miqdoriga teng bo‘ladi va tok miqdoriga bog‘liq bo‘lmaydi.

2.6.-rasm. EYuK va tok manbalarining elektr zanjirlarda belgilanishi.

Tok manbasining ichki qarshiligi cheksizlikka intiladi, zanjirda qisqa tutashuv yuz beradi va qisqa tutashuv tok miqdori tok manbaiga teng bo‘ladi, ushbu xolat VAX da yaqqol ko‘rinib turibdi.



2.7-rasm. Tok manbasining ichki qarshiligi cheksizlikka intilishi

Misol tariqasida quyidagi elektr zanjirini ko‘rib chiqami: Faraz qilaylik, elektromagnit energiyasi issiqlik energiyasiga faqat a-b sohadagi rezistordagina o‘tayapti, ya’ni bu oraliqda zanjirning barcha qarshiligi r miqdorida mujassamlangan; elektr siljish toklari faqat c-d oraliqda kondensator qoplamalari orasida mavjud, ya’ni bu sohada zanjirning barcha S sig‘imi mujassamlangan; nihoyat, o‘zgaruvchan magnit maydon EYuKni faqat h-j oraliqda mujassamlangan g‘altakda induktivlaydi, ya’ni ushbu sohada zanjirning barcha L induktivligi yig‘ilgan.



2.8-rasm. Elektr zanjiri misol tariqasida.


Elektr zanjir elementlarining Volt-Amper xarakteristikalari.
Qarshilik orqali oqayotgan tokning shu qarshilik kuchlanishiga bog‘liqlik grafigi Volt - Amper xarakteristikalari (VAX) deyiladi. Odatda grafikda absissa o‘qiga kuchlanish, ordinata o‘qiga esa tok miqdori qo‘yiladi (2.8.-rasm).



2.9.-rasm. VAX ga misol.

Chiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik chiziqli qarshilik deb ataladi


(a-rasm), faqat chiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar chiziqli elektr zanjirlar deyiladi.
Nochiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik nochiziqli qarshilik deb ataladi
(b-rasm), faqat nochiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar nochiziqli elektr zanjirlar deyiladi.
Tok va kuchlanishga nisbatan prametrlari o‘zgaradigan elementlar nochiziqli elementlar deyiladi.
Quyidagi rasmlarda chiziqli qarshilik, chiziqli kondensator va chiziqli induktivlik xarakteristikalari keltirilgan (2.10-rasm).

2.10.-rasm. VAXga misollar



Download 39.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling