Ma’ruza №2 elektr zanjirlarning asosiy elementlari (1-qism) Elektr zanjiri
Induktivlikning SI dagi birligi-genri (Gn) bo’lib amerikalik fizik G. Genri (1797-1878) sharafiga shunday nomlangan
Download 39.61 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kondensator (sig‘im) elementi
- Passiv elementlar
Induktivlikning SI dagi birligi-genri (Gn) bo’lib amerikalik fizik G. Genri (1797-1878) sharafiga shunday nomlangan.shunday konturning induktivligiki undan tok oqqanda hosil bo’lgan magnit oqimi ga teng bo’ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek induktivlik konturning geometrik shakli va o’lchamlariga bog’liqdir. Jumladan uzunligi , ko’ndalang kesim yuzasi bo’lgan bo’shliqda turgan solenoidning induktivligi quyidagiga teng: bu yerda – solenoiddagi o’ramlarning to’la soni, magnit doimiysi. Agar solenoidning hajmi ekanligini e’tiborga olsak va uzunlik birligiga to’g’ri keluvchi o’ramlar soni tushunchasini kiritsak solenoidning induktivligini quyidagicha yozish mumkin. Agar solenoidga temir o’zak kiritsak uning induktivligi bir necha marta ortadi. Konturning bir jinsli muhitdagi induktivligi ning, konturning vakuumdagi induktivligi ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka muhitning magnit singdiruvchanligi deyiladi, . Bizga ma’lumki moddalarning magnit xususiyatlarini xarakterlovchi kattalik magnit singdiruvchanlik o’lchamsiz kattalikdir. Chastotasi ν bo’lgan tebranish konturidagi induktivligi L bo’lgan g’altakning qarshiligi quyidagicha hisoblanadi, Bu kattalik reaktiv induktivlik qarshilik yoki qisqacha induktiv qarshilik deb ataladi. Uning o’lcham birligi . (2.4) dan sikllik chastota ortishi bilan induktiv qarshilikning ham ortishi ko’rinib turibdi, ya’ni sikllik chastota bilan induktiv qarshilik to’g’ri proporsionaldir. Kondensator (sig‘im) elementi qurilmada elektr maydon borligini ifodalaydi. Bunda zaryadlarning harakat energiyasi elektr maydonining potensial energiyasiga aylanadi. Keyinchalik bu potensial energiya elementda saqlanib qoladi. Ushbu rasmlarda chiziqli va nochiziqli elementlar va mos xolda ular xarakteristikalari keltirilgan. 2.5.-rasm. Kondensator (a-chiziqli, b-nochiziqli) VAXi. Chastotasi ν bo’lgan tebranish konturidagi sig’imi C bo’lgan kondensator qarshi-ligi quyidagicha hisoblanadi, Bu kattalik reaktiv sig’im qarshilik yoki qisqacha sig’im qarshilik deb ataladi, uning o’lcham birligi . (2.5) ifodadan ma’lumki, sikllik chastota sig’im qarshilikka teskari proporsionaldir. Yuqorida ko‘rib chiqilgan elektr zanjirining elementlari (qarshilik, induktivlik va sig‘im) Passiv elementlar deb ataladi, chunki zanjirning boshqa qismlaridan olgan energiyalari faqat musbat bo‘ladi, yoki nolga teng bo‘ladi, ya’ni o‘zida qoladi. Agarda elektr zanjir elementlari (R, L va C) parametrlari doimiy bo’lsa, ya’ni vaqt davomida o’zgarmas va ulardan o’tayotgan tok yoki kuchlaishga bog’liq bo’lmasa, bunday zanjir chiziqli elektr zanjiri deb ataladi. Bunga R qarshilik va kuchlanishi U bo’lgan tok manbaidan iborat soda elektr zanjiri misol bo’ladi. Agar elektr zanjirda ko’rsatkich kattaligi o’tayotgan tok qiymati yoki berilgan kuchlanishga bog’liq biror bir qarshilik, sig’im yoki induktivlik bo’lsa, bunday elektr zanjiri nochiziqli elektr zanjiri bo’lib hisoblanadi. Agarda elektr zanjiridagi R, L va C elementlaridan birortasining parametrik qarshilik, induktivlik va sig’im vaqt bo’yicha o’zgarsa, bunday zanjirlar parametrik elektr zanjirlari deb ataladi. Parametrik elektr zanjiri kirish tebranish signali va boshqaruvchi tebranish signali ta’sirida bo’lishi mumkin. Download 39.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling